22. Suhbat metodi qanday metod, u aniq yo‘naltirilgan savollar metodidan nimasi bilan farqlanadi?



Yüklə 20,33 Kb.
səhifə1/3
tarix12.12.2022
ölçüsü20,33 Kb.
#73975
  1   2   3
Suhbat metodi


22. Suhbat metodi qanday metod, u aniq yo‘naltirilgan savollar metodidan nimasi bilan farqlanadi?

Dars jarayonini talabalar diqqati, fikrini jamlovchi, qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishga qaratilgan savollar asosida olib borish o‘tishda eng ko‘p qo‘llaniladigan metodlardan biri hisoblanadi.


Tahliliy fikrlash savol qo‘yishdan boshlanadi, muammo savollar orqali yechiladi. Shuning uchun dars jarayonida savol orqali talabalarda o‘z fikrini asoslash ko‘nikmasini hosil qilish katta ahamiyatga ega.
O‘quv rejasi bo‘yicha savol-javoblar yordamida talabalar o‘quv jarayoniga jalb etiladi. Shu yo‘l bilan talabalarda fikr–mulohaza yuritish, o‘z fikrini izohlashga ishtiyoq uyg‘otiladi. Chunki, talabalar bir tomondan savollarga javob berishadi, ikkinchi tomondan esa, o‘zlari savol berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Savolni to‘g‘ri berishning o‘zi fikrlay bilishdan dalolat beradi. Shuning uchun darsda faqatgina o‘qituvchi emas, balki talabalar ham bir-birlariga savol bilan murojaat qilishlari, ayniqsa, kichik guruhlarga bo‘linib dars o‘tganda o‘zaro fikrlashish muhim ahamiyat kasb etadi. Agar talaba savol berishni o‘rganmasa, o‘zining bilimi sayozligi haqida o‘ylab ham ko‘rmaydi. Biz savol tuzib, unda o‘z fikrimizni ifodalashimiz tufayli boshqalarni ham o‘ylashga, o‘rganishga undaymiz.
O‘quv rejasi bo‘yicha xilma-xil savollar orqali talabalar bilan atroflicha suhbat o‘tkazish o‘qituvchidan chuqur, maxsus bilim, oxirgi yangiliklar, o‘zgarishlardan xabardor bo‘lishni talab qiladi. Chunki o‘qituvchi talabaning har qanday savoliga javob berishga tayyor bo‘lishi kerak. O‘qituvchi dars jarayonida nafaqat talaba bilan hamkorlikka tayyor turishi, balki hamkorlik qilishi kerak. Shundagina dars berishdan qo‘yilgan maqsadga izchillik bilan erishiladi.
Maqsad esa quyidagilar:
1. Belgilangan vaqt davomida o‘quv materiallarini o‘rganish va xotirada saqlab qolish.
2. Bosqichma-bosqich mantiqiy fikr yuritishga o‘rganish.
3. O‘qishdagi oraliq maqsadlarga erishish (masalan, o‘rtog‘ining fikrini tahlil qilib, tanqidiy o‘rganish).
Ma’lumki, savollarsiz dars o‘tib bo‘lmaydi. Ta’lim jarayonini qanday metodlar asosida tashkil qilishimizdan qat’iy nazar, albatta savollardan foydalanamiz.
Aniq yo‘naltirilgan savollar asosidagi suhbat o‘qituvchining ko‘rsatmalari bo‘yicha olib boriladi. Suhbatning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan savollarni to‘g‘ri qo‘yishga bog‘liq. Ilgarigi mavzuda ko‘rib o‘tilgan savollar alohida yoki tizim shaklida qo‘yilish, ular oddiy yoki murakkab bo‘lishi mumkin.
Savol-javob metodi eng ko‘hna, shu bilan birga eng universal, eng ko‘p qo‘llaniladigan metod. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu metodni qo‘llash orqali:

  1. O‘quvchi, talabalarni darsda faol qatnashishga tayyorlash;

  2. Yangi o‘quv materiali bilan tanishtirish;

  3. Egallagan bilimlarini mustahkamlash va ma’lum bir tizimga solish;

  4. Egallagan bilimlarni qay darajada ekanligini aniqlash va joriy nazorat qilish amalga oshiriladi va bu borada unga teng keladigani yo‘q.

