27 yoshida «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» nomli birinchi yirik asarini yozib tamomlagan



Yüklə 17,26 Kb.
tarix14.09.2022
ölçüsü17,26 Kb.
#63642
Beruniy


Jorj Sarton «Ilm muqaddimasi» nomli kitobida: «Аbu Rayhon Beruniy Islomdagi buyuk olimlarning eng kattasi va dunyo olimlari orasidagi eng ulugʼi boʼlgan kishidir», dedi.
«Men bolalik chogʼimdanoq oʼz yoshim va sharoitimga qarab, imkoni boricha koʼproq bilim olishga intildim. Biz turadigan joyga bir yunon koʼchib kelgan edi. Men har xil donlar, urugʼlar, mevalar va hokazolarni olib borib, unga koʼrsatar, bu narsalar uning tilida qanday atalishini soʼrab, nomini yozib qoʼyar edim», deb yozgan edi Beruniy.
O’rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy — 973-yil 4-sentyabr kuni Xorazmning qadimiy poytaxti Kat shahrida dunyoga kelgan. Beruniy tarix, geografiya, filologiya, astronomiya, matematika, geodeziya, mineralogiya, farmakologiya, geologiya va boshqa ko‘plab fanlarga oid qomusiy asarlar muallifi. U O‘rta Sharqda ilk bora Yer Quyosh atrofida aylanishi mumkinligini aytib, Yerning aylana o‘lchamini aniqlagan. Tabiat hodisalarini tekshiruvchi olim o‘rnida u raqamlar tushunchasi kengayishi, kubik tenglamalar nazariyasi, sferik trigonometriyaga o‘z hissasini qo‘shgan, trigonometrik jadvalini tuzgan. Beruniy oltitadan ko‘p tilni, shu jumladan fors, xorazmiy, yahudiy, arab, yunon, sanskrit va yana boshqa tillarini bilgan. U arab va fors tillarida ravon so‘zlasha olgan. Bir tildan boshqasiga tarjima qilishning tabiiy-ilmiy terminologiya qoidalarini ishlab chiqqan. Al Beruniy tomonidan arab grafikasi asosida yaratilgan transkripsiya tizimi ko‘p jihatdan hind tilidagi so‘zlarni urdu tiliga o‘girish bo‘yicha zamonaviy tizimidan ilgarilagan.
18 yoshida Beruniy Xorazm observatoriyasida mustaqil kuzatish ishlari bilan shug’ullana boshlagan. 22 yoshida Bushkotirda kuzatishlar o`tkazib, dastlabki asarlarini xuddi shu yerda yozgan.
27 yoshida «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» nomli birinchi yirik asarini yozib tamomlagan.
Hindlarning tarixi, fani, tili hamda madaniyatini o`rganib, o`zining mashhur «Hindiston» kitobini yozgan. Mutaxassislarning fikricha, ushbu asar Hind fani va madaniyatiga qo`yilgan haykal bo`lib, mamlakatning haqiqiy ensiklopediyasi hisoblanadi.
Alloma asarlarining 70 tasi astronomiya, 20 tasi matematika, 12 tasi geografiya va geodeziya, 3 tasi maʼdanshunoslik, 4 tasi xaritagrafiya, 3 tasi iqlimshunoslik, biri fizika, biri dorishunoslik, 15 tasi tarix va elshunoslik, 4 tasi falsafa,18 tasi adabiyot va boshqa fanlarga oiddir.
Beruniy birinchilardan boʼlib, Аristotelning fan sohasidagi xizmatiga yuksak baho berish bilan birga tanqidiy fikrlar ham bildirgan. Beruniy Аristotelning «tabiiy joy», «dunyoning yagonaligi», «og’irlik va yengillik» kabi tushunchalarini tanqid qiladi. Аristotelning «ogʼir» va «yengil» degan tushunchasidan farqli ravishda Ibn Sinoga yozgan «Eʼtirozlar»ida hamma narsalarning yer markazi tomon tortilishi haqidagi fikrni olgʼa suradi. Bu, tortilish kuchi haqidagi nazariyani ishlab chiqish yoʼlida qoʼyilgan muhim qadam edi. Beruniy Yerning shar shaklida ekanini ilmiy dalillar bilan isbotlab bergan edi.
Yerning shar shaklida ekanligidan kelib chiqib, Beruniy Amerikani kashf etgan Xristofor Kolumbdan 450 yilcha oldin Atlantika okeanining narigi tomonida quruqlik borligini yozib qoldirgan.
Beruniy oʼz asarlari roʼyxatini tuzgandan keyin yana ikkita muhim kitobini yozgan. Bulardan biri “Mineralogiya”dir. Bu risola oʼz zamonasi uchun Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq, hatto Yevropada ham mineralogiya sohasida eng yaxshi, tengi yoʼq asar hisoblanadi. Beruniyning oxirgi asari – “Dorivor oʼsimliklar haqida kitob”ining qoʼlyozmasi XX asrning 30–yillarida Turkiyada topildi. Аsar “Saydana” nomi bilan mashhur, unda Beruniy Sharq, ayniqsa, Markaziy Osiyoda oʼsadigan dorivor oʼsimliklarning toʼla tavsifini beradi.
Shuningdek, “Аstrologiyaga kirish”, “Аstronomiya kaliti”, “Ikki xil harakatning zarurligi haqida”, “Koʼpaytirish asoslari”, “Ptolemey “Аlmagesti”ning sanskritchaga tarjimasi”, “Foydali savollar va toʼgʼri javoblar”, “Fargʼoniy “Elementlar”iga tuzatishlar”, “Turklar tomonidan ehtiyotkorlik”, “Ibn Sino bilan yozishmalar” kabi kitoblari mavjud.
Amerikalik tarixchi J.Sarton shunday yozadi: “Astronomiya va matematika, astrologiya va jo‘g‘rofiya, antropologiya va etnografiya, arxeologiya va falsafa, botanika va minerologiya uning buyuk nomisiz qashshoqlashib qolgan bo‘lardi”
Mashhur olim Krachkovskiy Beruniy ilmiy merosiga yuksak baho berib: «Uning qiziqqan ilm sohalaridan ko‘ra, qiziqmagan ilm sohalarini sanab o‘tish osonroqdir», degan
Rus olimi V.V.Bartold buyuk olim haqida bunday degan: “Beruniy shunday serqirra olimki, o’z davrida mavjud bo’lgan ilm sohalaridan shug’ullanmagani uning shug’ullanganidan kamdir. Uning yozgan asarlari shunchalik ko’p va serqirraki bunga bir odamning umri kifoya qilganiga kishi hayron qoladi”
Nemis sharqshunosi Eduard Zaxau esa: «Аlbatta u shaxs tarix tan olgan eng aqlli insondir. U olimning ismi Аbu Rayhon Muhammad ibn Аhmad Beruniydir» deya taʼriflagan.
Yüklə 17,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin