23-mavzu. Qoziqli poydevorlar reja


Qoziqli poydevorlarni loyihalash va hisoblash. Qoziqli poydevorlarni hisoblash



Yüklə 155,15 Kb.
səhifə3/4
tarix26.12.2023
ölçüsü155,15 Kb.
#197977
1   2   3   4
Gruntlar mexanikasi

Qoziqli poydevorlarni loyihalash va hisoblash. Qoziqli poydevorlarni hisoblash
Ustun qoziqlarni hisoblash
a) Ustun qoziqlarni yuk ko‘tarish qobiliyati uning ostki uchidagi gruntning mustahkamligiga bog‘liq bo‘lib quyidagi formula bilan aniqlanadi:

(6.1)

bunda Yc=l - ish sharoitini hisobga oladigan koeffitsient;
R - qoziqning pastki uchidagi gruntning hisobiy qarshiligi;
A - qoziqning ko‘ndalang kesim yuzasi.
b) Temir-beton qoziqlarning yuk ko‘tarish qobiliyati quyidagicha topiladi: 20x20 dan 40x40 gacha l=320 m.
(6.2)

bunda R28 -betonning 28 kundan keyingi mustaxkamligi;


Ab -betoning yuzasi; RT -temir o‘zakning oquvchanlik yuzasi;
As - armaturaning ko`ndalang kesim yuzasi; 0,7 - bir jinslilik koeffitsienti.

6.1 – rasm. Burg‘ilama tiqma qoziqlarning tuzilishi



v) Po‘lat quvurlardan yasalgan qoziqlar uchun:


(6.3)
bunda - temirdan yasalgan trubaning oquvchanlik chegarasi;
- trubaning kundalang kesim yuzasi;
γ's - koeffitsientining qiymatlari jadvallardan olinadi.
(12.5 - O‘quv darsligi. Rasulov HZ.).



Ustun qoziqlar orasidagi masofani aniqlash
Ustun qoziqli poydevorning cho‘kishi uning rejadagi o‘lchamlariga bog`liq emas. Ustun qoziqlarning oralig‘ini oshirsak qoziqli poydevorlarning cho‘kishi kamayadi. Agar ular orasidagi masofa 6d bo‘lsa, ularning cho‘kishi 1-1 ga teng bo‘ladi. Ustun qoziqlar orasidagi optimal masofa quyidagi formula yordamida topiladi:

(6.4)

bunda d — qoziqlar orasidagi masofa;
l - qoziqning uzunligi.
Osma qoziqlarni hisoblash
Osma ustun qoziqlarning yuk ko‘tarish qobiliyatini aniqlashning quyidagi usullari mavjud.
Kuch qo‘yib sinash tajriba usuli. Bu usulda ustun qoziqqa pog‘onali ortib boruvchi statik kuch ta’sir etganida uning cho‘kish harakteri o‘rganiladi.
Qoziqning yuk ko‘tarish qobiliyati unga ta’sir etayotgan kuchning eng kattasi va qritik qiymatlari bilan belgilanadi. Bunda pog‘onali kuchning qiymati ustun qoziqning maksimal yuk ko‘tarish qobiliyatining 1/101/15 -miqdordagi bo‘lagiga teng kelishi kerak.
Osma qoziq o‘rnatilgan gruntga qarab uning yuk ko‘tarish qobiliyatini aniqlashning statik usuli
Bu usulda ustun qoziqning o‘tkir uchi yotgan tekislikdagi gruntning hisobiy qarshiligi va sirti bilan grunt o‘rtasidagi ishqalanish qarshiligini hisobga olish nazarda tutiladi:
(6.5)
bunda: us - qoziqning gruntdagi ishlash sharoitini hisobga oladigan koeffitsient γs=1;
γcr va γcf - mos ravishda ustun qoziqning uchi va yon sirti uchun ishonchlilik koeffitsienti);
R - qoziqning uchidagi gruntning hisobiy qarshilgi 11.2-jadvaldan olinadi;
A - qoziqlarning qatlam qarshiligi yuzasi;
U - qoziqning-qatlam qarshiligi perimetri;
fi - i - qatlam uchun qoziqning yon sirtining siljshga
qarshiligi 11.3-jadvaldan olinadi;
hi - qoziq uzunligi bo‘yicha i - qatlam qalinligi;
γg - grunt bo‘yicha ishonchlilik koeffitsienta, γg =1,4.


Yüklə 155,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin