partiyalar, harakat va ijtimoiy - siyosiy guruhlardan
birortasining dasturiy g’oyalari yagona davlat
mafkursi bo’la olmasligini anglatadi.
Milliy istiqlol mafkurasi turli siyosiy partiya va
ijtimoiy gurhlar mafkurasidan ustun turadigan
sotsial fenomen - ijtimoiy hodisadir. Bu
mafkurada biron - bir dunyoqarash
mutloqlashtirilmaydi yoki u mavjud siyosiy
hokimiyatni mustahkamlash maqsadida siyosiy
qurolga aylantirilmaydi. Milliy istiqlol mafkurasi,
o’z mazmun - mohiyatiga ko’ra, O’zbekistonning
ijtimoiy - siyosiy taraqqiyotiga xizmat qiladi,
barcha siyosiy partiyalar, guruh va qatlamlarning -
butun xalqimizning quyidagi umumiy
manfaatlarini ifodalaydi:
mamlakatning mustaqilligi, hududiy yaxlitligi,
sarhadlar dahlsizligi;
yurtning tinchligi, davlatning harbiy, iqtisodiy,
g’oyaviy, ekologik, informatsion tahdidlardan
muhofaza etilishi;
mamlakatda fuqarolararo va millatlararo totuvlik,
ijtimoiy barqarorlik muhitini ta’minlash;
har bir oila va butun xalqning farovonligi;
jamiyatda adolat ustuvorligi, demokratiya, o’z -
o’zini boshqarish tamoyillarining amal qilishi.
Istiqlol mafkurasi tom ma’nodagi milliy mafkuraga
aylanishi uchun quyidagi talablarga javob berishi
zarur:inson qalbi va ongiga ijobiy ta’sir etadigan
tushuncha va tuyg’ular, go’zal va hayotiy g’oyalar
tizimini o’zida mujassam etishi;
millat, xalq va jamiyatni birlashtiruvchi kuch,
yuksak ishonch - e’tiqod manbai bo’lishi;
har qanday ilg’or g’oyani o’ziga singdirishi va har
qanday yovuz g’oyaga qarshi javob bera olishi;
zamon va davr o’zgarishlariga qarab, o’zi
ifodalaydigan manfaat, maqsad - muddaolarni
amalga oshirishning yangi - yangi vositalarini
tavsiya etadi.
Milliy istiqlol mafkurasi ana shu talablarga javob
bergan taqdirdagina quyidagi asosiy vazifalarni
bajara oladi:
mustaqil dunyoqarash va erkin tafakkurni
shakllantirish;
hur fikrli, mutelik va jur’atsizlikdan holi bo’lgan, o’z
bilimi va kuchiga ishonib yashaydigan insonni
tarbiyalash;
odamlarimiz, ayniqsa, yoshlarimizning irodasini
baquvvat qilish, iymon - e’tiqodini
mustahkamliligiga xizmat qiladigan ma’naviy
muhit yaratish;
vatandoshlarimiz tafakkurida o’zlikni anglash,
tarixiy xotiraga sadoqat, muqaddas
qadriyatlarimizni asrab- avaylash, vatanparvarlik
tuyg’usini kamol toptirish;
xalqimizga xos bo’lgan iymon - e’tiqod, insof -
oqibat, sharmu hayo kabi fazilatlarni yanada
yuksaltirish;
mamlakatimizning ko’p millatli xalqi ongi va
qalbida "O’zbekiston - yagona Vatan" degan
tushunchani shakllantirish va rivojlantirish.
«Mafkura jamiyatda yashaydigan odamlarning
hayot mazmunini, ularning intilishlarini o’zida
mujassamlashtiradi»2.
Istiqlol mafkurasini yoshlar qalbi va ongiga
singdirishda jamiyat hayotining barcha sohalarini
qamrab olish, ta’lim - tarbiya, targ’ibot va
tashviqotning samarali usul va vositalaridan
oqilona foydalanish taqozo etiladi.
(Mustaqillik davrida O’zbekistonda amalga
oshayotgan buyuk o’zgarishlarni tasvirlovchi
videosyujetlar namoyish etiladi.)
Dostları ilə paylaş: |