3 – Laboratoriya mashg’uloti Mavzu: Windows Server otda tarmoqni tashkil etish ishlari. Internet tizimi. Cisco Packet Tracer dasturida tarmoq serveri xizmatlarini o’rnatish Virtual lokal tarmoqlar vlan. Korporativ tarmoqda vlanni sozlash
3 – Laboratoriya mashg’uloti Mavzu: Windows Server OTda tarmoqni tashkil etish ishlari.Internet tizimi.Cisco Packet Tracer dasturida tarmoq serveri xizmatlarini o’rnatish Virtual lokal tarmoqlar - VLAN. Korporativ tarmoqda VLANni sozlash. Ishning maqsadi: Virtual lokal tarmoqlar - VLAN haqida nazariy va amaliy ma`lumotlarga ega bo’lish;
Korporativ tarmoqda VLANni sozlash jarayonini boshqarish;
Texnik jihozlar:
PC Kompyuterlar;
Cisco Packet Tracer dasturi paketasi
Nazariy ma’lumotlar: VLAN (inglizchada Virtual Local Area Network) - ma’lumotlarni uzatish uchun virtual mahalliy tarmoq bo’lib, mavjud ma’lumotlarni uzatishda tarmoqni mustaqil mahalliy kichik tarmoqlarga bo’lish imkonini beradi va tarmoq jihozlari tomonidan qo’llab-quvvatlanadi. Shaxsiy tarmoqni jamoat tarmog'i orqali uzaytiradi va foydalanuvchilarning shaxsiy tarmoqqa bevosita ulangan bo'lsa, foydalanuvchilarga birgalikda yoki umumiy tarmoqlarda ma'lumotlarni qabul qilish va olish imkonini beradi. VLAN kommutatorlar, yo’naltirgichlar (router) va boshqa tarmoq qurilmalaridan tashkil topadi.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi: Vazifa: Quyidagi tarmoq tuzilmasini yasang (13.1- rasm):
VLAN 10
V LAN 12
V LAN 11
V LAN 13
13.1- rasm. Korporativ tarmoq tuzilmasi. Tarmoq tarkibi:
ikkinchi darajali uchta 2950-24 kommutatori (Switch1, Switch2, Switch4);
uchinchi darajali bitta 3560-24PS markaziy kommutatori
(Switch3), u marshrutizator vazifasini bajaradi;
server (Server1);
ikki uzelning (kompyuter) har bir uchun uchta tarmoqosti
Topshiriq: Ixtiyoriy VLAN uchun faqat o’ziga tegishli uzellar (kompyuter) va server Server1 ning faoliyati mavjud bo’lsin.
1- va 2 – jadvallarda kompyuterlar va kommutatorlarning o’rnatilish parametrlari qiymatlari berilgan.