Bundan tashqari, iqlim, muzliklar, obxavoning o’zgarishi, daryolar suvining ko’tarilib pasayishi va shu kabi boshqa xolatlar, tabiat xodisalari to’grisida to’plab borilgan ma`lumotlarga xam qiziqish katta ekani tabiiy. Bu singari arxiv ma`lumotlari qancha uzoq davrni qamrab olsa, ularning qimmati shuncha ziyodadir.Arxiv xujjatlari targ’ibot tashviqot ishlari va o’quv tarbiya maqsadlarida, tarixiy va badiiy film xamda spektakllarni saxnalashtirish, muzeylar ko’rgazmalarini tashkil etish uchun xam jalb etiladi. Shu bilan birga arxiv xujjatlaridan turmushning muayyan bir davriga aniqlik kiritish, fuqarolarning mexnat stajini tasdiqlash zaruriyati tug’ilganda xam foydalanish mumkin.