Denov tumani “Qiziljar” mahallasida yashovchi fuqaro Saidov Shuxratga 2023-yil 25-apreldagi 308563/23, 307020/23-sonli murojaatiga
Sizning mahalla hududidan o‘tuvchi 4K-587 “Denov-Xolchayon-Xujasoat” mahalliy ahamiyatidagi avtomobil yo‘li kesishgan to‘rtalik chorrahaga svetofor qurilmasi o‘rnatilishida amaliy yordam so‘rab Denov tumani hokimiyatiga pm.gov.uz orqali qilgan murojaatingiz tuman hokimligi va aloqador tashkilotlar tomonidan joyida o‘rganildi.
O‘rganish natijalari quyidagicha:
O‘rganish jarayonida, Siz 53-sonli va 11-sonli maktabga o‘quvchilarni yo‘ldan o‘tishi uchun mahalla hududidan o‘tuvchi 4K-587 “Denov-Xolchayon-Xujasoat” mahalliy ahamiyatidagi avtomobil yo‘li kesishgan to‘rtalik chorrahaga svetofor qurilmasi o‘rnatib berilishini so‘raganligingizni ma’lum qilgansiz.
Denov tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan shartnoma asosida xizmat ko‘rsatilayotgan umumfoydalanuvdagi, 4K-587 “Denov-Xolchayon-Xujasoat” mahalliy ahamiyatidagi avtomobil yo‘lining 24-25 km oralig‘ida quydagi ishlar amalga oshirilgan.
Jumladan, 4K-587 “Denov-Xolchayon-Xujasoat” mahalliy ahamiyatidagi avtomobil yo‘lining 53-sonli maktabga va 11-sonli maktabga o‘tish joyiga 2 dona 5.16.2 “Piyodalar o‘tish joyi” yo‘l belgisi o‘rnatilgan hamda piyodallar o‘tish joyi (zebra) chiziqlarini chizish ishlari bajarilgan, tezlikni cheklash (30) yo‘l belgisi o‘rnatilgan.
Murojaatda o‘rnatilishi so‘ralgan svetafor qurilmasi 2024-yil joriy ta’mir rejasi asosida bajarilishi tushuntirilgan.
Shu bilan birga, Sizga O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-son Qonunning 33-moddasiga asosan murojaat qilish huquqiga ega ekanligingiz ma’lum qilinadi.