29. Korrupsiya tushunchasining tarixiy ildizlari-www.hozir.org
49Islomda inson huquqlari himoyasi, ijtimoiy tenglik, adolat, tolerantlik g’oyalari qanday yoritilgan? Islomda inson huquqlari himoyasi, ijtimoiy tenglik, adolat, tolerantlik g’oyalari qanday yoritilgan? Islom huquqi mutaxassislar tomonidan yaratilgan va rivojlantirilgan. Davlat emas, balki, fiqh - huquq ilmi qonun chiqaruvchilik rolini o„ynaydi1. Huquq muayyan normalaming majmui sifatida islom amal qila boshlagan dastlabki ikki asr mobaynida shakllandi.Islomda ham nasroniylikdagi kabi ruh abadiyligi g„oyasiga e‟tiqod qilinadi. Unda bani bashar Odam Atoning teng huquqli farzandlari sifatida qaraladi. Musulmonlar o„z qavmlaridagi kofirlarga, bedinlarga hamisha sabr-murosa bilan munosabatda bo‟lish, bag„rikenglik fazilatini namoyon etib kelganlar. Islomning bu muqaddas manbalarida insonning taqdiri va hayoti Alloh nomi bilan bog„liq holda ifodalab beriladi. Bunda yer yuzidagi barcha insonlaming Alloh oldidagi tengligi g'oyasi, har bir insonga Alloh tomonidan berilgan ne‟matlardan ularning baravar foydalanishi zamrligi g„oyasi bilan chambarchas bog„lanib ketganini ko'ramiz.
Qur‟oni Karim va Hadisi Shariflarda insonning Alloh va shariatdagi haq-huquqlari inson foydalanishi zarur bo„lgan alohida huquqlar misolida ko„rsatib berilgan. Masalan, Q ur‟oni Karimning “Baqara surasi”dagi 220-oyatda yetimlaming haqlari to‟g‟risida, 223, 228-229, 230-oyatlarida erkak va ayolning nikohga kirishi yoki nikohdan chiqish huquqi, “Oli imron surasi”ning 20-oyatida islom diniga e ‟tiqod qilish huquqi va insonning boshqa huquqlari shariat talablari asosida bayon qilingan. 256-oyatda islom dinining adolatliligi quyidagicha bayon etiladi: “Dinda zo„rlash yo„q, zero, to„g‟ri yo„l yanglish y o‟ldan ajrim bo„ldi. Bas, kim shayton (yoxud butlar) ni inkor etib, Allohga imon keltirsa, demak, u mustahkam halqani ushlabdi. Inson huquqlarini shariat talablari asosida ko„rsatib berishga doir bunday yondashish hadislarda ham o‟zining aniq ifodasini topgan. Har bir hadisda jam iyat hayotining alohida bir masalasiga doir talablar ilgari surilganligi uchun ham, ularda insonning xilma-xil haq-huquqlari ularning alohida huquqlari misolida bayon qilib beriladi.