fotoeffektning «qizil chegarasi» bo‘ladi va faqat elektroning chiqish ishiga bog‘liq bo‘ladi.
Yorug’lik bosimi. Lebedev tajribasi.Maksvell nazariyasiga asosan, jism sirtiga tushayotgan ҳar qanday elektromagnit to’lqin shu jismga bosim beradi. Yassi yorug’lik to’lqini metall sirtiga normal ravishda tushayotgan bo’lsin.
Yorug’likning elektr maydoni ta’sirida metall sirtiga yaqin joylashgan elektron maydonga teskari yo’nalishda ҳarakatga kelaboshlaydi. Xuddi shu momentda yorug’lik to’lqinining magnit maydoni tomonidan xaraktlanayotgan elektronga Lorenst kuchi (Fl) ta’sir qiladi. Bu kuch metall sirtiga perpendikulyar ravishda uning ichiga arab yo’nalgan.
Yoritilayotgan metall sirtining birlik yuziga ta’sir etadigan Lorenst kuchlarining yig’indisi yorug’lik bosimini ҳarakterlaydi.
Maksvell nazariyasi asosida o’tkazilgan ҳisoblar yorug’lik bosimi p=w(1+r) (1) ga tengligini ko’rsatadi. Bunda w-sirtga tushayotgan yorug’lik dastasi energiyasining ҳajmiy zichligi, r-sirtning yorug’lik qaytarish koeffistienti.
Yorug’lik bosimini birinchi bo’lib 1900 yilda P.N. Lebedev tajribada
aniqladi. Bu tajriba quyidagicha. Osongina buriladigan parrakning qanotlaridan biri qoraytirilgan, ikkinchisi esa yaltiroqqilib yasalgan Tajribalarda yorug’likning yaltiroqqanotga beradigan bosimi (Pya) oraytirilgan anotga beradigan bosimi (Pq) dan ikki marta katta bo’lib chiqdi. Bu natija Maksvellning nazariy xulosasiga mos keladi, ma’lumki ideal yaltiroq sirt uchun r=1 shuning uchun (1) asosan
Pya=w(1+r)=2w (2)
Yorug’likni to’la yutuvchi qoraytirilgan sirt uchun r=0
U ҳolda Pq=w(1+r)=w (3)
Yorug’likning bosimining P.N. Lebedev tajribasida aniqlangan qiymati (1) formula asosida ҳisoblangan qiymatiga yain bo’lib chiqdi.