Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 619
w www.oriens.uz February 2022 O‘quvchilar ana shunday intellektual bilim olishda zamonaviy texnik
vositalardan oqilona foydalanish, ta’lim tizimida sifat o‘zgarishiga olib kelishi
shubhasiz. Ayniqsa, ta‘lim jarayonini mazmunli tashkil etish uchun zamonaviy texnik
vositalardan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu esa, ya’ni dars
mashg‘ulotlari jarayonida texnologiya, axborot, kompyuter, multimediya, internet va
shunga o‘xshash axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish o‘zining
samarasini bermoqda.
Dars mashg‘ulotlarini multimedia vositalari bilan o‘qitish hozirgi zamon
talablaridan biri hisoblanib, xususan texnologiya fanlarida vositalardan foydalanish
bugungi kunda yuqori natija va samara bermoqda. 2020-2021- o‘quv yili uchun
maktab darsliklarining yangilanishi, ular tarkibida texnologiya fani darsligi ham
yangilanib, innovatsion yondashuv asosida tayyorlandi. Texnologiya fani darsliklari
uchun ilk bor o‘qituvchi kitobi va multimedia ilovalari tayyorlandi. Yangiliklardan
yana biri darsliklrdagi mavzularni qo‘shimcha ma’lumotlar bilan boyitish maqsadida
darsliklarga QR kod o‘rnatildi.
XULOSA Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki,
texnologiya ta’lim praktikumi fanini
o‘qitishda multimedia vositalaridan foydalanish amaliy va nazariy mashg‘ulotlarida
samarali ta’sir ko‘rsatish bilan birgalikda, mashg‘ulotlarda vaqt tejash imkonini
beradi. Multimediali dasturiy vositalar asosida o‘qitish jarayonida aniq va tabiiy
fanlarni o‘qitish, ma’ruza matnlarini taxrirlash, talabalar topshirgan nazorat
natijalarining taxlili asosida ma’ruza matnlarini bayon qilish uslubini yaxshilash,
o‘quvchi-talabalar axborot texnologiyalarini multimedia vositalari asosida animatsiya
elementlarini dars jarayonida ko‘rishi, eshitishi va mulohaza qilish imkoniyatlariga
ega bo‘ladi. Jumladan multimediali dasturiy ta’lim vositadari, texnologiya ta’limi
praktikumi jarayonida talabarning amaliy mashg‘ulotlarda ishlatiladigan asbob-
uskunalar, ulardan xalq xo‘jaligida foydalanish, texnik ijodkorlik va xalq
hunarmandchiligiga oid chuqur bilim olishida, ta’lim sifati va samaradorligini
oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Texnologiya ta’limi praktikumi fani amaliy mashg‘ulotlar jarayonida
multimediali dasturiy vositalari ya’ni elektron darsliklar, elektron amaliy
mashg‘ulotlar to‘plami, elektron o‘quv-uslubiy majmualar, virtual laboratoriya
stendlari, 3D animatsiyalar, elektron o‘quv trenajorlari va bilimlarni nazorat
qilishning kompyuterli tizimilaridan foydalanish, ta’lim oluvchilarning motivatsiyasi
hamda ta’lim sifati samaradorligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.