26. Temir yo‘l stansiyalarida harakat xavfsizligini ta’minlash Tayanch iboralar



Yüklə 199,4 Kb.
səhifə9/11
tarix27.12.2023
ölçüsü199,4 Kb.
#199396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
26-MA\'RUZA (3-semestr, TF)

Bir yo‘llik peregon yoki ikki va ko‘p yo‘llik peregonlarda bir yoki bir nechta asosiy yo‘llar poyezd dispetcheri tomonidan quyidagilarga asoslanib yopiladi:

  • rejada ko‘zda tutilgan yo‘l-ta’mir yoki qurilish ishlari, shuningdek, kontakt tarmog‘ida ta’mir ishlari bajarilganda, “O‘TY” AJ YaDM boshlig‘ining farmoyishi bilan;

  • yo‘lda to‘xtab qolgan poyezd mashinistidan olingan talab yoki yo‘lning, inshoot va qurilmalarning harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi kutilmagan nosozligi paydo bo‘lganda yo‘l, signalizatsiya va aloqa, elektr ta’minoti distansiyasi xodimlarining va boshqalarning talabiga ko‘ra.

Poyezd dispetcheri DU-58 jurnaliga qabul qilingan talabni kelib tushgan vaqti va kimdan kelib tushganini qayd etib boradi.
Barcha yozma talablar, xabarnomalar, telegrammalar va telefonogrammalar DU-58 jurnali bilan birga saqlanadi.
Peregon (yo‘lni) yopilishi to‘g‘risidagi buyruqni poyezd dispetcheri peregonni chegaralovchi stansiyalarga va peregonda mavjud yo‘l postlariga quyidagi (namunaviy) shakllardan biri bo‘yicha uzatadi:


________ ishlarni amalga oshirish maqsadida _________ peregonning _____yo‘li ____ soat ____ daqiqadan boshlab harakat uchun yopiladi, yopiq peregonga ishlar rahbari __________ (lavozim va familiyasi ko‘rsatiladi)ning buyurtmasiga binoan jo‘natiladigan № ______ xo‘jalik poyezdlari bundan mustasno.
____ km da to‘xtab qolgan №____ poyezdga yordam ko‘rsatish uchun _____ peregonning _____ yo‘li ____ soat _____daqiqadan boshlab barcha poyezdlar harakati uchun yopiladi, to‘xtab qolgan poyezdni chiqarish uchun __________ stansiyasidan jo‘natiladigan yordamchi lokomotiv bundan mustasno yoki to‘xtab qolgan poyezdni surib, so‘ng __________ stansiyasiga qaytadigan yordamchi lokomotiv bundan mustasno.
____ km da tiklash ishlarini bajarish uchun ________ peregonning ____ yo‘li _____ soat ____ daqiqadan boshlab barcha poyezdlar harakati uchun yopiladi, tiklash poyezdlari bundan mustasno.
Ikki va ko‘p yo‘llik peregonlarda yo‘llardan biri yopiq bo‘lganda, qolgan yo‘l bo‘ylab to‘g‘ri yo‘lda, ikki tomonlama avtoblokirovkada esa har ikkala yo‘nalishda jo‘natiladigan poyezdlar uchun mavjud signalizatsiya va aloqa vositalari saqlanib qolinadi. Qolgan yo‘l bo‘ylab poyezdlarni noto‘g‘ri yo‘nalishda (ikki tomonlama avtoblokirovka bo‘lmasa) jo‘natish zarurligida ushbu yo‘ldagi mavjud signalizatsiya va aloqa vositalari yopiladi hamda poyezdlar harakati telefon aloqa vositalari orqali quyidagi shakldagi buyruq uzatilib o‘rnatiladi:
_______ peregonning yo‘lida ____ soat ____ daqiqadan boshlab blokirovka ishi to‘xtatiladi va poyezdlar harakati telefon aloqasi orqali bir yo‘llik harakat qoidalariga asosan o‘rnatiladi.
Poyezdlar holatiga bog‘liq ravishda qolgan yo‘l bo‘ylab poyezdlar harakatini telefon aloqasi orqali o‘rnatish haqidagi buyruq yo‘l yopilishi to‘g‘risidagi buyruq bilan birlashtirilishi mumkin.
Yopilayotgan peregonni chegaralovchi stansiyalardan biri boshqa yo‘nalish poyezd dispetcheri tasarrufida bo‘lsa, yo‘lni yopish haqidagi buyruq shu poyezd dispetcheri bilan muvofiqlashtiriladi va unga nusxasi uzatiladi.
Peregon yoki alohida yo‘lni yopish to‘g‘risidagi buyruqni uzatishdan oldin poyezd dispetcheri peregonni chegaralovchi stansiyalar navbatchilarini shaxsan chaqirib, ularni peregon yopilayotganligi haqida ogohlantirishi, ishlar rahbarining familiyasi va lavozimini, qolayotgan yo‘l bo‘ylab poyezdlarning mo‘ljallanayotgan o‘tkazish tartibini va boshqa zarur ma’lumotlarni aytishi shart.
Peregon yoki yo‘l poyezd dispetcheri tomonidan paydo bo‘lgan to‘siqlar bartaraf etilgani, ishlar yakunlangani va peregon bo‘shatilgani haqida xabarnoma olinganidan so‘ng ochiladi.
Poyezd dispetcheri DU-58 jurnaliga olingan xabarnomaning kelib tushgan vaqti, yo‘llagan shaxsning lavozimi va familiyasini ko‘rsatib yozib quyiladi. Ishlar yakulanganligi va poyezdlar harakatlanishi mumkinligi haqidagi yozma xabarnoma yoki telefonogramma DU-58 jurnali bilan birga saqlanadi.
Peregon yoki yo‘lni ochilishi haqidagi buyruqni poyezd dispetcheri peregonni chegaralovchi stansiyalarga va peregonda mavjud yo‘l postlariga quyidagi shaklda uzatadi:
_____ sanadagi №____buyruq bekor qilinadi. Peregonning yo‘li bo‘ylab poyezdlar harakati ___ soat ___ daqiqadan boshlab (signalizatsiya va aloqa vositasi ko‘rsatiladi) orqali tiklanadi.
Har bir yo‘l bo‘ylab blokirovkali (jumladan, lokomotiv svetoforining ko‘rsatmalari bo‘yicha) ikki tomonlama harakat uchun qurilmalar bilan jihozlangan ikki yo‘llik peregonda poyezd dispetcheri regulirovka tartibida poyezdni noto‘g‘ri yo‘ldan jo‘natsa, ushbu yo‘l bo‘shligi tekshirilgandan so‘ng peregonni chegaralovchi stansiyalarga va peregonda mavjud yo‘l postlariga quyidaga shaklda buyruq beriladi:
____soat ____daqiqadan boshlabperegonning _____ yo‘li bo‘ylab ______ (juft yoki toqligi ko‘rsatiladi) poyezdlarning harakati to‘xtatiladi. № ___ poyezdni _______ stansiyasidan bir yo‘llik harakat qoidalari bo‘yicha jo‘nating.
Noto‘g‘ri yo‘l bo‘ylab yo‘lovchi poyezdini jo‘natish to‘g‘risida shunday buyruqni uzatishdan avval DU-58 jurnalida YaDM yo‘nalish bo‘yicha navbatchisining quyidagi buyrug‘i yoziladi:
“№ _____ poyezdni stansiyadan noto‘g‘ri yo‘l bo‘ylab jo‘nating.
Noto‘g‘ri yo‘l bo‘ylab birin-ketin ikkita yoki undan ko‘p poyezd o‘tkazilganda buyruq matni shunga muvofiq o‘zgartiriladi. Peregonda yo‘l postlari mavjud bo‘lsa, zarur holatda ulardan noto‘g‘ri yo‘l bo‘ylab bir yo‘nalishda harakatlanayotgan poyezdlarni chegaralash uchun foydalanish mumkin, bu ham poyezd dispetcherining buyrug‘ida ko‘rsatiladi.
Noto‘g‘ri yo‘ldan poyezdni o‘tkazish haqidagi buyruqni olganidan so‘ng stansiyalar navbatchilari dispetcherning nazorati ostida quyidagishakllardagi telefonogrammalar bilan almashadilar:
“№___ poyezdni ____ noto‘g‘ri yo‘ldan jo‘natishim mumkinmi? DSP (imzo)”.
___ noto‘g‘ri yo‘ldan №____ poyezdni kutyapman. DSP (imzo)”.
Poyezd jo‘natilganligi va etib kelganligi to‘g‘risida quyidagi shakllardagi telefonogrammalar bilan almashadilar:
___ poyezd ___noto‘g‘ri yo‘ldansoat __ daqiqa __ da jo‘nab ketdi. DSP (imzo)”.
___ poyezd ___noto‘g‘ri yo‘ldansoat __ daqiqa __ da etib keldi. DSP (imzo)”.
Noto‘g‘ri yo‘ldan jo‘natilgan stansiyaga qaytadigan poyezd jo‘natilganda quyidagi shakllardagi telefonogrammalar bilan almashadilar:
___ km dan ortiga qaytadigan №___ poyezdni ____ noto‘g‘ri yo‘ldan jo‘natishim mumkinmi? DSP (imzo)”.
___ km dan ortiga qaytadigan №____ poyezdni ___ noto‘g‘ri yo‘ldan jo‘natishingiz mumkin. DSP (imzo)”.
Yuqoridagi barcha holatlar uchun mashinistga beriladigan yo‘l xati (qog‘ozi) (DU-50 blankasi)ning yuqorisida “Noto‘g‘ri yo‘ldan” belgisi qo‘yiladi.
Yo‘l postlari navbatchilari (bir yo‘llik peregonlarda ikki yo‘llik tutashma postlar va uzel oldi postlar bundan mustasno) noto‘g‘ri yo‘l bo‘ylab poyezdlar harakati to‘g‘risidagi so‘zlashuvlarda ishtirok etmaydilar, ammo poyezdning jo‘natilganligi haqida telefon orqali xabardor qiladilar va uning o‘tish vaqtini poyezdlar harakati jurnali (DU-2 yoki DU-3)da qayd etadilar. Yo‘l postlarida chegaralash usuli bilan noto‘g‘ri yo‘ldan birin-ketin bir nechta poyezd jo‘natilganda ushbu postlarning navbatchilari qo‘shni stansiyalarga poyezdlar o‘tgani haqida quyidagi shaklda xabar beradilar:
“№____ poyezd noto‘g‘ri yo‘l bo‘ylab __ soat__ daqiqada o‘tdi. Post DSP si ______ “.
Olib qo‘yiladigan harakat birliklarini bir tomonlama to‘siq qo‘llanadigan, bir tomonlama blokirovkalik ikki yo‘llik elektrlashtirilgan uchastkalarda regulirovka tartibida noto‘g‘ri yo‘ldan poyezd jo‘natilishini poyezd dispetcheri oldinroq energodispetcher bilan kelishishi shart. Bunday uchastkalarning ro‘yxati “O‘TY” AJ raisi tomonidan belgilanadi.
Ikki tomonlama blokirovka bilan, shuningdek, lokomotiv svetoforlari signallariga asosan noto‘g‘ri yo‘ldan poyezdlarning harakatini ta’minlaydigan qurilmalar bilan jihozlangan ikki yo‘llik peregonlarda poyezdlar noto‘g‘ri yo‘ldan poyezd dispetcherining og‘zaki ko‘rsatmasi va blokirovka tegishli yo‘nalishga o‘tkazilgandan so‘ng jo‘natiladi.
Faqat to‘g‘ri yo‘l bo‘ylab harakatlanayotgan poyezdlar uchun avtomatik qurilmalari bo‘lgan pereezdlar, shuningdek, tutuvchi berk yo‘llarga ega bo‘lgan peregonlarning ro‘yxati “O‘TY” AJ raisi tomonidan belgilanadi, bunda ushbu peregonlarga poyezdlar noto‘g‘ri yo‘ldan jo‘natilganda harakat xavfsizligini ta’minlash uchun ko‘riladigan zarur choralar ham ko‘rsatiladi. Ushbu buyruqda har bir jo‘natilgan poyezd to‘g‘risida pereezd navbatchilarini xabardor qilish tartibi ko‘zda tutilishi lozim. Poyezd lokomotivlari, maxsus o‘zi yurar harakat tarkibining mashinistlari va boshqa aloqador xodimlar buyruq bilan tanishtirilishlari kerak.
Regulirovka tartibida noto‘g‘ri yo‘ldan jo‘natilayotgan poyezd mashinistlari bir tomonlama avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan pereezdlardan: bitta navbatchi xodim xizmat ko‘rsatadiganlaridan – 40 km/soat dan ortiq bo‘lmagan, navbatchi xodim xizmat ko‘rsatmaydiganlaridan esa – 25 km/soat dan ortiq bo‘lmagan tezlikda o‘tishlari shart. Pereezddan etakchi lokomotiv o‘tganidan keyin, mashinist harakat tezligini ushbu peregon uchun belgilangan miqdorgacha oshirish xuquqiga ega.
Poyezd noto‘g‘ri yo‘ldan etib kelganligi haqida stansiyadan xabar olingandan so‘ng poyezd dispetcheri peregondagi normal harakatni quyidagi shakldagi buyruqni uzatib qayta tiklaydi:
____ sanadagi № ___ buyruq bekor qilinadi. Peregonning _____ yo‘li bo‘ylab __ soat __ daqiqadan boshlab ______ (juft yoki toqligi ko‘rsatiladi) poyezdlar harakati _________ (signalizatsiya va aloqa vositasi ko‘rsatiladi) orqali tiklanadi”.
Harakat grafigida ko‘zda tutilmagan ravishda (odamlarni tushirish va chiqarish, yuklarni ortish va tushirish uchun) peregonda to‘xtaydigan poyezdni stansiyadan jo‘natish zarurligida, ushbu poyezd qo‘shni stansiyaga boradigan yoki jo‘natilgan stansiyasiga qaytadigan bo‘lsa, poyezd holatidan kelib chiqib poyezd dispetcheri peregonni chegaralovchi stansiyalarga poyezdning jo‘nash va peregonni egallash vaqtini ko‘rsatib, ruxsat beradi.
Bunday poyezdlar jo‘natilganda lokomotiv mashinistlariga, shuningdek, odamlarni chiqarish va tushirish, yuklarni ortish va tushirishga rahbarlik qilayotgan xodimlarga tegishli ogohlantirishlar taqdim etiladi. Peregonda to‘xtagandan so‘ng ushbu poyezdlarning mashinistlari harakatni yuqorida ko‘rsatilgan xodimlarning signallariga asosan davom ettiradilar.
Poyezd dispetcheri yoki uning ko‘rsatmasiga binoan stansiyalar navbatchilari, peregonga keyingi yo‘ldosh poyezdlar jo‘natilganda, bu poyezdlar mashinistlarini radio aloqa orqali poyezdning grafikda belgilanmagan to‘xtash joyi haqida kilometr va piketni ko‘rsatib xabarlashadilar.
Yopilgan peregonlar (yo‘llar)ga xo‘jalik poyezdlari, maxsus o‘zi yurar harakat tarkibi jo‘natilgan holatlarda poyezdlar harakati jurnalida poyezd raqamining to‘g‘risida (“Izohlar” ustunida) tegishli belgi qo‘yiladi. Bundan tashqari buyruqning raqami va uni mashinistga uzatilgan vaqti, shuningdek, svetofor literlari (yoki chiqish svetofori bo‘lmasa, jo‘natilgan yo‘lning raqami) ko‘rsatiladi. Masalan: “PR № 1 1200 Ch2 (yoki № 2 yo‘l)”. Poyezdlar harakati jurnalida buyruq matni yozilishi talab etilmaydi.
Poyezdlar harakatida u yoki bu peregon (yo‘lda) signalizatsiya va aloqa vositalarining nosozligi to‘g‘risida xabar olgan poyezd dispetcheri uni DU-58 jurnaliga yozib qo‘yadi va stansiyalar navbatchilari orqali peregon (yo‘l)ning bo‘shligini tekshirib, harakatni telefon aloqa vositalari orqali o‘rnatilishi to‘g‘risida quyidagi shaklda buyruq beradi:
Peregonda (yoki peregonning ________ yo‘lida) _______ aloqa vositalarining nosozligi tufayli __ soat __ daqiqadan boshlab poyezdlar harakati _______ (bir yoki ikki yo‘llik) harakat qoidalariga binoan telefon aloqa vositalariga o‘tkaziladi, peregon poyezdlardan bo‘sh. DNTS ______ imzo”.
Peregonda yo‘l postlari mavjud bo‘lganda poyezd dispetcherining aloqaning bir turidan ikkinchisiga o‘tilishi haqidagi buyrug‘i postlar navbatchilariga ham uzatiladi, bunda sharoitdan kelib chiqib aloqaning boshqa turiga butun stansiyalararo peregonda yoki har bir bo‘sh postlararo peregonda alohida o‘tilishi mumkin.
Signalizatsiya va aloqa vositalarining faoliyati tiklanganligi to‘g‘risida xabarnoma olgan poyezd dispetcheri uni DU-58 jurnaliga yozib qo‘yadi va stansiyalar navbatchilari orqali peregon (yo‘l)ning bo‘shligiga ishonch hosil qilganidan so‘ngperegonni chegaralovchi stansiyalarga quyidagi shaklda buyruq beradi:
“№___ buyruq bekor qilinadi. ___ soat ___ daqiqadan boshlab ______ peregonda (peregonning _____ yo‘lida) poyezdlar harakati ___________ (signalizatsiya va aloqa vositasi ko‘rsatiladi) orqali tiklanadi”.
Ko‘rsatilgan vaqtdan boshlab stansiyalar poyezd dispetcherining buyrug‘ida ko‘zda tutilgan aloqa turiga o‘tadilar.
Bir yo‘nalishda harakatlanish uchun avtoblokirovka bilan jihozlangan ikki yo‘llik peregonlarda avtoblokirovka faoliyatini tiklash haqidagi buyruq peregon to‘g‘ri yo‘nalishda jo‘natilgan poyezdlardan bo‘shatilmasdan berilishi mumkin.
To‘liq sutka davomida ishlamaydigan alohida punktlar yoki yordamchi postlarni ochilishi yoki yopilishi “O‘TY” AJ “Tashishni tashkil etish” boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan tartibga binoan amalga oshiriladi va peregonni chegaralovchi stansiyalarga uzatiladigan poyezd dispetcherining quyidagi shakldagi buyrug‘i bilan rasmiylashgiriladi:
____ km da post faoliyati ___ soat ___ daqiqadan boshlab ochiladi (yopiladi).
Elektr tyagali uchastkalarda poyezd dispetcheri energo-dispetcher bilan hamkorlikda ish yuritishi va elektr ta’minoti qurilmalarini normal ishini ta’minlash choralarini ko‘rishi lozim.
Kontakt tarmog‘i shikastlanganda, tyaga podstansiyalari o‘chirilganda yoki ularning quvvati kamayganida energodispetcher bilan birgalikda poyezdlarni uchastkalardan o‘tkazishni eng maqbul tartibini belgilash lozim.
Sovuq ob-havo sharoitida kontakt tarmog‘ida xosil bo‘lgan muzni energodispetcherning buyurtmasi bo‘yicha yuqori kuchlanishli tok bilan eritish uchun poyezd dispetcheri harakat grafigida “okno”lar taqdim etadi.
Poyezd dispetcherlik aloqasining nosozligida poyezdlar harakati poyezd dispetcherining ishtirokisiz amalga oshiriladi. Poyezdlar harakati to‘g‘risida aloqa bevosita stansiyalar navbatchilari o‘rtasida amalga oshiriladi.
Poyezd dispetcherlik aloqasining nosozligida poyezd dispetcheri va stansiya navbatchilari DU-58 jurnaliga tegishli yozuvlarni kiritadilar.
Poyezd dispetcherlik aloqasi tiklanganini poyezd dispetcheri qo‘l ostidagi barcha stansiyalarga umumiyssirkulyar buyruq bilan ma’lum qiladi.
“Tashishni tashkil etish boshqarmasi” xodimlarining lavozimi shtatlar jadvalida belgilanmagan kam faoliyatli uchastkalarda poyezd dispetcherlarining ish tartibi “O‘TY” AJ raisi tomonidan belgilanadi.

Yüklə 199,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin