28-mavzu: Rasmiy-diplomatik uslub va uning xususiyatlari. Rasmiy-diplomatik uslub va uning xususiyatlari



Yüklə 30,5 Kb.
tarix20.09.2023
ölçüsü30,5 Kb.
#146140
28-mavzu- Rasmiy-diplomatik uslub va uning xususiyatlari.


28-mavzu: Rasmiy-diplomatik uslub va uning xususiyatlari.
Rasmiy-diplomatik uslub va uning xususiyatlari.

  • Huquqiy qonunchilik va ish yuritish munosabatlari doirasida qo'llaniluvchi nutq uslubi rasmiy uslub hisoblanadi. Sof qonunchilik uslubi (qonun, farmon, fuqarolik va jinoiy aktlar, nizomlar uslubi). holatlarda ro'y 2. Idoraviy — devonxona uslubi (buyruq, ariza, talabnoma, bildirgi, tavsifnoma, tarjimayi hol, ishonchnoma, dalolatnoma); diplomatik uslub (nota, bayonotnoma, bitim, konvensiya va boshqalar).

  • Rasmiy uslub deyarli yozma shaklda ro'yobga chiqadi. U har qanday tasviriy vositalardan, obrazlilikdan holi bo'ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi — axborot uzatish va da'vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi. Masalan, ma'lumotnomada axborot berilsa, buyruqda da'vat etish, axborot o'z aksini topgan bo'ladi.

  • Rasmiy uslubga mansub har qaysi turning o'ziga xos leksik, grammatik xususiyatlari mavjud. Masalan, qaror, farmonlarning o'ziga xos tomoni shundaki, bunday matnlardagi gaplarning kesimi III shaxs majhul nisbatidagi fe'llar orqali ifodalanadi (ogohlantirilsin, topshirilsin kabi). Ma'lumotnomada esa birinchi gapning kesimi gap boshida keladi.

  • Rasmiy ish qog'ozlarining sintaktik tuzilishi qat'iy qoliplarga bo'ysunadi. Masalan, «Ushbu ma'lumotnomani ko'rsatuvchi G'. Mo'minov haqiqatan ham O'zbekiston Milliy universitetining matematika fakultetida dekan o'rinbosari lavozimida ishlaydi...»


Publitsistik_uslub_va_uning_xususiyatlari'>Publitsistik uslub va uning xususiyatlari.
Publisistika (lat. «xalq, omma») davrning eng muhim, dolzarb masalalarini o`quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bo`layotgan voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ommaviy axborot vositalarida (gazeta-jurnal, radio, televideniye), Oliy Majlis yig`inlarida, turli xil anjumanlarda qo`llaniladigan nutq uslubi publitsistik uslub sanaladi. Publitsistik uslub ikki xil shaklda namoyon bo`ladi: 1) yozma shakl;
  1. og`zaki shakl; Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton va pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar publitsistik uslubning yozma shakliga mansubdir. Radio va televideniyeda chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari esa publitsistik uslubning og`zaki shaklidir.


Publitsistik uslubning o`ziga xos xususiyati shundaki, u muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo`lish, hozirjavoblik, ta’sirchanlik belgilariga ega. Bunday nutq uslubida ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi so`zlar ko`proq qo`llaniladi. M., isyon, irqchilik, qo`poruvchilar, siyosiy tanglik, bitim va boshqalar.


Publitsistik uslub - matbuot, radio, teleko`rsatuvga xos bo`lgan tildir. Bu uslub rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, bosh maqolalardan iborat bo`ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi. Zarur o`rinda asoslar keltiriladi. Shuning uchun ham rasmiy xabarlarda
«muxbirimizning xabar berishicha, elchixona xodimining so`ziga ko`ra, muxbirimiz voqea ro`y bergan joydan xabar beradi ...» va hokazo iboralar qo`llanadi. Har bir xabarga ta’sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qo`yiladiki, bu hol o`quvchining diqqatini jalb qiladi. («Qonun barchaga barobarmi?», «Kafolat va‘da emas», «Chetlatilgan mutaxassis», «Tuya ko`rdingmi – yo`q», «Chumchuq so`ysa ham qassob so‘ysin»). Ayrim hollarda vaqtli matbuotda felyeton, kichik hikoyalar, romandan parchalar ham beriladi. Bu holda ommabop uslub badiiy uslub bilan qo`shilib ketadi. Ommabop uslub kundalik ijtimoiy hayot ko`zgusidir. Ommabop uslubni shakllantiruvchi vositalar ijtimoiy-siyosiy atama va birikmalar bo`ladi: fuqarolik burchi, iqtisodiy tejamkorlik, siyosiy vaziyat, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, iqtisodiy vaziyat, hukumat tangligi va b. Publitsistik uslub ommaviy axborot vositalari uslubidir. Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta’sir qilish, soddalik, tushunarlilik, ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishdir. Publitsistika bir qancha janrlarga ega.
Publitsistik uslub − tashviqot-targ’ibot ishlari olib boriladigan, asosan, ijtimoiy-siyosiy hayot yoritiladigan nutq ko’rinishidir. Publitsistik uslub o’zining obrazliligi, hissiy-ta’siriy xususiyati bilan badiiy uslubga; yorqinligi, aniqligi va
http://fayllar.org
Yüklə 30,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin