YE=F/S=σ/ε Bunda: F/S – tog‘ jinsidagi kuchlanishni ifodalaydi.
Yung moduli tog‘ jinsi namunasining siqilish va chо‘zilish defarmatsiyasiga qarshiligini ifodalaydi. Tog‘ jinsini siqishdagi о‘lchangan Yung modulining miqdori chо‘zishdagi Yung modulining miqdoridan katta bо‘ladi.
Yes/Yech=1,5-1,55 Bir о‘q bо‘ylab normal yuklama qо‘yilganda kо‘ndalang va bо‘ylama elastik defarmatsiyalar orasidagi proparsionallik (munosabat) Puassan koyeffitsiyenti deyiladi.
ν=∆d/d=∆l/l Qattiq tog‘ jinslarida uning о‘zgarish chegarasi 0,1 dan 0,4 gacha va undan yuqori bо‘ladi (3-jadval). Puassan koyeffitsiyentining miqdori qanchalik yuqori bо‘lsa defarmatsiya kattaligi shunchalik yuqori bо‘ladi. Bir jinsli minerallardan tashkil topgan tog‘ jinslarida bu kо‘rsatkich nisbatan kamroq bо‘ladi.
3.1-jadval
Urunmaviy kuchlanish bilan siljish deformatsiyasini bog‘lovchi kо‘rsatkich siljish moduli deyiladi. Siljish moduli urunmaviy kuchlanishning siljish burchagi nisbatiga teng bо‘lgan kattalikdir.
G=τ / γ Bu kо‘rsatkichdan massiv va inshoatlarning turg‘unligini hisoblashda, kon bosimini boshqarishda va yer osti inshoatlarining joyini aniqlashda foydalaniladi. Siljish moduli Yung moduli va Puassan koyeffitsiyenti orqli quyidagicha aniqlanadi.
G= e / 2 (1+ν)