3-§. Matematika fani


-bo‘lim. ULUSHLAR. GEOMETRIK SHAKLLAR VA KATTALIKLAR (25 soat, A1+: 30 soat)



Yüklə 327 Kb.
səhifə21/48
tarix13.03.2023
ölçüsü327 Kb.
#87532
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48
3-§. Matematika fani umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta

5-bo‘lim. ULUSHLAR. GEOMETRIK SHAKLLAR VA KATTALIKLAR (25 soat, A1+: 30 soat)


100-101-mavzular. Sonning ulushi. Sonning ulushini so‘zlar yoki sonlar yordamida tasvirlash (2 soat).
102-104-mavzular. Berilgan shartlarga asosan (arifmetik amallar soni va turi, kattaliklar orasidagi bog‘lanish) masala tuzish va yechish. Axborot bilan ishlash (3 soat).
105-107-mavzular. Muammoli (shartida ma’lumotlar to‘liqmas yoki ortiqcha bo‘lgan) masalalar (3 soat).
108-109-mavzular. Geometrik shakllar: kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak, doira va ular bilan bog‘liq kattaliklar (2 soat).
110-111-mavzular. Shakllarni taqqoslash va bo‘yash. Bo‘laklari bo‘yicha shaklni yasash va bo‘laklarga ajratish (2 soat).
112-116-mavzular. Bo‘linuvchi, bo‘luvchi, bo‘linma va qoldiqni chizmada ifodalash (5 soat).
117-119-mavzular. To‘g‘ri to‘rtburchak va kvadratning yuzi. Yuz birliklari: kvadrat santimetr. Belgilanishi – kv.sm (sm2) (3 soat).
120-122-mavzular. Katakli qog‘ozda chizilgan shakllar yuzlari (3 soat).
Arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalar yechish (A1+: 1 soat).
Elektron axborot manbalaridan turli ko‘rinishdagi sodda matematik ma’lumotlarni izlab topish mashqlari (A1+: 1soat).
Bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalar yechish (A1+: 1 soat).
Sodda kombinatorik va mantiqiy masalalar yechish (A1+: 1 soat).
Nostandart va qiziqarli masalalar yechish (A1+: 1 soat).
Nazorat ishi (1 soat).
Xatolar ustida ishlash (1 soat).


O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
A1
o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
murakkab bo‘lmagan kasr son sonning ulushi, to‘plamning qismi ekanligini tushuna oladi, so‘zlar yoki sonlar yordamida tasvirlay oladi;
atrof–borliqdagi sodda obyektlarni geometrik figuralar modellari bilan bog‘lay oladi, asosiy kattaliklarini o‘lchay oladi;
bo‘linuvchi, bo‘luvchi, bo‘linma va qoldiqni chizmada ifodalay oladi;
to‘g‘ri to‘rtburchak (kvadrat)ning yuzini hisoblay oladi;
yassi geometrik figuralar yuzlarini kvadratlar bilan qoplash yo‘li bilan baholay oladi;
miqdorlar (narx-navo, massa, vaqt, uzunlik, yo‘l, yuz) orasidagi bog‘lanishlarni qo‘llay oladi.
A1+
bo‘yashlar, qoplash, qirqishlarga doir sodda geometrik masalalarni yecha oladi;
arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalarni yecha oladi;
sodda amaliy holatlarda kombinator masalalarni yecha oladi.

Yüklə 327 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin