Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida makroiqtisodiy siyosat
2.3. Foiz stavka differensiali Hanuzgacha, tahlillarimiz foiz stavkasi kichik ochiq iqtisodiyotda dunyo foiz stavkasiga teng bo’lishi to’g’risidagi fikrni ilgari surmoqda: r = r*. Ma’lum darajada, foiz stavkasi butun dunyoda bir biridan farqlanadi. Biz hozir tahlillarimizni xalqaro foiz stavkalari differentsiyasining sabablari va oqibatlarini hisobga olgan holda kengaytiramiz Mamlakat riski va valyuta kursi narxlari bo’yicha tahminlar Yuqorida tahmin qilganimizdek, kichik ochiq iqtisodda dunyo foiz stavkasi orqali aniqlanadi va bunday holatda biz narxning pasayishiga ko’proq e’tibor qaratgan edik. Agar mahalliy stavka foizi dunyo savka foizidan yuqori bo’lsa, xorijdagi insonlar ushbu davlatga qarz berib, mahalliy foiz stavkasini pastga qarab yo’naltirishi to’g’risida gapirib o’tgan edik.
Agar mahalliy stavka foizi dunyo stavka foizidan pastda bo’lsa, mahalliy aholi mahalliy foiz stavakasini balandga chiqargan holda xorijdagilarga pul beradi va katta daromad ko’radi. Oqibatda mahaliiy foiz stavkasi dunyo foiz stavkasi bilan tenglashadi. Nima uchun ushbu mantiq doim qo’llanmaydi. Bu erda ikkita sabab mavjud. =Ushbu sabalarning eng muhimi mamlakat riski hisoblanadi. Investorlar AQShdan davlat obligatsiyalarini sotib olganda yoki AQSh koporatsiyalariga kredit olganda, ular stavkalarni to’lashga to’la amin bo’ladilar.
Aksincha, bir qancha rivojlanmagan mamlakatlarda, revalyutsiya yoki boshqa siyosiy siquvlar kreditni pulini qaytarishga to’sqinlik qiladi qo’rquv ma’lum miqdorda haqiqatga yaqin hisoblanadi. Bunday mamlakatlardagi qarzdorlar qarz beruvchini bu kabi riskdan ozod qilish uchun yuqori foiz stavkasini to’lashiga to’g’ri keladi. Boshqa bir foiz stavkasining mamlakatlararo har xilligining yani bir sababi valyuta kursining o’zgarib turish tahminidir. Masalan, deylik odamlar Meksika p’esosi AQSh dollari qiymatiga nisbatan pasayib ketishini tahmin qilmoqda. So’ngra kredit pesoda to’lanadigan bo’lsa, demak kredit dollarda amalga oshirilishidan ko’ra qadrsizroq valyutada to’lanadi. Ushbu tahmin qilinayotgan zararni qoplash uchun Meksika valyutasining foiz stavkasi AQShning foiz stavkasidan yuqoriroq turadi. Shunday qilib, har ikki davlat riski va kelajakda valyuta kurslarining o’zgarish tahminlari, shuningdek kichkina ochiq iqtisodning foiz stavkalari dunyodagi boshqa iqtisodiy jarayonlardagi foiz stavkasidan farqlanishi mumkin. Mandell-Fleming modelidagi differentsial Mandell-Fleming modeliga foiz stavkasi differentsialini kiritish uchun, biz birinchi navbatda kichkina ochiq iqtisodiyotdagi foiz stavkasi dunyo foiz stavkasi qo’shilgan risk ortishi orqali aniqlashini tahmin qilgan edik: r = r* + θ Risk ortgan mamlakatda kreditni tashkillashtirish bo’yicha siyosiy riskni anglash va haqiqiy valyuta kursida kutilayotgan o’zgarish orqali aniqlanadi. Shu maqsadda, risk ortishi egzogen sifatida riskidagi o’zgarishlarning iqtisodga qay darajada ta’sir ko’rsatishini tahlil qilish uchun olishimiz mumkin. Ushbu model oldingi modelga juda ham yaqin hisoblanadi. Ikkala holat tenglamasi qo’yidagicha
Y= C(Y— T) + I(r* + r = r* + θ) + G + NX(e) IS*,
M / P = L(r* + r = r* + θ, Y ) LM*.
Har qanday berilgan fiskal siyosati, pul siyosati, narx darajasi va qo’shimcha haq riski, ushbu ikki formulada kirim darajasi va mahsulot, shuningdek pul bozorini tenglashtiruvchi kirim darajasi va valyuta kursini aniqlashtirmoqda. Barqaror qo’shimcha haqni hisobga olgan holda, pul, fiskal va savdo siyosati qurollari biz allaqachon ko’rib chiqqanimizdek ishlaydi. Deylik siyosiy tartibsizlik davlatning r = r* + θ risk premiumini (risk premium) oshirishga sabab bo’ladi. Chunki r= r* + r = r* + θ, ushbu holat to’g’ridan to’g’ri amalga oshuvchi ta’sir hisoblanib, bunda r mahalliy foiz stavkasi oshishiga sabab bo’ladi. Yuqoriroq stavka foizi, o’z navbatida ikki xil ta’sirga ega. Birinchisi IS* chizig’ining chap tomonga qarab o’zgarishidir, chunki yuqoriroq foiz stavka sarmoyani qisqartiradi. Ikkinchisi, LM* chizig’i o’ng tarafga qarab o’zgaradi, chunki yuqori stavka foizi pulga bo’lgan ehtiyojni qisqartiradi va bu har qanday berilgan pul hajmi uchun ancha yuqori darajada bo’lgan daromadni amalga oshirishga imkon beradi. Bu yerda nima uchun amaliyotda bu kabi yorqin daromad olib kelinmaydi - degan savol to’g’iladi. Birinchi navbatda markaziy bank mahalliy valyutaning katta tannazullidan qochishni hohlaydi va shuning uchun ham M pul hajmini kamayishi bo’yicha ta’sir bilinishi mumkin. Ikkinchidan mahalliy valyutaning tanazuli muhim mahsulotlar importini amalga oshirish, narxini kutilmagandako’tarishi va P narx darajasini oshishiga sabab bo’lishi mumkin. Uchinchidan ba’zi tadbirlar davlat riskini oshirishga sabab bo’ladi va buning natijasida mamlakat rezidentlarining pulga bo’lgan ehtiyoji oshadi, chunki pul doim mavjud bo’lgan ishonchli aktiv hisoblanadi. Ushbu o’zgarishlarning har uchchalasi ham valyuta kursining pastga tushib ketishini oldini oladi va LM* egri chizig’ining chap tarafiga qarab o’zgarishiga olib keladi. Aynan shuning uchun ham, mamlakat riskining oshishi yaxshilikka olib kelmaydi. Qisqa muddatli boshqaruvda ular odatda tanazzulga yuz tutgan valyutani boshqaradi va uchta asosiy yo’llar orqali umumiy daromadning pasayotganligi tasvirlanadi. Shuningdek yuqori foiz stavkasining sarmoyani qisqartirishi, uzoq muddatli ishtiroki asosiy jamg’armani qisqartiradi va iqtisodiy o’zishga xalaqit beradi.
Qisqa muddatli istiqboldan uzoq muddatli istiqbolgacha: O’zgaruvchan narxlarni o’z tarkibiga olgan Mandell-Fleming modeli Yuqorida narx darajasi qayd etilganda qisqa muddatli istiqboldan (the short run) kichik ochiq iqtisodni o’rganishda Mandell-Fleming modelidan foydalangan edik. Endi narx darajasi o’zgarsa nima bo’lishini ko’rib chiqamiz. Tahlillar davomida Mandell-Fleming modeli kichik ochiq iqtisoddagi umumiy ehtiyoj egri chizig’ining nazariyasi to’g’risida ma’lumotlar beradi. Shuningdek, ochiq iqtisodning qisqa muddatli istiqbolga mo’ljallangan modeli uzoq muddatda boshqariluchi modelga qanday bog’liq ekanligi ko’rstilgan. Ushbu holat 5 chi bo’limda to’liq tahlil qilingan. Chunki biz ketma ketlikda amalga oshirilayotgan boshqa harakatlanmayotgan iqtisoddagi narx qiymati darajasidagi o’zgarishlarni, shartli va haqiqiy valyuta kurslarini ko’rib chiqmoqchimiz. Shunday qilib, biz ikki xil o’zgaruvchanlikni farqlashimiz kerak.
Shartli valyuta kursi hisoblansa, haqiqiy valyuta kursi eP/P*, teng bo’lgan e, hisoblanadi, bu erda siz 5 Bobni eslashingiz kerak. Biz Mandell-Fleming modelini qo’yidagicha ifodalaymiz.
Y = C(Y- T) + I(r*) + G + NX(e) IS*,
M/P = L(r*, Y)
Ushbu formula endi juda tanish bo’lishi kerak. Birinchi formula IS* egri chizig’ini tasvirlayotgan bo’lsa, ikkinchisi LM* egri chizig’ida o’z aksini topgan. E’tibor qaratgan bo’lsangiz, sof eksport haqiqiy valyuta kursiga bog’liq bo’ladi.