25-Mavzu: pedagogik mahorat va uning asosiy komponentlari. Reja



Yüklə 34,72 Kb.
səhifə2/3
tarix21.12.2023
ölçüsü34,72 Kb.
#188362
1   2   3
25-Mavzu pedagogik mahorat va uning asosiy komponentlari. Reja

II. Ixtisoslik bilimi.
Mutaxassislik fanini, uni o’qitish metodikasini, pedagogika va psixologiyani mukammal bilish.

III. Pedagogik layoqat va qobiliyatlar:
- kommunikativ (muloqatga moyillik), so’z, fikr-tuyg’u orqali munosabat, o’zaro fikr almashuv;
- fahm-idrokli bo’lish;
- turli qobiliyat (ko’rinishlari) qirralari iqtidorligi (ega bo’lish);
- dinamizm (harakatchanlik), faollik, olg’a siljish;
- emotsionallik (his-tuyg’u jo’shqinlik);
- qat’iyatlik;
- qunt, sabot, chidamlilik;
- kelajakka ishonch (kelajakni ko’ra bilish);
- e’tiborli nufuzli bo’lish (o’z ta’sirchanligi bilan mahliyo, maftun eta bilish);

IV. Pedagogik texnika
- o’z-o’zini, o’z hissiy holatini boshqara olish;
- boshqalar bilan aloqa-munosabat o’rnata olish;
- nutq malakasi;
- mimik pontamimik ifodaliligi,;

73-chizma

"Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokt, yo saodat, yo falokat masalasidir", - degan edi milliy tarbiyamiz daholaridan biri Abdulla Avloniy. Hayot, najot, saodatga eltuvchi ish, tarbiyani amalga oshiruvchi zot - o’qituvchidir.
Bolalarga yaxshilik qilish va mehribonlik ichki kechinma va holatigina emas, balki pedagogik faoliyatimizdagi bola bilan yoki sinf bilan munosabatdagi asosiy motiv, asosiy rag’bat bo’lishi kerak. Bolalarga yaxshilik qilishimiz va mehribonligimiz, ular bilan qo’pol muomalada bo’lishimizga, ularning nafsoniyatini va qadr - qimmatini siqishtirishga, ularga baqirish va ularni qo’rqitishga, ulardan har birining qayg’u alamini sezmaslikka va har biri erishgan yutug’idan xursand bo’lmaslikka, ularga yordamga kelmasligimizga, ishonchsizlik ko’rsatishimizga yo’l qo’ymaydi. Bolani butun qalbi bilan sevadigan mehri daryo pedagog ko’proq tabassum qiladi, kamroq qovoq soladi, u chinakam pedagogik hayot kechiradi, shu tariqa professional baxtiga erishadi.
Pedagog shaxsining insonparvarlik yo’nalishga ega bo’lishi- o’quvchi shaxsini hurmat qilish, ayrim masalalarni- o’zini o’quvchi o’rnida sezib hal etishi, adolatli bo’lishi, pedagogik faoliyatni pirovard maqsadga – barkamol avlod tarbiyalashga yo’naltirishda ifodalanadi. O’z davrida Ibn Sino ham o’qituvchi shaxsida halollik, adolat, poklik, mehnatsevarlik, fidoiylik, odamgarchilik kabi xislatlarni qadrlagan.
Insonparvar pedagog bolalarni bilim bilan tanishtirayotganda ayni vaqtda ularga o’z xarakterini bera oladi, ularga odamiylik namunasi bo’lib ko’rinadi. Bola uchun o’qituvchisiz bilim yo’q. Shuning uchun bola o’qituvchisini yaxshi ko’rib qolsa, demak u bilimga qiziqib qoladi. Bolalar mehrini qozonmoq o’qituvchining zarur ishi, faqat o’z o’qituvchisini yaxshi ko’rgan bola bilimlar olamiga kirib boradi. Jamiyatdagi ma’naviy qadriyatlarni o’zlashtira boradi.
Ta’lim va tarbiya metodlari, usullari, formalari pedagogning bolalarga mehr muhabbatidan harorat oladi va insonparvarlik hissi to’la qalbidan o’tib takomillashadi.
O’qituvchining o’zi bir shaxsiyat bo’lishi kerak, negaki shaxsiyatni faqat shaxsiyatgina tarbiyalab berishi kerak. Insonparvarlikni faqat qalb mehrigina berishi mumkin. U albatta keng ma’lumotli ijodiy kishi bo’lishi kerak, negaki bilim ishtiyoqini faqat shu ishtiyoqda yongan kishiga yoqish mumkin.
Bizning jamiyatda o’qituvchi bolalarni kelajak haqidagi orzu - umidlar bilan ruhlantirishga, kelajak ideallarini hozirdan mustahkamlashni ularga o’rgatishga, umuman olganda kelajakdan bolalar qoshiga kelgan kishidir.
Pedagogik mahoratni egallashda psixologiya va pedagogika faniga doir bilimlar katto rol o’ynaydi. Ilmiy psixologik va pedagogik bilimlar sistemasining mavjudligi o’qituvchiga faqat o’z sinfini hamda ayrim o’quvchilarni o’rganish va ularning to’g’ri fe’l atvorlarini tushunishgagina emas, balki bolalar jamoasi va uning har bir a’zosini rivojlanish istiqbolini ham belgilash imkonini beradi.
Professional bilimlar pedagogik mahoratning tub asosini tashqil qiladi. Pedagog bilimi, bir tomondan u dars berayotgan fan to’g’risidagi bilimiga, ikkinchi tomondan esa, uni o’zlashtirayotgan o’quvchilarga qaratilgan bo’ladi. O’zi dars berayotgan fanni, uni o’qitish metodikasi, pedagogika va psixologiya fanlaridan puxta bilimga ega bo’lishi, pedagog professional bilimlari mazmunini tashkil etadi. Professional-pedagogik bilimlarni o’ziga xosligi, ularni kompleks harakterga ega bo’lishi va har bir o’quvchida shaxsiy «ohang» kasb etishidir.

Yüklə 34,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin