International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities
Hosted from Washington, DC USA
https:
econferencezone.org March 20
th
-21
st
2022
276
AJDODLAR MEʼROSI VA MILLIY QADRIYATLARNI ULUGʻLASH
Raxmatova Zulfizar Gulmurodovna
Jizzax viloyati, Baxmal tumani
16- DMTT tarbiyachisi,
Samadova Marhabo Abdumanonovna
Jizzax viloyati, Baxmal tumani
16- DMTT, tarbiyachisi
ANNOTATSIYA:
Bugun milliy madaniyatimiz, ilm-fan, adabiyot va san’atimiz yuksalishiga ulkan hissa
qo‘shgan ma’rifatparvar ajdodlarimizning boy merosini o‘rganish, targ‘ib etish, uning mazmun-mohiyatini
yosh avlod ongu shuuriga singdirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Ushbu maqola, buyuk ajdodlar merosi
hamda milliy qadriyatlarni ulug’lash mavzusi asosida yozildi.
KALIT SO’ZLAR:
umuminsoniy mezonlar, milliylik, ma’naviyat, ajdodlar merosi, obodonchilik,
Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg‘oniy,Bahouddin Naqshband, nashriy kitoblar,
qo‘lyozmalar
Kirish.
Istiqlol yillarida mamlakatimizda
vijdon erkinligi, diniy bag‘rikenglik tamoyillarini ta’minlash, ularning
qonuniy asoslarini yaratish va rivojlantirish masalalariga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Imon-e’tiqod, mehr-
oqibat, muruvvat kabi fazilatlar xalqimiz ma’naviy hayotini yuksaltirishda muhim asos bo‘lib xizmat
qilmoqda.
Ajdodlar merosi va ularni qayta tiklash.
Prezidentimiz, Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida milliy urf-odat va qadriyatlarimizni tiklash, muqaddas
dinimizni, aziz avliyo va ulamolarimizning boy merosini teran o‘rganish, ularning qadamjolarini obod qilish,
tarixiy obidalarni asrab-avaylash yo‘lida beqiyos ishlar amalga oshirilmoqda.
Muhammad Xorazmiy, Abu
Nasr Forobiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy kabi allomalarning o‘lmas asarlari
jahon ilm fani rivojiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi. Yusuf Hamadoniy, Ahmad Yassaviy, Abdulxoliq
o‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro singari dunyoga dong taratgan buyuk siymolar
insoniyatga komillik yo‘lini ko‘rsatdi. Muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Termiziyning ta’limotida aks etgan
komil inson g‘oyalari, adolat haqidagi qarashlar jamiyatni ma’naviy-axloqiy jihatdan yuksaltirishga,
mustahkamlashga xizmat qildi. Ayniqsa, Imom Buxoriy, Imom Termiziydek
yetuk muhaddislar dunyoda
Qur’oni karimdan keyingi eng mo‘’tabar manba hisoblangan hadis to‘plamlarini yaratishda benihoya fidoyilik
ko‘rsatishdi, ibrat bo‘lishdi.
Ma’lumki, 2016-2017 yillar Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashida
O‘zbekistonning raislik davri hisoblanadi. O‘tgan yilning 18-oktyabrida ushbu organning 43-sessiyasida
mazkur davr “Ta’lim va ma’rifat — tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l” shiori ostida o‘tkazilishi ma’lum
qilingan edi. Ushbu yo‘nalishdagi tadbirlarning izchil davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qisqa, lekin sermazmun vaqt ichida keng qamrovli ishlar amalga
oshirildi. Yurtboshimizning Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro va
Samarqand viloyatlariga tashriflari davomida joylardagi buyuk allomalarning muqaddas qadamjolarini obod
qilish,
ularning hayoti, boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, keng jamoatchilikka yetkazish
bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shu bilan birga, asrlar davomida ma’naviy boyligimizni o‘zida
mujassamlashtirgan qo‘lyozma asarlarni topish, tadqiq etish va nashrga tayyorlash
hozirgi kunda dolzarb
masalalardan biridir. Bunday ulkan meros yangi avlodlarga katta ilm manbai hamda kelajakdagi tadqiqotlar
uchun muhim qo‘llanma sifatida xizmat qiladi. Binobarin, respublikamiz qo‘lyozma fondlarida 100 minglab
qo‘lyozmalar saqlanmoqda. Shulardan biri — Imom Al-Buxoriy xalqaro markazi manbalar xazinasidir.
Markazda ilmiy tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish maqsadida ma’naviy merosimiz durdonalari bo‘lgan
qo‘lyozma va toshbosma asarlar fondi tashkil etilgan. Yillar davomida Markaz xazinasi yangi asarlar bilan
doimiy boyitib borilmoqda. Bu ishlar aholidan xarid qilingan noyob asarlar hamda respublikamiz fuqarolari