21-ma’ruza: Bosimlar farqini o`zgarishiga asoslanib ishlovchi sarf o`lchagichlar. Reja


Bosim farqlari o’zgarmas sarf o’lchagichlar



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə2/3
tarix08.11.2022
ölçüsü1,37 Mb.
#67944
1   2   3
STO\'A 21-ma\'ruza olim

Bosim farqlari o’zgarmas sarf o’lchagichlar
Bosim kamayishi o’zgarmas sarf o’lchagichlar – rotametrlar tajriba sharoitlarida va sanoatda keng ishlatilib, toza va oz miqdorda ifloslangan bir jinsli suyuqlik va gazlarning ravon o’zgaruvchi hajmli sarfini o’lchashga mo’ljallangan (Davlat standart 13045-67). Bular gaztahlillovchi va boshqa asboblarda sarf indikatori sifatida ham ishlatiladi.
Asbobning ishlash prinsipi o’lchanayotgan muhit oqimining pastdan yuqoriga o’tishida konik naycha ichiga joylashgan qalqovichning vertikal siljishiga asoslangan. Qalqovichning holati o’zgarishi bilan qalqovich va konik naychaning ichki devorlari orasidagi o’tish kesimi o’zgaradi, natijada o’tish kesimidagi oqimning tezligi o’zgarmaydi. Bosimlar farqi qalqovich ko’ndalang kesimi yuzining birligidagi massaga tenglashguncha qalqovich harakatda bo’ladi. Berilgan muhitning har bir sarf kattaligiga qalqovichning muayyan holati mos keladi. Rotametrlar bosim farqi o’zgaruvchan sarf o’lchagichlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega: rotametrlarning shaklallari teng bo’linmali bo’lib, uncha katta bo’lmagan sarflarni o’lchashga imkon beradi; bosimning yo’qotilishi kichik va u sarf kattaligiga bog’liq emas, rotametrlarning o’lchash diapazoni katta:

Asbobning o’lchash qismi vertikal joylashgan konik naycha va qalqovichdan iborat.
Konik naychadagi xalqaning kesim yuzi balandlikka proporsional o’zgaradi. Pastdan yuqoriga o’tadigan suyuqlik yoki gaz oqimi qalqovichga kursatilgan kuchlar muvozanatlashguncha uni yuqori ko’taradi. Kuchlar muvozanatlashganda qalqovich ma‘lum balandlikda to’xtaydi, bu esa sarf miqdorini ko’rsatadi. Qalqovichning ish holatidagi, ya‘ni o’lchanayotgan muhitga batamom cho’kkan paytdagi og’irligi
(12.12)
bu yеrda  -qalqovichning og’irligi, kg;  – qalqovich hajmi, m3;  – qalqovich tayyorlangan materialning solishtirma og’irligi, kg/m3; J- o’lchanayotgan muhitning solishtirma og’irligi, kg/m3.
Bu holda qalqovichning og’irlik kuchi pastga qaratilgan. Qalqovichning og’irligi yuqoriga yo’nalgan kuch bilan muvozanatlashadi:
Muhitning o’zgarmas oqimiga mos bo’lgan qalqovichning muvozanat holatidagi og’irlik va itaruvchi kuchi o’rtasidagi tenglik quyidagicha:
Vq(jq-j) =(P1-P2)f0 (12.13)
U holda ishqalanish kuchi e‘tiborga olinmaydi; (12.13) tenglama asosida qalqovichdagi bosimlar farqi:
(12.14)
ΔP – bosimlar farqi, Pa.
(12.14) tenglama bosimlar farqi qalqovichning hajmi, kesim yuzaga, qalqovich va muhitning solishtirma og’irliklariga, ya‘ni o’lchash jarayonida o’zgarmaydigan kattaliklarga bog’liqligini ko’rsatadi. Demak, sarf o’dchanayotgan bosimlar farqi o’zgarmas. O’lnayotgan muhitning rotametr devorlari va qalqovich orasidagi o’tish tezligi
(12.15)
bu yеrda  - o’tish tezligi, m/s; (12.15) tenglamadan

(12.15) va (12.16) tenglamalarni tenglashtirsak, oraliq oqim tezligiga ega bo’lamiz
(12.17)
Oqimning xalqa oralig’idagi tezligi va uning yuzasi ma‘lum bo’lgach o’lchanayotgan muhitning hajmiy sarfini aniqlash mumkin:
(12.18)

b u yеrda Qq – o’lchanayotgan muhitning hajmiy sarfi, m3/soat. Α – sarf koeffitsienti, bu eksperimental kattalik bo’lib, suyuqlikning qalqovichga ishqalanish ta‘sirini muhit uyurmasi hosil bo’lgandagi bosim sarfini nazarda tutadi. Ildiz ostidagi kattaliklar doimiy bo’lgani uchun ularni K koeffitsient bilan almashtirish mumkin. Unda


(12.19)
Bu bog’lanish chiziqli bo’lgani sababli rotametrning shkalasi teng bo’linmali bo’ladi. Rotametrlarning α sarf koeffitsienti analitik usulda aniqlash qiyin bo’lgan bir qator kattaliklarga bog’liq. Shuning uchun har bir rotametr eksperimental ravishda darajalanadi. Sarf tenglamasiga kirgan barcha kattaliklar darajalanish shartlariga muvofiq bo’lgandagina shkalaning bu tarzda darajalanishi aniq bo’ladi. Qalqovichning ustki qismi qiya kesiklar tarzida ishlanadi, shu sababli qalqovich vertikal o’q atrofida aylanadi. Qalqovich naycha ichida uning devorlariga tegmay aylanadi, bunda uning sezgirligi oshadi.
Tajriba va sanoatda shisha va metall korpusli rotametrlar chiqariladi. Metall korpusli rotametrlar shkalasiz o’lchov asboblaridir.
12.2-rasmda shisha naychali rotametrning tuzilish sxemasi kursatilgan. Bu asbob korpus 5 ga ustunlar 4 yordamida urnatilgan konussimon naycha 2 dan iborat. Naycha ichida pastdan yuqoriga oqadigan suyuqlik yoki gaz oqimi ta‘sirida vertikal harakat qiluvchi qalqovich 1 bor. Asbobning shkalasi 3 bevosita naycha ustida darajalanadi. Hisoblashlar qalqovichning ustki gorizontal tekisligi bo’yicha olib boriladi.
Shisha konik naychali rotametrlar suv bo’yicha 3000 l/soat va havo bo’yicha 40 m3/soat o’lchov chegarasiga; 0,6 MPa (6 kgk/sm2) gacha ish bosimiga mo’ljalangan.
Shkalasiz rotametrlar ko’rsatuvchi yoki qayd qiluvchi ikkilamchi differensial-transformatorli asbob tarkibida ishlatiladi. Rotametrlar ortiqcha ishchi bosim ta‘siridagi muhit sarfini o’lchash uchun 1,6 va 6,4 Mpa (16 va 64 kgk/sm2) o’lchash chegarasi bilan chiqariladi. Bu asboblar kattaroq ortiqcha bosimlarga ham muljallab chiqariladi. Bundan tashqari, doimiy 0…5 mA tokli chiqish signali bilan ishlaydigan rotametrlar ham mavjud. Ularning suv bo’yicha o’lchash chegarasi 16000 l/soat. Tarkibiga ikkilamchi asbob kirgan rotametrlarning aniqlik sinfi 2,5.



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin