2022 ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash – dolzarb vazifa akbarov Furkat Fazilovich


partiyalar”, “Nodavlat notijorat tashkilotlar” hamda “Vijdon erkinligi va diniy



Yüklə 70,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix07.01.2024
ölçüsü70,08 Kb.
#205303
1   2   3   4   5   6   7
ashurov ashur dinshunoslik fanidan 15 chi topshirigʻi


partiyalar”, “Nodavlat notijorat tashkilotlar” hamda “Vijdon erkinligi va diniy 
tashkilotlar to‘g‘risida”gi amaldagi qonun talablariga ko‘ra rasman faoliyat yuritish 
uchun Adliya Vazirligidan ro‘yxatdan o‘tmaganligidadir
2
.
Terrorizm – siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yo‘qotish yoki qo‘rqitish, aholi 
o‘rtasida vahima va tartibsizliklarni keltirib chiqarish maqsadidagi zo‘ravonlik 
harakatlari (ta’qib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va boshqa
3
.
O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrdagi “Terrorizmga qarshi 
kurash to‘g‘risida”gi qonuni
4
da terrorizmga quyidagicha ta’rif berilgan.
«Terrorizm» – siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun 
shaxsning hayoti, sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy 
1
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. –М.: Рус тили, 1981. –T.2. –Б. 442. 
2
Ражабова М. Диний экстремизм ва террорчилик. –Т.: Янги аср авлоди, 2000. –Б. 38. 
3
Қаранг: Ўзбек миллий энциклопедияси. Т.8. – Т., 2004. – 404-б.


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
566 
w
www.oriens.uz
March
2022
 
ob’ektlarning yo‘q qilinishi (shikastlan-tirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda 
davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir 
etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni 
murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, 
xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko‘zlab ig‘vogar-liklar 
qilishga, aholini qo‘rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga 
qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda 
tutilgan zo‘rlik, zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar.
5
Hozirgi zamonaviy hayotda qurolli tahdidlardan ko‘ra ma’naviy tahdid eng 
nozik masalalardan biriga aylanib qolmoqda. Yoshlarning hali hech qanday iflosliklar 
bilan kirlanishga ulgurmagan, o‘z ma’naviy olamlarini himoyalay olmaydigan sof 
qalblari, onglariga salbiy ta’sir o‘tkazish orqali minglab insonlarni to‘g‘ri yo‘ldan 
og‘dirib, minglab odamlarning umrga zomin bo‘lmoqdalar
6
. Bu tug‘rida O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasi 72-
sessiyasida so‘zlagan nutqida BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro 
konversiyasini ishlab chiqish va Bosh Assambleyaning “Ma’rifat va diniy 
bag‘rikenglik”deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish bo‘yicha 
tashabbuslarida terrorizm muammosiga katta e’tibor qaratib, uning tub sabablariga 
barham berishga chaqirdi. Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda
yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng 
muhim vazifa ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdilar Respublikamiz Prezidenti. 
Bu masalaning kishining doimo ogoh bo‘lishga undovchi tomoni shundaki, agar 
harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo‘lsa, buni sezish, ko‘rish, oldini olish mumkin
ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta’siri va oqibatlarini tezda ilg‘ab yetish nihoyatda 
qiyin. Bugungi kunda ma’naviy tahdidlarning eng ko‘p qamrovga ega bo‘lgani 
ommaviy axborot vositalari tizimidir. Davlatlar, mamlakatlar boshqa hududlardan o‘z 
chegaralari bilan ajratilgan va mustahkamlangan, lekin axborot ko‘lami shunchalik 
kengki, u hech qanday chegara bilmaydi. 
Bugungi kunda diniy omillarning siyosatlashuvi qator norasmiy oqim va 
yo‘nalishlarining faoliyatlarida yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bu esa 
fuqarolarning diniy oqimlar ta’siriga tushishlariga sabab bo‘lmoqda
7

5
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси, –Т., 2001. № 1-2. – 15-м. 
6
Захарцев С. И. Оперативно-розыскная деятельность в XXI веке / С.И. Захарцев, Ю.Ю. Игнащенков, В.П. 
Сальников. - М.: Норма, 2015. – 400 c. 
7
Қаранг: Матчанов и др. Деятельность ОВД по предупреждению и расследованию терроризма. Учебно-
практическое пособие. – Т.: Академия МВД Республики Узбекистан, 2013. – 72 с. 



Yüklə 70,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin