Nazorat qilinuvchi kattaliklarni tanlash. Texnologik jarayonlarni operativ boshqarish, shuningdek, uni ishga tushirish va to‘xtatish amalga oshiriladigan parametrlarning qiymatlari nazorat qilinishi kerak. Bunday parametrlarga hamma rejimli va chiqish parametrlari, shuningdek, kirish parametrlari kiradi, bularning o‘zgarishi natijasida ob’ektga g‘alayonlanish kira boshlaydi. Qiymatlari texnologik karta tomonidan cheklanadigan parametrlar albatta nazorat qilinadi.
Portlash xavfi bo‘lgan BTOning texnologik parametrlarini nazorat qilishga alohida e’tibor berilishi kerak. Ularning har biri uchun texnologik jarayonning kritik fizik – kimyoviy kattaliklari qiymatlari to‘plami, shuningdek, ular o‘zgarishlarining diapazoni aniqlanadi. Gaz chiqqanlik miqdorini nazorat qilish uchun (chegaraviy yo‘l qo‘yilgan konsentratsiya bo‘yicha) ishlab chiqarish xonalarida, ochiq tashqi qurilmalarning ishchi zonalarida avtomatik gaz analiz qilish vositalari majburiy ravishda ko‘zda tutilishi kerak.
Portlash xavfi bo‘lgan BTOlarning holatini ifodalovchi parametrlar faqat nazorat qilinibgina qolmay, balki rostlanishi ham kerak, nazorat qurilmalariga signallar esa bir qancha sezgir elementlardan kelishi kerak, masalan, suyultirilgan gazlar va tez alangalanuvchi suyuqliklar (TAS) bo‘lgan idishlarga sathni belgilovchi uchta o‘lchagich o‘rnatish lozim.
Signal beruvchi kattaliklarni tanlash. BTOni qayta ishlanuvchi moddalarning portlashga va yong‘inga xavfliligi, zaharliligi va agressivligi (ta’sirchanligi) yuz berishi mumkin bo‘ladigan avariya va baxtsiz hodisalarga nisbatan tahlil qilgandan so‘ng signalizatsiya parametrlarini tanlashga kirishiladi.
Chegaraviy qiymatlari quyida ko‘rsatilgan oqibatlarga. olib kelishi mumkin bo‘lgan parametrlar avariyadan oldin (zarur bo‘lganda esa ehtiyotlik) signalizatsiya qilinishi kerak: portlash va yong‘in chiqqanda (masalan, texnologik apparatlarda, ishlab chiqarish xonalarida, ochiq tashqi quril-malarning ishchi hududida portlash xavfi bo‘lgan moddalarning to‘planishi); baxtsiz hodisalar ro‘y berganda (masalan, xonada zaharli moddalar to‘planganda) avariya sodir bo‘lganda (masalan, qurilma harakatlanuvchi qismlarining eng chetki holatlarida); qurilma ishdan chiqqanda (masalan, apparatlarda bosim, katalizatorli reaktorlarda temperatura); texnologik rejimning mutlaqo buzilishi (masalan, jarayonni boshlab beruvchi qo‘shimchalar sarfi, apparatdagi suyuqlik sathi); shartnomaga mos kelmaydigan va brak mahsulot ishlab chiqarish (masalan, eng muhim rejimli parametrlar).
Tabiiyki, maqsadga qaratilgan mahsulotlarning miqdoriy va sifat xarakteristikalarini o‘zgartirsh hollari, shuningdek, ayrim agregatlarni texnologik reglamentda ko‘zda tutilmagan to‘xtatishlar signalizatsiya qilinadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, juda mas’uliyatli parametrlarni signalizatsiyalash ikkita parallel o‘rnatilgan o‘lchagichlardan amalga oshirilishi kerak, masalan, oson alangalanuvchi suyuqliklar sathlarini ikkita o‘lchagichdan amalga oshiriladi.