28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


Bilvosita (egri) xarajatlar -



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/185
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199089
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   185
28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari

Bilvosita (egri) xarajatlar - 
bir vaqtning o’zida bir necha mahsulotni
ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan va aniq mahsulotning tannarxiga
bevosita yozib bo’lmaydigan xarajatlarga aytiladi. 
Bu xarajatlar hisobot davri (oy) mobaynida yig’ib taqsimlovchi 
schyotlarda hisobga olib boriladi., so’ngra oyning oxirida ayrim mahsulot
yoki ob’ektning tannarxiga dastlab qabul qilingan shartli belgiga mutanosib 
ravishda taqsimlanadi. 
Lekin bilvosita (egri) xarajatlarni mahsulotlar o’rtasida taqsimlash 
ko’pincha mahsulot tannarxini aniq va to’g’ri hisoblab topishni 


58 
qiyinlashtiradi. SHuning uchun ishlab chiqarish xarajatlari hisobini va 
tannarxini kalqo’lyatsiyalashni tashkil etishda iloji boricha bevosita (to’g’ri) 
xarajatlarning salmog’ini oshirib, bilvosita (egri) xarajatlar hissasini 
qisqartirish choralarini ko’rish lozim. Baozi bir xarajatlar ishlab 
chiqarilaetgan mahsulot miqdorining ko’payishi yoki kamayishiga qarab 
ko’payishi yoki kamayishi mumkin. Bunday 
xarajatlar 
o’zgaruvchan 
xarajatlar deb aytiladi. Ularga xom ashyo, materiallar, texnologik 
maqsadlarga sarflanadigan yoqilg’i va elektr energiyasi, ishchilarning ish 
haqi, asbob uskunalarni saqlash va ularni ishlatish xarajatlari kiradi. Ba’zi 
bir xarajatlarning summasiga mahsulot miqdorining o’zgarishi deyarli taosir 
qilmaydi. Bunday xarajatlar shartli o’zgarmaydigan xarajatlar deb ataladi. 
Bularga umumishlab chiqarish xarajatlari kiradi. 
Ishlab chiqarish xarajatlari barcha xo’jalik sub’ektlari uchun 
qo’llanilishi majburiy bo’lgan quyidagi elementlar bo’yicha guruhlanadi. Bu 
elementlar Vazirlar mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan va amalga 
kiritlgan “Mahsulot (ish va xizmatlar) ni ishlab chiqarish, mahsulot (ish va 
xizmatlar) tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni 
shakllantirish tartibi to’g’risida” gi Nizomga muvofiq quyidagicha 
keltirilgan:
1. Moddiy xarajatlar. 
2. Mehnatga xarajatlari. 
3. Ijtimoiy sug’urta ajratmalari. 
4. Asosiy fondlar eskirishi. 
5. Boshqa xarajatlar. 
Elementli xarajatlar bir turdagi xarajatlardan iborat bo’ladi. Masalan: 
xom -ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya, ish haqi, amartizatsiya, ijtimoiy 
sugurtaga ajratmalar va shu kabilar. 
Kompleks xarajatlar bir nechta turdan iborat bo’lib, ularga 
umumishlab chiqarish xarajatlari va shu kabilar kiradi. 
Ishlab chiqarishdagi xarajatlarga korxonaning tovar mahsulotini ishlab 
chiqarishi bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlari kirib, ular tayyorlangan
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiladi. 
Ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlarga mahsulotni xaridorga sotish 
bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar, ya’ni mahsulotni ortish, jo’natish va boshqa 
sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar xamda transport xarajatlari ( agar u 
xaridor hisobiga qoplanmasa) kiradi. 
Mahsulot tannarxini kalpqo’lyatsiya qilish maqsadida korxona 
xarajatlari mahsulot turlari, buyurtmalar, tsexlar va ishlab chiqarish 
bo’limlari xamda kalqo’lyatsiya moddalari bo’yicha guruxlanadi. 
Xarajatlarni bunday umumlashtirish ishlab chiqarish xarajatlarining yig’ma 
hisobi deb ataladi. Mahsulotning haqiqiy tannarxini to’g’ri aniqlashda bu
yig’ma hisobni korxonadagi ishlab chiqarishning xususiyatlarini hisobga 
olgan holda tashkil qilish muhim axamiyatga ega.
Ishlab chiqarishga xizmat qilish va boshqarish xarajatlarini guruxlab 
tartibga solish, xamda ularni ayrim mahsulotlar o’rtasida taqsimlash uchun 


59 
yig’ib taqsimlovchi “Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyoti xizmat 
qiladi.
Xarajatlar to’g’risidagi Nizomga muvofiq xo’jalik sub’ektlarini 
boshqarish va xizmat ko’rsatish xarajatlari “Davr xarajatlari” schyotidagi 
to’rtta schyotlar asosida yuritiladi. Nizomga muvofiq bu xarajatlar oy 
davomida yig’ib boriladi va davr oxirida molyaviy natijalar hisobidan 
qoplanadi. 
Xom-ashyo va materiallar, ishlab chiqarish ishchilarining asosiy ish 
haqi va shu kabi to’g’ri xarajatlar bevosita “ Asosiy ishlab chiqarish “ 
schyotining debetiga yoziladi, qolgan bilvosita xarajatlar avval yig’ib 
taqsimlovchi schyotlarda oy mobaynida yig’ilib, oyning oxirida 
kalpqo’lyatsiya schyotlariga, ya’ni “Asosiy ishlab chiqarish” va 
“YOrdamchi ishlab chiqarish” schyotlariga kompleks summalarida 
o’tkaziladi.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida ishlab chiqarish 
xarajatlarining sintetik hisobi 10-jurnal orderda yuritiladi.
Bu jurnal orderining yuqori tomonidan gorizontaliga kreditlanuvchi 
schyotlar, chap tomonga esa vertikaliga debetlanuvchi schyotlar yoziladi. 
Masalan, kreditlanuvchi schyotlar “Materiallar “, “ Kambaxoli va tez 
eskiruvchi buyumlarning eskirishi”, “Xizmat qiluvchi ishlab chiqarish va 
xo’jaliklar“, “ Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitolar“, 
“ Ijtimoiy sug’urta va ta’minototga doir hisob 
kitoblar “ va boshqa schyotlardan iborat. Bu 
schyotlarning 
krediti 
asosan 
10-jurnal 
orderidan debetlanuvchi schyotlar qatorida 
keltiriladigan “Asosiy ishlab chiqarish “, 
“Korxonaning o’zida ishlab chiqarilgan yarim fabrikatlar “, “Yordamchi 
ishlab chiqarishlar“ , “Umumishlab chiqarish xarajatlari“, “Ishlab 
chiqarishdagi yaroksiz mahsulotlar”, “Kelgusi davr xarajatlari” schyotlari 
bilan korrespondentsiyada bo’ladi. Yuqorida keltirilgan kreditlanuvchi 
schyotlarning ishlab chiqarish xarajatlari bilan aloqador bo’lmagan kreditli 
operatsiyalar 10.1 - jurnal orderida yozib boriladi. Oy tomom bo’lgandan 
sung 10-jurnal orderining yakuniy summalari 10.1-jurnal- orderiga 
ko’chiriladi, so’ngra undan hisoblab chiqilgan umumiy summalar bosh 
daftardagi schyotlarga o’tkaziladi. Lekin ishlab chiqarishga sarflangan barcha 
xarajatlarni topish uchun bu ikki jurnal-orderdan tashqari ishlab chiqarish 
xarajatlari bilan bog’liq bo’lgan “Kassa”, “Hisob- kitob schyoti “, “Mol 
etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” va shu kabi 
schyotlarning kreditlari bo’yicha yuritiladigan jurnal- orderlariga xam 
murojaat qilinadi. 10-junal- orderni to’ldirish uchun asosan ayrim tsexlardagi 
xarajatlarning analitik hisobi uchun yurtiladigan 12-yordamchi vedomostdan,
kelgusi davr xarajatlari xamda kelajakdagi xarajatlar va tulovlar rezervi 
hisobidan qilinadigan xarajatlarning hisobini yuritish uchun xizmat qiladigan 
15-yordamchi vedomostdan foydalaniladi. 10-jurnal orderi shunday 
tuzilganki, undagi barcha ishlab chiqarish xarajatlarining schyotlari bo’yicha 
yakunlangan summalar shu ishlab chiqarish xarajatlarining ayrim 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin