182
Hisobotning 3 va 6 ustunlarida korxona balansida hisobga olingan barcha
asosiy vositalarning qiymati aks ettiriladi.
4 ustunda hisobot davrida, qo’shimcha baxolash qiymati ham qo’shilgan
xolda quyidagi manbalardan korxona tasarrufiga o’tgan asosiy vositalar aks
ettiriladi:
- pulga sotib olish yoki yangidan qurish;
- aylanma mablag’’lardan asosiy vositaga o’tkazilishi;
- boshqa korxona va tashkilotlardan bepul olinishi;
- inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan asosiy vositalari kirimi;
- lizing muomalalari bo’yicha uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar.
5 ustunda qaytadan baxolash natijasida narxini pasaytirish ham qo’shilgan xrlda
quyidagi sabablarga ko’ra ho’jalik tasarrufidagi asosiy vositalar tarkibidan
chiqarilgan obhektlar qiymati aks ettiriladi:
- pulga sotilgan keraksiz va ortiqcha asosiy vositalar;
- asosiy vositalar tarkibidan aylanma mablag’’larga o’tkazilgan obhektlar;
-
boshqa korxona va tashkilotlarga bepul berilgan obhektlar;
- eskirishi natijasida obhektlarning hisobdan chiqarilishi;
- tabiiy ofatlar, avariya natijasida va boshqa sabablarga ko’ra obhektlarning
hisobdan chiqarilishi.
7
va 10 ustunlarda asosiy vositalarning turlari bo’yicha hisobot davri
boshiga va oxiriga yig’ilgan amortizatsiya (eskirish) summasi aks ettiriladi.
8
ustunda asosiy vositalarni qo’shimcha baxolash natijasida qo’shimcha
hisoblangan amortnzatsiya summasi ham qo’shilgan holda hisobot davrida
barcha
asosiy vositalari bo’yicha hisoblangan amortizatsiya (eskirish) summasi aks
ettiriladi.
9
ustunda tugatilgan, sotilgan va boshqa yo’llar bilan ho’jalik tasarrufidan chiqib
ketgan asosiy vositalar eskirishi ko’rsatiladi.
11
ustunda asosiy vositalarning yil boshiga qolgan sof qoldiq qiymati aks
ettiriladi. Bu summa 3 ustun bilan 7 ustunlari summalari farqidan iborat.
12
ustunda asosiy vositalarning hisobot davri oxiriga qolgan sof qoldiq qiymati
aks ettiriladi. Bu summa 6 ustun bilan 10 ustun summalari
farqidan iborat.
Asosiy vositalarning jami summasidan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish
yo’nalishidagilarning xarakati alohida ajratib ko’rsatiladi.
Ishlab chiqarish yo’nalishidagi asosiy vositalar tarkibiga sanoat, qurilish,
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi, savdo va umumiy ovqatlanish, qishloq ho’jalik
mahsulotlarini va boshqa moddiy ishlab chiqarish faoliyati soxasiga tegishli
vositalar kiradi.
Noishlab chiqarish yo’nalishidagi asosiy vositalar tarkibiga kommunal
ho’jalik, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya, maorif, madaniyat va shunga
o’xshaganlarda foydalaniladigan vositalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: