125
MAVZU-30.
HISOB OLIB BORISHDAGI YO’L QO’YILGAN
XATOLAR VA ULARNI TUZATISH TARTIBI.
(ma’ruza 2 soat).
REJA:
1.
Buxgalteriya hisobida yo’l qo’yilgan xatolarni aniqlash.
2.
Buxgalteriya hisobida xatoliklarni tuzatish tartiblari.
Tayanch iboralar
Korrektura, qo’shimcha yozuvlar, storolash yozuvlari, boshlang’ich
xujjatlardagi xatolarni to’g’rilash tartibi, Korrektura usuli, Kizil storno usuli,
Qo’shimcha provodka usuli.
Buxgalteriya hisobining birlamchi xujjatlarida o’chirib yozishlar va aytib
qo’yilmagan tuzatishlarga yo’l qo’yilmaydi. Qilingan tuzatishlar mazkur
tuzatishlar kiritilgan sana ko’rsatilgan holda ana shu tuzatishlarni kiritgan shaxs
imzosi bilan; kassada esa - korxona bosh buxgalteri yoki uning o’rnini bosadigan
shaxs imzosi bilan ham tasdiqlanadi. Bank xujjatlari (bank ko’chirmalari, to’lov
topshiriqlari, cheklar va xakozo) tuzatishlarga yo’l qo’yilmaydi.
Buxgalteriya yozuvlarini tuzatishning bir necha usuli mavjud, ya’ni:
korrektura;
qo’shimcha yozuvlar;
stornolash yozuvlari.
Korrektura
- uchirilganini o’qish mumkin bo’lishini ko’zlab ilgari
ko’rsatilgan summa yoki matnni bir chiziq bilan o’chirib, o’chirilgan summa yoki
matn ustiga to’g’ri yozuvni qayd etish.
Mazkur tuzatishga “tuzatilgani to’g’ri” degan yozuv ilova qilinib, tuzatish
sanasi ko’rsatiladi. Ushbu usul ilgari juda ko’p qo’llanilgan.
Dostları ilə paylaş: