26-iyun 237-ij 2022/2023-o‘quv yili uchun qabulni yuqori saviyada tashkil etish to‘g‘risida


Reja-moliya bo‘limi boshlig‘i &&&&&&



Yüklə 119,5 Kb.
səhifə3/6
tarix06.04.2023
ölçüsü119,5 Kb.
#94011
1   2   3   4   5   6
237-ij

5. Reja-moliya bo‘limi boshlig‘i &&&&&&:
magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabul parametrlari asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning to‘lov-kontrakt summasini bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatdan kelib chiqib, universitet kengashi qarori asosida mustaqil belgilanishini ta’minlash vazifasi yuklatilsin.
6. 2022-yil 15-iyuldan boshlab talabalar o‘qishini ko‘chirishning quyidagi tartibi joriy qilinganligi inobatga olinsin:
a) talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (shu jumladan, xalqaro reytinglarda birinchi 1000 ta o‘rindan birini egallagan) oliy ta’lim tashkilotlaridan O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishda:
alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli oliy ta’lim muassasalari tomonidan, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilishini ta’minlash yuzasidan zaruriy choralar ko‘rilishi;
test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari joriy yil 25-iyulga qadar, keyinchalik har yili 15-iyulga qadar belgilash hamda ommaviy-axborot vositalarida e’lon qilinishi;
o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi ta’minlanishi;
test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinishi;
b) talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmasligi;
v) talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasining bir hududida joylashgan davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa hududidagi davlat oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirishda:
o‘qishni mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga uzrli sabablar mavjud bo‘lganda ruxsat berish. Bunda, o‘qishni ko‘chirish so‘ralayotgan hududda mos va turdosh ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lmaganda, o‘qishni mazkur hududdagi oliy ta’lim muassasasining boshqa ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirishga ruxsat berish yuzasidan davlat komissiyasiga taklif kiritilishi;
talabaning respublika bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun ko‘chib o‘tishi, turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasining mehnat faoliyatini amalga oshirish joyi boshqa hududga o‘zgartirilishi, nikoh tuzgandan keyin turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududga ko‘chib o‘tishi uzrli sabablar etib tan olinishi;
talabalarning o‘qishini uzrli sabablar mavjud bo‘lmagan holatlarda, shuningdek, mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshirilishini ta’minlanishi (uzrli sabablar mavjud bo‘lgan holatlar bundan mustasno);
g) talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan:
O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishda alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari natijalariga ko‘ra amalga oshirilishi;
O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshirilishi;
d) sport musobaqalari g‘olibi sifatida imtiyoz bilan oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan hamda kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning o‘qishini ularning arizalariga muvofiq, sirtqi ta’lim shaklidagi mos va turdosh ta’lim yo‘nalishiga (sirtqi ta’lim shakli mavjud bo‘lgan taqdirda) davlat granti asosida ko‘chirishga ruxsat berilganligi inobatga olinishini ta’minlashni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqilishi.

Yüklə 119,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin