Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib, oilalar iqtisodiy ta’minlanganlik darajasi
bo'yicha bcshta guruhga ajratiladi:
1.
Kambag'al oilalar. Bu toifa oilalarda bir kishiga to'g'ri keladigan daromad
tirikchilik minimumiga teng yoki undan kam bo'ladi.
2.
Kam ta’minlangan oilalar. Oilaning bu turida bir kishiga to'g'ri keladigan
daromad tirikchilik minimumidan ko'p, biroq o'rtacha ko'rsatkichdan past bo'ladi.
3.
Ta’minlangan oilalar. Bu oilalarda bir kishiga to'g'ri keladigan daromad
o'rtacha ko'rsatkich atrofida bo'ladi.
4.
To'q oilalar - daromadi o'rtacha ko'rsatkichdan yuqori.
5.
Boy oilalar. Bu toifa oilalarga daromadi oqilona iste’mol budjctidan yuqori
bo'lgan oilalar kiradi.
Oilada er-xotin va farzandlarning manfaatlari uyg'unlashib, ularning sa’y-
harakati bilan pul topib, ro'zg'or tebratish kabi iqtisodiy vazifalar bajariladi. Buning
natijasida oilaning iqtisodiy barqarorligi ta’minlanadi. Shu bilan birga, oilaning
iqtisodiy barqarorligini ta’minlashning bir qator tamoyillari borki, ularga rioya
etish lozim. Ular quyidagilar:
•
oilaning sa’y-harakati barcha oila a’zolari talab-ehtiyojini qondirishga
bo'ysunishi talab qilinadi;
•
oilaning iqtisodiy faoliyatiga oid qarori demokratik asosda qabul qilinishi
kerak;
"• oila iqtisodiy ratsionalizm qoidalariga rioya etishi kerak, ya’ni oila o'z
farovonligini oshirishning eng nafli yo'lidan borishi kerak;
•
muqobil tanlov qoidasiga amal qilish kerak. Oilaning ehtiyoji ko'p bo'ladi,
lekin uning topgan daromadi cheklanib, hamma ehtiyojlami birdaniga qondirishga
etmaydi. Shu bois ehtiyojlarning eng zaruri tanlab olinishi va ularning kam sarf
bilan qondirilishi lozim bo'ladi;
•
iqtisodiy murosaga kelish qoidasiga amal qilish lozim. Bunda oila a’zolari
oila farovonligini oshirish uchun kim nima ish qilishi, kimning individual
ehtiyojini qachon qondirish haqida birqarorga kelish va uni hamjihatlik bilan
amalga oshirish talab qilinadi;
•
oila daromadlari va xarajatlarini rejalashtirish, ularning bir- biriga
muvofiqligini ta’minlab, oila budjetidagi kamomadga yo'l bermaslik kerak.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan tamoyillar bevosita oilalarning iqtisodiy barqarorligini
ta’minlashga qaratilgan bo'lib, ularga amal qilish oilalar farovonligini oshirishga
yordam berishi shubhasizdir.
3.
Dostları ilə paylaş: