Budjet tuzilishining qanday bo`lishi mamlakatning ma‘muriy-hududiy tuzilishiga va markaziy hukumat va mahalliy hokimiyat organlario`rtasida vakolatlar taqsimotiga bog`liq. Markaziy hukumat bilan mamlakatning ma‘muriy-hududiy tuzilmalari (xorijiy mamlakatlardagi shtatlar, provinsiyalar, oblastlar, o`lkalar, yerlar kabi) o`rtasida hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishiga ko`ra barcha davlatlar unitarvafederativ (federativ davlatlarda davlat tuzilishining ikki shakli – federativ va konfederativ davlat tuzilishi mavjud) davlatlarga bo`linadi. Unitar va federativ davlat tuzilishining o`ziga xos xususiyatlari quyidagi chizmada aks ettirilgan (3.1-rasm).
Unitar(yagona)davlat– bu tarkibidagi ma‘muriy-hududiy birliklar (tuzilmalar) o`z davlatchiligiga yoki muxtoriyatiga (avtonomiyaga) ega bo`lmaydigan davlat tuzilishidir. Mamlakatda yagona konstitutsiya, hamma uchun umumiy bo`lgan huquq tizimi va yagona hokimiyat organlari, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlarning markazlashtirilgan boshqarish tizimi amal qiladi.
Unitar davlatlarga Angliya, Fransiya, Italiya, Vengriya, Qozog`iston, Yaponiya, Shvetsiya, Polsha, O`zbekiston kabi davlatlar kiradi.147 Federatsiyadavlat tuzilishining ancha murakkab shakli hisoblanadi. Federativ davlat bir qancha boshqa davlatlardan yoki federatsiya a‘zosi (subyektlari) bo`lgan davlat tuzilmalaridan (shtatlar, kantonlar, ittifoqdosh yoki avtonom respublikalar va b.) tarkib topadi.
147Konstitutsiyaviy huquq. Ensiklopedik lug`at. Mas‘ul muharrir va mualliflar jamoasining rahbari B. Mustafoyev – T.: «O`zbekiston» nashriyoti, 2006-yil. - 584-bet. Manba: http://www.lex.uz/dictionary
317
D avlat tuzilishi shakllari