Arxiv xujjatlari jamiyatimizning kundalik xayotida, xususan» xalk xujaligida muxim o’rin tutishini ta`kidlash joiz. Arxiv xujjatlarida kechmish ajdodlarimiz mexnatining samaralari o’z aksini topgan bo’lib, ularning tajribalari bugungi kunda qul kelishi mumkin. Deylik, XX asrning birinchi yarmida barpo etilgan turli me`moriy muxandislik inshootlarining qurilishi va loyixalashtirilishi buyicha chizma xamda yozma xujjatlar muayyan axamiyatga ega (masalan, Toshkent shaxridaga temiryo’lchilar saroyi va sobiq davlat filarmoniyasi binolarini ta`mirlash chog’ida arxiv xujjatlariga murojaat qilingani ma`lum). Bunday tarixiy inshootlarni ta`mirlash mobaynida arxiv xujjatlaridan foydalanish ishning rivojiga ijobiy ta`sir etish barobarida davlat mablag’ini tejash imkonini xam beradi. Ayniqsa me`moriy va san`at yodgorliklarini tiklash chog’ida arxiv materiallari beqiyos axamiyat kasb etadi. Arxiv materiallaridan olis asrlar ta`siri tufayli urushlar va uquvsiz qayta ta`mirlashlar oqibatida vayron bo’lgan qadimiy obidalarning dastlabki qiyofasini tiklash, ularni ta`mirlash ishlarida unumli foydalaniladi.