SHunday qilib, qadriyatlar tushunchasi shaxsning ma’naviy dunyosi bilan uzviy bog‘liq. Aql-idrok, oqilonalik, bilimlar insonning maqsadga muvofiq faoliyatini belgilovchi ongning eng muhim elementlari hisoblansa, ular negizida shakllanuvchi ma’naviyat o‘z hayot yo‘lini, o‘z faoliyatining maqsadlari va mazmuni hamda ularga erishish vositalarini tanlash to‘g‘risidagi masalani u yoki bu tarzda echayotgan inson hayotining mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar qatoriga kiradi.