2023-yil uchun o‘zbekiston respublikasining davlat budjeti to‘G‘risida


-modda. O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/46
tarix22.04.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#101619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
11-modda. O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining 
cheklangan miqdorini belgilash
2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining 
cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilansin. 
3-bob. Budjetlararo munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari 
12-modda. 2023-yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va 
Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, tumanlar va shaharlar budjetlarining daromadlarini 
shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari 
Soliqlarning quyidagi turlari tumanlar va shaharlar budjetlariga to‘liq hajmda o‘tkaziladi: 


jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i; 
jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i; 
mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaga asosan 
jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan 
to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; 
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan 
to‘lanadigan soliq mustasno; 
noruda qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq. 
Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat 
budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga to‘liq hajmda o‘tkaziladi: 
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq; 
yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i; 
elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 
benzinni, dizel yoqilg‘isini va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz 
solig‘i; 
aylanmadan olinadigan soliq;
qonunchilikda belgilangan miqdorlardagi davlat bojlari (patent bojlaridan va litsenziyalar 
berganlik uchun davlat bojlaridan tashqari); 
qonunchilikda belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga 
undiriladigan jarimalar; 
ayrim turdagi tovarlarning chakana savdosiga doir huquq uchun yig‘imlar; 
qonunchilikda belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga 
undiriladigan boshqa yig‘imlar (bojxona organlari tomonidan undiriladigan yig‘imlardan, g‘ildirakli 
transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun undiriladigan utilizatsiya 
yig‘imidan, shuningdek avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) 
ruxsatnoma berish uchun to‘lovdan tashqari);
qonunchilikda belgilangan miqdorlarda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni 
realizatsiya qilishdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar 
mahalliy budjetlariga tushgan tushumlar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi 
bo‘yicha dividendlar (daromadlar) va ajratmalar;
davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga (ijaraga) berishdan va sotishdan 
qonunchilikda belgilangan normativlar bo‘yicha olingan daromadlar
mobil aloqa xizmatlari, tamaki, alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo uchun aksiz solig‘i 
bo‘yicha tushumlar, tegishincha o‘tgan moliya yilining 1-iyul holatiga ko‘ra O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan olingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahri aholisi sonining respublika aholisi sonidagi ulushiga muvofiq. Bunda daromadlar 
bo‘yicha prognozning bajarilmagan qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, 
viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga respublika budjeti 
mablag‘lari hisobidan qoplanadi, daromadlar bo‘yicha prognozning oshirib bajarilgan qismi esa 
respublika budjeti ixtiyorida qoladi. 
Soliqlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat 
budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga quyidagi ulushlarda: 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan tushgan tushumlarning (jismoniy 
shaxslar mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaga asosan 
to‘laydigan, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar to‘laydigan jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad solig‘idan tashqari) Navoiy viloyatida 80 foizi, Toshkent viloyatida 63 foizi, Toshkent 
shahrida 8 foizi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda 100 foizi; 
foyda solig‘idan tushgan tushumlarning (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 
bilan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq yirik soliq to‘lovchilar, O‘zbekiston Respublikasida doimiy 
muassasa orqali faoliyatni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan
shuningdek norezidentlarning to‘lov manbaida ushlab qolinadigan daromadlaridan to‘lanadigan 


foyda solig‘idan tashqari) Navoiy viloyatida 75 foizi, Toshkent viloyatida 63 foizi, Toshkent shahrida 
8 foizi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda 100 foizi o‘tkaziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent 
shahar Kengashlari: 
tegishli darajadagi mahalliy budjetlarga ajratiladigan soliqlarni va boshqa turdagi 
daromadlarni (shu jumladan ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan 
daromadlarni) hamda budjetlararo transfertlarni taqsimlashga; 
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hamda yuridik shaxslardan olinadigan 
yer solig‘i tushumlarini tumanlar va shaharlar budjetlariga yo‘naltirishga;
daromadlarning prognozini oshirib bajarishdan olingan mablag‘larning bir qismini tumanlar 
va shaharlar budjetlariga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun 
berishga haqli.
Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tumanlar hamda shaharlarning ommaviy 
dam olishga va (yoki) turizmga ixtisoslashtirilgan ayrim hududlarida mol-mulkni ijaraga beruvchi 
jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalariga Toshkent shahri uchun 
belgilangan miqdorlargacha o‘sib boruvchi koeffitsiyentlarni joriy etishga haqli. 
Agar qonunchilikda daromadlarning budjet darajalari bo‘yicha taqsimlanishi nazarda 
tutilmagan bo‘lsa: 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan daromadlarning turlari 
respublika budjetiga o‘tkaziladi; 
mahalliy budjetlarga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan daromadlarning turlari tegishincha 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va 
Toshkent shahrining shahar budjetiga o‘tkaziladi. 
Budjet tizimi budjetlariga ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan tushumlarning summalarini 
qaytarish ularni qaytarish sanasida amalda bo‘lgan ajratmalar normativlariga muvofiq tegishli budjet 
tizimi budjetlaridan, bekor qilingan daromad turlari bo‘yicha esa respublika budjetidan amalga 
oshiriladi. 
Davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushi 
mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar (shu jumladan, ularning tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan) 
2023-yilning 1-iyuliga qadar 2022-yil yakunlari bo‘yicha o‘z sof foydasining 50 foizi miqdorida 
ajratmalar va davlat ulushi bo‘yicha dividendlar hisoblanadi hamda 2023-yilning 1-sentabridan 
kechiktirmay tegishli darajadagi budjetlarga o‘tkaziladi. Shuningdek, ustav kapitalida 50 foiz va 
undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud bo‘lgan oltin qazib oluvchi korxonalar 2022 va 2023-
yillardagi sof foydasining 100 foizini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga dividendlar tarzida 
o‘tkazadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq miqdorda 
davlat ulushi mavjud bo‘lgan oltin qazib oluvchi korxonalar uchun dividendlar to‘lash miqdori va 
davriyligini qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlashga haqli. 

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin