Manyovr dispetcheri (4.4-rasm) – bu texnik stansiyada manyovr ishlarini bajarishga ma’sul xodim xisoblanadi va uning lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
stansiyada manyovr ishlarini tashkil etish va rejalashtirish;
mahalliy vagonlarni yuk ortish-tushirish manzillariga (shaxobcha yo‘llari, stansiya yuk xovlilari) o‘z vaqtida uzatilishini ta’minlash;
tarkiblarni jo‘natishga tayyorlash.
4.4-rasm. Manyovr dispetcherining ish jarayoni
DSTS shuningdek, manyovr jarayonida ishtirok etuvchi stansiya xodimlarini (manyovr lokomotivlari mashinistlari, poyezd tuzuvchilari, vagonlar harakat tezligini muvofiqlashtiruvchilar) boshqaradi. Umuman olganda yo‘nalishlar bo‘yicha vagonlarni saralash va poyezdlarni tuzish ishlari DSTS tomonidan boshqariladi.
DSTS tomonidan tuzulgan poyezdlar DSP tomonidan stansiyadan jo‘natiladi. Agar poyezd tranzit bo‘lsa, DSTS ushbu poyezdni qabul qilish yoki o‘tkazib yuborish uchun bo‘sh yo‘l mavjudligini ta’minlaydi.
4.1.5. Vagon tezligini muvofiqlashtiruvchilar va poyezd tuzuvchilar ishida harakat xavfsizligi Vagonlar harakat tezligini muvofiqlashtiruvchisi (VHTM) (4.5-rasm) – bu saralash tepaligida yoki tortuv yo‘lida vagonlar yoki vagonlar guruhini (uzilmalar) tarqatish jarayonida ularning tezligini tormoz boshmoqlari yoki maxsus qurilmalar yordamida nazorat qiluvchi mutaxassis hisoblanadi.
4.5-rasm. Vagonlar harakat tezligini muvofiqlashtiruvchisining ish jarayoni
saralash tepaligida yoki tortuv yo‘lida vagonlar yoki vagonlar guruhini tarqatish jarayonida ularning tezligini tormoz boshmoqlari yoki maxsus qurilmalar yordamida nazorat qilish;
saralash parki yo‘llari sig‘imidan to‘liq foydalanishni ta’minlash;
vagonlarni tarqatish tugallangandan so‘ng saralash parki yo‘llarida vagonlarning joylashuvini tekshirish;
saralash qurilmalari tomonidan tormoz boshmoqlari bilan xavfli yuklar ortilgan vagonlarni va saralash parki yo‘llarini to‘sish;
tarkibni tarqatish tugallangandan so‘ng tormoz boshmoqlarini yig‘ish va tormoz pozitsiyalariga joylashtirish;
saralash parki yo‘llarida vagonlarni olib o‘tish, surish va zichlashda ishtirok etish;
yo‘llarda turgan vagonlarni tormoz boshmoqlari bilan mahkamlash va ularni olib qo‘yish;
qat’iy hisobga olinadigan qo‘l ostidagi qurilmalar sozligini va tormoz boshmoqlari sonini saqlanishini ta’minlash;
boshmoqlarni yig‘ish qurilmalari holatini tekshirish va nosoz tormoz boshmoqlarini o‘z vaqtida almashtirish.