tadbirkorlik
daromadi, tomorqa daromadi, mulkdan kelgan daromad va bozorga
ishlovchi korxonalarda yollanib ishlashdan olingan ish haqidan iborat. Bozor
daromadi, bu ishlab topilgan daromad, ya’ni ishchi kuchi, kapital, er yoki boshqa
boylikni o'z egasi tomonidan naqadar samarali ishlatilishiga qarab topiladigan
daromaddir.
Oila daromadlari tarkibida tomorqadan olinadigan daromadning o'rni katta.
Tomorqa haqida gap ketganda, bu xo'jalik aholining
kattagina qismini bozordan
mahsulot sotib olishdan xolos etadi, ya’ni tomorqada yaratiladigan mahsulotdan
oilaning o'zida ham iste’mol etiladi, bu «natural iste’mol» deb ataladi. Natural
iste’mol tufayli oila bozordan mahsulot xarid etish tashvishidan qutiladi, bu
ishning xarajatlaridan ham ozod bo'ladi, shuningdek sifatini o'zi kafolatJagan
mahsulotni o‘zi iste’mol etadi. Intlyasiya sharoitida oila o'zini-o'zi mahsulot bilan
ta’minlashga ko‘proq moyildir, chunki jamg‘arilgan pul o‘z qadrini yo‘qotsa-da,
jamg'arilgan mahsulotning qadri ortib boradi.
Tomorqa oila daromadi resursi sifatida yaqin orada o‘z
ahamiyatini
yo‘qotmaydi, chunki u mohiyatan bozor xo‘jaligidir. Shu sababli uning daromadini
ham bozor daromadi deb hisoblash mumkin.
Yollanib ishlash bor yerda mehnat daromadi mavjud bo'ladi. Ish haqi
tabiatan mehnat daromadi hisoblanadi. Uning miqdori mehnat samaradorligiga
bog'liq, chunki bozor iqtisodiyotida har qanday daromad resurslarning qanchalik
unumli ishlatganining natijasi bo'ladi. Shu bois ish haqi miqdori mehnat
unumdorligi darajasidan kelib chiqadi. Bu qoida moddiy ishlab chiqarish
sohalariga (sanoat, qishloq xo'jaligi,
qurilish, transport va h.k.) xos bo'ladi.
Nomoddiy sohalardagi (ta’lim, madaniyat, sog'liqni saqlash, fan va h.k.) ish haqi
ishlab chiqarishda yaratilgan daromadlarning budjet orqali taqsimlanishiga bog'liq
bo'ladi. Shu sababli budjetdan moliyalashtiruvchi tashkilot va muassasalardagi ish
haqi budjetning imkoniyatlaridan kelib chiqadi.
Islohotlar oila daromadi tarkibiga ta’sir etib, undagi ish haqi hissasini
pasaytirib yuboradi. Mazkur hodisaning ijobiy va salbiy tomoni mavjud. Ijobiysi
shuki, bozor daromadlari tez o'sgan sharoitda ish haqining oila uchun ahamiyati
kamaydi. Ilgarilari oila davlatga qaram bo'lganidan, davlatga nisbatan «bersang —
yeyman, ursang — o'laman” qabilida ish tutishgan. Endilikda kishilar erkin bo'lib,
o'zlari daromad topish imkoniga ega bo'ldilar. Ilgarilari davlat nima berar ekan deb
kutgan ishchi, xizmatchi va dehqonlarning aksariyat qismi tadbirkorlik yo'liga
o'tib, bozor daromadiga ega bo'ldilar.
Oilaning nobozor daromadlari — bu bozor qoidalariga bog'liq bo'lmagan,
ya’ni yollanib ishlash, kapital va mulkka aloqasi bo'lmagan daromaddir. Bu
daromad resurslarini samarali ishlatilishi bilan bog'liq emas,
aksincha mavjud
resurslar yaratgan daromadni qayta taqsimlab, uning bir qismini ayrim oilalarga
berish natijasida yuzaga keladi. U amalda budjetdan aholiga beriladigan transfert
to'lovlari bo'lib, tarkiban pensiya, nafaqa va stipendiyalardan iborat.
Oila o'zining hayotiy ehtiyojlarini qondirishi uchun moddiy mahsulot va
xizmatlarni xarid etishi talab qilinadi, binobarin u xarajat qilishi zarur. Oilalaming
xarajatlari yakka tartibda olib boriladi, chunki
ularda istiqomat qiluvchi
kishilarning didi, yoshi, kasbi, jinsi, jismoniy salohiyati, salomatligi farqlanadi va
bu oila talabini tabaqalashtiradi. Oila xarajatlari bir tomondan uning ehtiyojiga,
ikkinchi tomondan uning daromadiga bog'liq bo'ladi. Ehtiyoj ma’lum miqdordagi
mahsulotlar va xizmatlar oila uchun zarurligini anglatadi, ammo ularni xarid etish
uchun pul kerak bo'ladiki, uning miqdori daromadga borib taqaladi. Daromad
qanchalik ko'p bo'lsa, oilaning xarid qobiliyati shunchalik yuqori bo'ladi, ya’ni oila
sarf-xarajatlari ko'payadi.
Oilalar qanchalik farqlanmasin, baribir ular xarajatlarining umumiy jihati
borki, bu oiladagi kishilarning umuminsoniy ehtiyoji mavjudligidan kelib chiqadi.
Ovqatlanish, kiyinish, bilim olish, madaniy hordiq chiqarish, bolalarni tarbiyalash
xarajatlari turli oilalarda miqdoran farqlansa-da, hamma yerda zarur bo'ladi.
Oila xarajatlari uning tarkibiga ham bog'liq. Oilaning ko'p yoki kam bolali bo'lishi,
birinchidan, uningjon boshiga
daromadini farqlantirsa, ikkinchidan, uningjon
boshiga xarajatlari miqdorini va pulning nimaga sarflanishidagi tafovutni keltrib
chiqaradi, chunki bolalar soni oilaning kundalik ehtiyojini o'zgartirib yuboradi.
Ko'p bolali oilalarda ovqatlanish, kiyinish, bilim olish, transport va tomosha ko'rish
xarajatlari yuqori bo'ladi. Bolasi kam oilalarda bu xarajatlarning salmog'i oz
bo'ladi.
Oilaning xarajati uning madaniy saviyasiga ham bog'liq. Madaniyat yuqori
joyda oila ehtiyoji sog'lom va oqilona bo'ladi yoki aksincha. Oiladagi ko'pchilik
noo'rin sarflar uning iste’mol madaniyatining pastligi bilan izohlanadi.
Soliqlar va badal puli kabi to'lovlar oila daromadidan chegirilib, uning
xarajatlari
tarkibiga kiradi, biroq bu sarf oila ixtiyorida bo'lmaydi. Aksincha, daromadni
jamg'arish uchun sarflash oilaning ishidir.
Dostları ilə paylaş: