21-Mavzu: Vagonlarni olib kirib berish va olib chiqish,ortish va tushirish frontlari hamda vagonlarni aylanish muddati Vagonlarni olib kirib berish va olib chiqish


Mexanizatsiyalashmagan ortish-tushirish usulida



Yüklə 25,3 Kb.
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü25,3 Kb.
#167279
1   2   3   4   5
21-Mavzu.Tovar yuk

Mexanizatsiyalashmagan ortish-tushirish usulida frontning o‘lchami bir jinsli yuklarni bir vaqtni o‘zida (birdaniga) ortish yoki tushirish uchun ishlatiladigan ombor (ortish-tushirish) yo‘lining foydali uzunligiga joylashtirib chiqiladigan vagonlar sonidan kelib chiqib belgilanadi. Frontlarni bir jinsli yuklar bo‘yicha ajratish ushbu yuklar uchun ombor maydonlarini doimiy ixtisoslashtirilgandagina mumkin bo‘ladi. Bir xil usulda (to‘kma, sochma, quyma va h.k.) tashiladigan va birgalikda saqlash mumkin bo‘lgan yuklar bir jinsli yuklar deb hisoblanadi. YOpiq omborlarda saqlash talab qilinadigan yuklar uchun front ombor uzunligi bo‘yicha aniqlanadi.
Don, g‘alla yuklari bo‘yicha alohida frontlarni ekinlarning turlari bo‘yicha tayinlab qo‘yishni amalga oshirishga ijozat beriladi, lekin uchta ekin turidan ziyod emas (masalan, bug‘doy, arpa va suli).
Sisternalarga quyib tashiladigan neftь va boshqa yuklar uchun ortish va tushirish frontining o‘lchami quyish va to‘kish tik turmalarining soni bo‘yicha, relьs oralig‘iga to‘kishda esa – to‘kish joyidagi yo‘lning foydali uzunligi bo‘yicha o‘rnatiladiganssisternalarning soni bo‘yicha aniqlanadi. Zaruriyatli holatlarda quyish va to‘kish fronti quyib tashiladigan yuklarning (ravshan va to‘q) turlari bo‘yicha belgilanadi.
Quyib tashiladigan yuklardan boshqa barcha yuklar uchun ortish va tushirish frontining o‘lchami mexanizatsiyalashgan usuldagi ishlarda mexanizmlarning sonidan va ularning qayta ishlash qobilyatidan kelib chiqib aniqlanadi. Yo‘lning sig‘imi yuklarni ortishni yoki tushirishni mexanizatsiyalashgan front sig‘imidan ziyod vagonlarni olib kirib berishni amalga oshirish imkoniyatini bersa, shartnomada bir vaqtni o‘zida (birdaniga) olib kirib beriladigan vagon partiyasining o‘lchami belgilanadi.
Temir yo‘lining lokomotivida xizmat ko‘rsatiladigan temir yo‘l shoxobcha yo‘llarida bir jinsli yuklar bo‘yicha front o‘lchami va ombor maydonlarining ixtisoslashtirilganligi shartnomada ko‘rsatiladi. Temir yo‘li bilan kelishmasdan (muvofiqlashtirmasdan) tashkilot-larning temir yo‘l shoxobcha yo‘llarida temir yo‘l transport ob’ektla-rini tugatishga va ortish-tushirish frontlarini qisqartirishga ijozat berilmaydi. Temir yo‘li bilan kelishilmagan (muvofiqlashti-rilmagan) idoralarga qarashli temir yo‘l shoxobcha yo‘llarni qayta qurish, hamda vagonlarni ortish, tushirish va tozalash uchun mo‘ljallangan qurilmalar loyihasi temir yo‘l shoxobcha yo‘lini ekspluatatsiyasi va vagonlarni olib kirib berish va olib chiqish shartnomalari shartlarini o‘zgartirish hamda ortish va tushirish frontini qisqartirish uchun asos bo‘lib xizmat qila olmaydi.
Temir yo‘l shoxobcha yo‘lida bir vaqtni o‘zida (birdaniga) olib kirib beriladigan barcha vagonlarga vagonni aylanish muddati yoki yagona muddat belgilansa, shartnomada ortish tushirish fronti va ombor maydonlarini ixtisoslashtirilganligi ko‘rsatilmaydi. Bunday holatlarda shartnomada temir yo‘l shoxobcha yo‘liga bir vaqtni o‘zida (birdaniga) olib kirib beriladigan vagonlar soni yoki poyezdning vazni ko‘rsatiladi.

Yüklə 25,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin