Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A1 boshqalar fikrini tinglab, tushuna olish, agar bu fikrni noto‘g‘ri deb hisoblasa, o‘z fikrini himoya qila olish;
atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish;
muammo va tushunmovchiliklar ro‘y bergan paytlarda o‘zini tutishi to‘g‘risida to‘g‘ri qaror qabul qila olish;
jamoada turli rollarni ijro eta olish.
A1+ jamoada ishlash jarayonida guruh a’zolarning fikrlarini jamlay olish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: A1 kundalik hayotda o‘rganilgan matematik usullarni tanlay olish;
zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimiz haqida ma’lumot bera olish.
A1+ milliy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylashda matematikaning o‘rnini tushunish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: A1 aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza oladi;
kundalik faoliyatida turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy oladi;
murakkab bo‘lmagan hisoblashlarda, o‘rganilgan tenglamani yechishda, o‘rganilgan turdagi yassi va fazoviy geometrik figuralarni tasvirlashda hisoblash va axborot-texnologiyalar vositalardan foydalana oladi.
A1+ sodda savdo-sotiq munosabatlarda, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llay oladi;
matematikaga oid yangi bilimlarni izlashda axborot-kommunikatsiya vositalari, internet saytlaridan foydalana oladi.
2-sinfda o‘tilgan materialni takrorlash va umumlashtirish (10 soat, A1+: 14 soat) 1-5-mavzular. Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish va ayirish. Qavsli ifodalar. Qo‘shishning guruhlash qonuni. Sondan yig‘indini ayirish. Sondan ayirmani ayirish (5 soat). 6-10-mavzular. 0 va 1 sonlari ishtirokida ko‘paytirish. 0 ni songa, sonni 1 ga va sonni o‘zini o‘ziga bo‘lish. Ko‘paytuvchilarning o‘rinlarini almashtirish xossasi. Ko‘paytirish va bo‘lish jadvallari. Sonning qismini, qismi bo‘yicha sonning o‘zini topish (5 soat). Sodda kombinatorik va mantiqiy masalalar yechish (A1+: 2 soat). Bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalar yechish (A1+: 2 soat).