206
Mulkchilik huquqi korxonaga tegishli nomoddiy aktivlarning mavjudligi va
harakati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga
oshiriladi:
0410 "Patentlar, litsenziyalar va nou-xau";
0420 "Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari";
0430 "Dasturiy ta’minot";
0440 "Er va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlari";
0450 "Tashkiliy xarajatlar";
0460 "Franchayz";
0470 "Mualliflik huquqlari";
0480 "Gudvill";
0490 "Boshqa nomoddiy aktivlar".
Aktivlarni buxgalteriya hisobiga nomoddiy aktivlar sifatida qabul qilishda bir
vaqtning o’zida quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
a) moddiy-ashyoviy tuzilish (shakl)ga ega bo’lmasligi;
b)aktivlardan maіsulot ishlab chiqarishda, ishlar bajarish yoki xizmatlar
ko’rsatishda yoxud korxonaning ma’muriy va boshqa funktsiyalari uchun uzoq
muddat, ya’ni davomiyligi 12 oydan yuqori foydali xizmat muddati yoki agar u 12
oydan oshadigan bo’lsa, oddiy operatsion tashqi mobaynida foydalanish. Bunda
aktivning qiymati bir birlik (komplekt) uchun O’zbekiston Respublikasida
belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam ish іaqi miqdorining kamida ellik
baravarini tashkil qiladi. Korxona raіbari nomoddiy aktivlar tarkibida hisobga olish
maqsadida hisobot davri uchun aktivlar qiymatining kamroq chegarasini
belgilashga haqli;
O’zR AV 14.02.2009 y. 1485-1-son bilan ro’yxatga olingan
O’zR MV Buyrug’i
Nomoddiy aktiv identifikatsiyalanadigan bo’lib hisoblanadi, agarda u
quyidagi mezonlardan biriga muvofiq kelsa:
O’zR AV 14.02.2009 y. 1485-1-son
bilan ro’yxatga olingan O’zR MV Buyrug’i
a) ajraladigan bo’lsa, ya’ni uni korxonadan ajratib bo’lsa hamda sotish, berib
yuborish, ijaraga berish, alohida yoki ular bilan bog’liq aktiv, kontrakt yoki
majburiyat bilan birga ayirboshlash (gudvilldan tashqari) mumkin bo’lsa.
Agar EІM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning
(shu jumladan o’rnatilmagan) tarkibiy qismi hisoblansa, u moddiy aktiv
ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vosita bilan birga qaraladi. Agar EІM uchun
dasturlar va ma’lumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning tarkibiy qismi
hisoblanmasa va mutlaq huquq korxonaga tegishli bo’lsa, u nomoddiy aktiv
hisoblanadi;
b) ushbu huquqlar beriladigan yoki korxonadan yoxud boshqa huquq va
majburiyatlardan ajraladigan bo’lishidan qat’i nazar, shartnomaviy va boshqa
yuridik huquqlardan paydo bo’ladi
Ob’ektlarni nomoddiy aktivlarga kiritish tartibi va ularning tarkibi
qonunchilik asosida hamda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
1998 yil 12 oktyabrda 49-son bilan tasdiqlangan (7-BHMS) "Nomoddiy aktivlar"
Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20.10.1998 y. 506-sonli ro’y.,
207
"O’zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralari me’yoriy
hujjatlar axborotnomasi", 1999 y., 6-son) asosida tartibga solinadi.
Nomoddiy aktivlar quyidagi ob’ektlar uchun aniqlanadigan boshlang’ich
bahoda nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarda hisobga olinadi:
a) ta’sischilar tomonidan korxonaning ustav kapitaliga ulush hisobidan
kiritilgani - tomonlarning kelishuvi bo’yicha;
b) to’lov asosida boshqa korxona va shaxslardan xarid qilingan ushbu
ob’ektlarni xarid qilish va tayyor holatga keltirish bo’yicha amalga oshirilgan -
haqiqiy xarajatlar bo’yicha;
v) boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan ob’ektlar - kirim qilish
sanasidagi bozor bahosida yoki qabul qilish-topshirish hujjatlarida ko’rsatilgan
qiymat bo’yicha;
g) korxonaning o’zi tomonidan yaratilgan yoki korxonaning o’zida ilmiy -
tadqiqot ishlari natijasida olingan ob’ektlar - haqiqiy tannarxi bo’yicha.
Ta’sischilar tomonidan korxonaning ustav kapitaliga ularning ulushlari
hisobiga kiritilgan nomoddiy aktivlarni kirim qilish (0400) nomoddiy aktivlarni
hisobga oluvchi schyotlarning debetida va 4610 "Ustav kapitaliga ta’sischilarning
ulushlari bo’yicha qarzi" schyotining kreditida aks ettiriladi.
Boshqa korxona va shaxslardan xarid qilingan nomoddiy aktivlar, nomoddiy
aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debeti, 0830 "Nomoddiy aktivlarni xarid
qilish" schyotining kreditiga kirim qilinadi.Boshqa korxona va shaxslardan tekinga
olingan nomoddiy aktivlarning kirim qilinishi nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi
schyotlarning debetida, 8530 "Tekinga olingan mulk" schyoti bilan bog’langan
holda aks ettiriladi.
Agar nomoddiy aktiv korxonaning o’zi tomonidan yaratilsa va uni yaratish
xarajatlarining aniq summasini aniqlash imkoni mavjud bo’lsa, u holda nomoddiy
aktiv haqiqiy tannarxi bo’yicha aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlarning haqiqiy
tannarxini aniqlash imkoniyati mavjud bo’lmagan holda ushbu xarajatlar ilmiy-
tadqiqot ishlari (ITI) yoki ilmiy-tadqiqot, sinov konstruktorlik ishlari (ITSKI)
xarajatlari sifatida aks ettiriladi.
"Gudvill (firma bahosi)"ning buxgalteriya hisobi O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 12-oktyabrda 49-son bilan tasdiqlangan (7-
BHMS) "Nomoddiy aktivlar" Buxgalteriya hisobining milliy standartiga
(20.10.1998 y. 506-sonli ro’y., "O’zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat
qo’mitalari va idoralari me’yoriy hujjatlar axborotnomasi", 1999 y., 6-son)
muvofiq amalga oshiriladi.
Nomoddiy aktivlar chiqib ketganda (sotilganda, tekinga berilganda va
boshqalarda) ularning boshlang’ich qiymati nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi
tegishli schyotlarning (0400) kreditidan 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi"
schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
208
Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400)ning bog’lanishi
Dostları ilə paylaş: |