Ikkinchi bosqich. Bu bosqichda to‘plangan ma’lumotlar manbalari o‘rganib chiqiladi va ular tahlil qilinadi. Har bir ma’lumot manbayida keltirilgan ma’lumotlar va yechilgan masalalar bilan oldin tanishib qarab chiqiladi va ular siz olib borayotgan tadqiqot mavzusiga yaqin bo‘lsa, uni o‘qib chiqib chuqur tahlil qilinadi.
Ilmiy tadqiqot bosqichlari
Ilmiy tadqiqot (izlanish) uchta tarkibiy qism: insonning maqsadli faoliyati, ilmiy mehnat predmeti va ilmiy mehnat vositalaridan iboratdir. Insonning maqsadli ilmiy faoliyati tadqiqot obyekti haqida (bo‘yicha) yangi bilimlarga yoki obyekt haqidagi (bo‘yicha) mavjud bilimlarni to‘ldirishga erishadi.
AKADEMIK YOZUV
Ilmiy tadqiqotning qismlari
AKADEMIK YOZUV
Ko‘rilayotgan masala tadqiqot mavzusi
Asosiy mazmuni, bosh ilmiy g‘oya, dalillar, ilmiy masalani yechish metodikasi
Olingan natijalar ularni yangilik darajasi
Ilmiy tadqiqot bosqichlari
Gipoteza -har qanday hodisalarni tushuntirish uchun taqdim etilgan ilmiy taxmindir; bu tadqiqot olib kelishi mumkin bo‘lgan umumiy qoidalar, asosiy g‘oyalarning aqliy ifodasidir. Muallif tanlangan mavzu bo‘yicha faktlarni oldindan o‘rganib chiqqandan so‘ng, tadqiqot natijalari bo‘yicha taxminni shakllantiradi. Fikrlash bunda oqibatdan sababga qarab boradi. Gipoteza asoslangan va ichki tomondan ziddiyatsiz bo‘lishi kerak.
AKADEMIK YOZUV 2
Gipoteza
Ilmiy matnlar birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi. Birlamchi - asosiy manbalar, asl nusxalar. Bunga, masalan, ilmiy maqola, monografiya kiradi. Ilmiy maqola - muallif o‘z tadqiqotining natijalarini bayon etgan insho. Monografiya - bir mavzuni o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy ish. Ikkilamchi matnlar boshqa muallifga tegishli bo‘lgan birlamchi matnlar asosida yaratiladi.
AKADEMIK YOZUV
Ilmiy matnlar
Ilmiy matnda (birlamchi va ikkilamchi) quyidagi qismlar ajratiladi: sarlavha, kirish qismi (ishning maqsadi shakllantiriladi va tadqiqot mavzusini tanlash asoslab beriladi, tadqiqot usullari tavsiflanadi). Asosiy qism ish vazifalariga muvofiq bo‘limlarga bo‘linadi. Har bir yangi fikr yangi abzatsdan yoziladi. Xulosa qismi xotimalar yoki qisqacha yakun shakliga ega.
AKADEMIK YOZUV
Ilmiy matn
Mavzuning ilmiy-metodik adabiyoti o‘rganilib, ishlab chiqiladi, mavzu bo‘yicha faktik material to‘planib, dastlabki tasnif amalga oshiriladi. Shu bilan ilmiy ish olib borishga tayyorgarlik bosqichi asosan tugab, bevosita ilmiy ishning o‘zini yozish bosqichi boshlanadi.
Ma’lumki, ilmiy tadqiqot mavzusi tanlanganidan keyin ilmiy ishning xomaki rejasi tuziladi. Ilmiy ish, odatda kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, mundarija qismlaridan iborat bo‘ladi, mavzuning tabiatiga qarab ilova qismi ham beriladi.
AKADEMIK YOZUV
Ilmiy tadqiqot mavzusi
AKADEMIK YOZUV
Matn ustida ishlash kirish bilan boshlanadi. Bu ishning bir qismi emas, balki ishni tavsiflovchi hujjat hamdir. U tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash bilan boshlanadi.
Muallifning mavjud manbalar bilan tanish ekanligini, uning o‘tmishdoshlari tomonidan berilgan baholarga nisbatan tanqidiy fikrlash qobiliyatini ko‘rsatish kerak.
Ilmiy tadqiqot mavzusi
AKADEMIK YOZUV
Xulosa muhim vazifani bajaradi. Unda tadqiqotning barcha yo‘llarini aks etadi. Undan mantiqiy xulosa chiqarish kerak. Xulosalar boshida belgilangan vazifalar bilan mos bo‘lishi kerak.
Xulosa – bu aniq yutuqlar ko‘rsatilgan, kerak bo‘lganda amaliy foydasi aks ettirilgan o‘ziga xos hisobot. Bibliografiya va ilovalar ham muhim elementlar hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqot xulosasi
AKADEMIK YOZUV
Ilmiy tadqiqotlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va texnika yo‘nalishida ko‘pgina holatlarda keltirilgan strukturaga monand ketma-ketlikda tashkil etiladi. Ilmiy tadqiqotlar olib borishni har bir bosqichida ilmiy muammoni (masalani) umumiy yechimi bilan bog‘liq ilmiy izlanishlar olib boriladi. Ilmiy tadqiqotning birinchi bosqichida nafaqat tadqiqot olib boriladigan muammo yoki masala shakllantiriladi, balki ishning muvaffaqiyatli yakuni ko‘p tomonlama bog‘liq bo‘lgan ilmiy tadqiqot vazifalari ham aniq shakllantiriladi.
AKADEMIK YOZUV 2
IQTIBOS (arab.ziyo olmoq) sitata — biror asardan soʻzma-soʻz olingan parcha. Iqtibos bayon qilinayotgan fikrni ishonchli fikr bilan quvvatlash, muayyan fikrni tanqid qilish uchun hamda muhim faktik material — misol sifatida qoʻllaniladi.
Iqtibos
Iqtibos, asosan, ilmiy (koʻpincha gumanitar) va rasmiy nutqda ishlatiladi hamda qoʻshtirnoq bilan belgilanadi yoki alohida harf bilan yoziladi, shuningdek, manbaga havola qilinadi. Bunday koʻchirmalar foydalanuvchining fikri bilan qiyoslanganda uning mohiyatini toʻgʻri tushunish imkonini beradi.
AKADEMIK YOZUV 2
Iqtibos
Masalan: badiiy adabiyotning, soʻzning gʻoyaviy-estetik taʼsir kuchi, ahamiyatini quroldan ham kuchliroq ekanligi toʻgʻrisidagi fikrni mustahkamlash maqsadida P.Tursunning «Adabiyot zambarakdan zoʻr» yoki A. Qahhorning «Adabiyot atomdan kuchli» degan soʻzlarini yoki boʻlmasa, «Tigʻ yarasi bitar, ammo til yarasi bitmas» maqolini iqtibos sifatida qoʻllash mumkin.
AKADEMIK YOZUV
AKADEMIK YOZUV
Iqtibosdan koʻp hollarda epigraf va shior oʻrnida ham qoʻllaniladi. Agar muallif fikriga zarar yetmasa, Iqtibosda orfografiya va punktatsiyani oʻzlashtirish, soʻz (soʻzlar)ni tushirib qoldirish mumkin (bunda koʻpnuqta bilan belgi qoʻyiladi).
Iqtibos
O‘zingizning so‘zlaringiz bilan yozilgan xulosa yozuvchining asosiy fikrlarini qisqacha takrorlaydi. Iqtibos, sizning so‘zlaringiz bilan yozilgan bo‘lsa-da, sizning manbangizdagi tafsilotlarni yoki g‘oyaning rivojlanishini bog‘lash uchun ishlatiladi. Kam ishlatilgan sizning ishingizga ishonch bag‘ishlashi yoki unutilmas parchani qo‘lga kiritishi mumkin.
AKADEMIK YOZUV
Iqtibos
AKADEMIK YOZUV