  5. Tahliliy hamda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga ham amalda savollar yordamida erishiladi

Ko‘pincha darsda savol-javob metodini qo‘llashga an’anaviy metod sifatida qaraladi. Bunga sabab, uni savol berish va berilgan savol doirasida javob kutilib, o‘quvchi-talabaning fikrlashini shu savol doirasida cheklanishi tarzida qaralsa, ikkinchidan, uzoq vaqt darsni og‘zaki-ko‘rgazmali yondashuv asosida tashkil etilishidir.
Shu bilan birga ustuvor darajada savol va javoblarga asoslangan dars o‘tish usullari ham talaygina. Ulardan biri - savol-javob metodidir. Uni amaliyotda turli usullarni qo’llash orqali o‘tkazish mumkin.
Savol-javob odatda darsning og‘zaki metodi hisoblanadi. Og‘zaki javobga asoslangan yana bir metod, suhbat metodidir. Bu metod odatda, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda, maslahat darslarida keng qo‘llaniladi. Bunda bilim o‘qituvchi tomonidan ma’lum bir tizimga solingan holda tushunarli, o‘quvchi-talabalar ruhiyatiga ta’sir etadigan tarzda yetkaziladi.
Og‘zaki uslubdagi darsning maqsadi ham boshqa metodlar kabi bilim berish, o‘rgatish, axborot berish, o‘zi olgan axborotni, bilimni yoki fikrni boshqalarga yetkazishdir. Bayon etish, hikoya qilish deb, o‘quv materialini monolog tarzida bayon qilishga aytiladi. Hikoya usuli odatda ko‘proq maktablarda qo‘llaniladi yangi mavzuni, materialni o‘zlashtirishga tayyorlash uchun kirish so‘zi, mazmunini esa hikoya tarzida bayon qilinadi.
Hikoya uslubida o‘quvchi-talabalarga beriladigan ta’lim mazmunini og‘zaki bayon qilish ko‘zda tutiladi. Bu uslubni qo‘llashda muayyan pedagogik usul-lardan foydalaniladi. Masalan, diqqatni faolllashtirish, bayon qilish, taqqoslash, asosiylarini ajratish, yakunlash kabi mantiqiy tadbirlar shular jumlasidandir. Hikoya samaradorligining shartlari: rejani qunt bilan o‘ylab tuzish, mavzuning izchil yoritilishini ta’minlash, ko‘rgazmalarni muvaffaqiyatli tanlash, bayonda kerakli emotsionallikka erishish.
Akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida, oliy maktabda esa suhbat metodi keng qo‘llaniladi. Suhbat metodini buyuk filosof Suqrot nihoyatda mohirlik bilan qo‘llagan. Bu metod turli jihatdan qaraganda ham samarali bo‘lib, qo‘yilgan savollar orqali talabalarning xotirasidagi passiv bilimlarni faollashtiradi, yangi bilimlarni o‘zlashtirish, mustaqil fikr yuritish orqali xulosa chiqarish va umumlashtirishga o‘rgatadi. Talabani o‘qituvchi fikrini ilg‘ash, uni davom ettirishga yo‘naltiradi. Maksimal darajada tafakkurni faollashtirish bilan birga olingan bilimni diagnostika qilish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi. Suhbat: a) talabalarni bilim olish, o‘qish-o‘rganishga chorlovchi (kirish); b) bilim beruvchi; v) bilimlarni mustahkamlashga; g) bilimni nazorat qilishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Suhbat uslubini qo‘llashda savollarni qo‘yish (asosiy, qo‘shimcha, yo‘llovchi va boshqalar), o‘quvchi-talabalarning javob va mulohazalarini muhokama qilish, suhbatdan xulosalarni shakllantirish, javoblarni tuzatish usullaridan foydalaniladi.
Pedagoglar suhbatni quyidagi turlarga bo‘lishadi:

Yüklə 20,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin