29. Korrupsiya tushunchasining tarixiy ildizlari-www.hozir.org
54.Magik totezizm.diniy fashizm Totemizm. Totem so‟zi - Shimoliy Amerikada yashaydigan Ojibva qabilasi tilida «uning urug‟i»
ma‟nosini anglatadi. Uning mohiyati «odamlarning hayvonot yoki o‟simlikning muayyan turlariga
qarindoshlik aloqalari bor», deb e‟tiqod qilishdir. Ehtimol, ma‟lum bir jamoaning avvalda asosiy ozuqa
manbaini tashkil qilgan hayvon yoki o‟simlikka nisbatan e‟tibor keyinchalik vujudga kelgan qabilaning
diniy tasavvurlarining asosiy shakllaridan biriga aylangan bo‟lishi mumkin. Urug‟dosh guruhlar o‟zlarini
umumiy belgilari va totemlari bo‟lgan hayvon yoki o‟simlikdan kelib chiqqan deb bilar edilar. Ammo
bunday totemlar va odamlar orasidagi aloqalar uzoq o‟tmishga tegishlidir va bilvosita ularning mavjud
bo‟lganligini faqatgina qadimgi rivoyatlar tasdiqlaydi. Masalan, hozirgi davrgacha Avstraliya
Aborigenlari orasida saqlanib qolgan afsonalardan ularning tasavvurlarini bilib olish mumkin.
misoldir.
MAGIYA (yunon. mageia – sehrgarlik) ham ibtidoiy din shakllaridan biri bo„lib, uning zamirida
tabiiy kuchlar yordamisiz sirli tarzda, rasm-rusumlar, o„ziga xos amallar majmui bilan narsalar, odamlar,
hayvonlar va hatto g„ayritabiiy kuchlar – ruhlar, insu jinslar va shu kabilarga ta‟sir ko„rsatish
mumkinligiga bo„lgan ishonch yotadi.
Fetishizm (fetish so‟zi fransuzcha fetiche – but, sanam; tumor ma‟nosidagi so‟zni anglatadi).
Uning mohiyati tabiatdagi jonsiz predmetlarga sig‟inishdir. Unga ko‟ra alohida buyumlar kishining o‟z
maqsadiga erishtirish, ma‟lum voqea-hodisalarning o‟zgartirish kuchiga ega. Fetish ham ijobiy ham
salbiy ta‟sir etish kuchiga ega.
Fetishizm yog‟och, loy va boshqa materiallardan yasalgan buyumlar paydo bo‟lishi bilan bir paytda
shakllangan. Bu butlarda va tumorlarda jamoalar g‟ayritabiiy dunyodan keladigan ilohiy qudratning
timsolini kòradlar.
Shomonlik yoxud sehrgarlik («shomon» so‟zining tungus tilidagi ma‟nosi «sehrgarlik»).
Sehrgarlik (afsun, magiya) real natijalar olish uchun ilohiy kuchlarga ta‟sir etish maqsadida amalga
oshiriladigan ritual - urf-odatlar majmuasidir. U totemizm va animizm bilan bir vaqtda paydo bo‟lib, u
orqali kishilar o‟z totemlari, ota-bobolarining ruhlari bilan xayolan bog‟lanishni amalga oshirib kelganlar.
U qadim o‟tmishda paydo bo‟lib, minglab yillar davomida rivojlanishda davom etib, saqlanib kelgan