3- Mavzu. Birinchi aholi punktlari-tashkil etish sababi va ularning joylashuvi
Aholi punkti -
Odamlar doimiy yashaydigan joy boʻlib, shahar yoki qishloq
shaklida boʻlishi mumkin. Aholi punktlarida bir necha yuzdan to bir necha
milliongacha aholi istiqomat qiladi. Biror davlat hududidagi eng katta aholi
punktlaridan biri oʻsha davlat poytaxti mavqeʼiga ega boʻlishi mumkin.
Shahar
- nisbatan katta va doimiy aholi punktidir. Koʻp shaharlarga
mahalliy qonunchilik alohida maʼmuriy, qonuniy yoki tarixiy mavqeʼ beradi.
Masalan, Oʻzbekistonning Toshkent shahri viloyat va viloyat markazlaridan
alohida mavqeʼga ega. Yevropada esa tarixan shahar sifatida oʻz sobori bor har
qanday aholi punkti qaralgan.
Finlyandiyaning Lappeenranta shahri.
Shaharlar odatda murakkab sanitariya, yoʻl va koʻcha, turar-joy hamda
transport tizimiga ega boʻladi. Aholisi soni milliondan oshadigan shaharlar
megapolis, deyiladi; shahar oʻsib, boshqa shaharlarga yetsa va ularni oʻziga
qoʻshib olsa, bu shahar megalopolisga aylanadi.
Shahar - aholisi, asosan, sanoat, savdo, shuningdek, xizmat koʻrsatish,
boshqaruv, fan va madaniyat sohalarida band boʻlgan yirik aholi manzilgohi.
Shahar - bevosita qishloq xoʻjaligi bilan band boʻlmagan aholi toʻplangan markaz.
Shahar atrofidagi tumanlar uchun maʼmuriy va madaniy markaz boʻlibgina
qolmay, balki ularning joylashishi va oʻsishiga ham katta taʼsir koʻrsatuvchi omil
hamdir. Aholi punktlariga Shahar maqomi berilishi uchun aholi soni, bajaradigan
funksiyasi: sanoat ishlab chiqarish, tashkiliy-xoʻjalik, madaniy-siyosiy, maʼmuriy
va h.k. bosh mezon boʻlib hisoblanadi. Aholi manzilgohlarini Shahar toifasiga
oʻtkazish maʼlum qonuniy tartibda amalga oshiriladi va chegarasi belgilanadi.
Turli mamlakatlarda Shahar maqomini olish mezoni turlicha, mas, Daniya va
Ispaniyada aholi soni 250 kishi, Gruziya va Turkmanistonda 5 ming, Tojikiston va
Qirgʻizistonda 10 ming, Rossiyada 5-12 ming, Yaponiyada 25 ming kishi boʻlishi
kerak. Oʻzbekistonda 7 mingdan yuqori boʻlishi talab etiladi. Aholi soniga koʻra,
Shaharlar kichik (50 minggacha), oʻrta (50-100 ming) va katta (100 mingdan ortiq)
boʻladi. Oʻzbekistonda 120 shahar, 113 ta shaharcha bor. Shundan 17 tasi katta
shaharlar (Toshkent, Samarqand, Namangan, Andijon, Buxoro, Qoʻqon, Fargʻona,
Nukus, Qarshi, Urganch, Olmaliq, Angren, Chirchiq, Navoiy, Margʻilon, Termiz,
Jizzax), 16 tasi oʻrta va qolganlari kichik shaharlar. Shaharlar bajaradigan
vazifalariga koʻra - poytaxt, sanoat, transport, turizm, rekreatsiya, din, fan va ilmiy
tekshirish markazlariga boʻlinadi. Shuningdek, respublikaga boʻysunuvchi, muxtor
respublika, viloyat, tumanlarga boʻysunuvchi Shaharlarga ajratiladi.
Shahar aholisi butun jahon aholisining 47,5% dan ortigʻini tashkil etadi.
BMTda qabul qilingan terminologiyaga muvofiq, 8 mln. va undan ortiq aholisi
boʻlgan Shaharlar - megashahar deb yuritiladi. Bunday Shaharlar Yer yuzida 1950-
yilda 2 ta, 1995-yilda 22 ta, hozirgi kunda 25 dan ortiq. Bir yoki ikki Shahar
atrofida Shahar va shaharchalarning zich joylashishi Shaharlar aglomeratsiyasi
deyiladi. Eng yirik Shahar aglomeratsiyalari: Tokio, Nyu-York, Mumbay,
Shanxay, Mexiko, San-Paulo va boshqalar Oʻzbekistonda Toshkent, Fargʻona -
Margʻilon, Samarqand, Andijon, Namangan va boshqalar Shahar aglomeratsiyalari
shakllanmoqda. Bir necha Shahar aglomeratsiyalari qoʻshilib, megalapolis yoki
megapolislarni tashkil qiladi. Hozirgi Bosvash, Tokaydo va boshqalar megapolislar
bor. Baʼzan yirik Shaharlar yonida yoʻldosh shaharlar vujudga keladi.
Qishloq
- aholisi, asosan, dehqonchilik, chorvachilik va qishloq
xoʻjaligining boshqa sohalarida band boʻlgan aholi manzilgohi. Qishloq faqat
aholisining mashgʻuloti bilan emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, tabiiy
geografik va turmush tarzi bilan ham shahardan farq qiladi. Qishloq - Oʻzbekiston
Resggublikasi maʼmuriy-hududiy tuzilishidagi eng quyi boʻgʻin. Qishloqning
ijtimoiy-iqtisodiy xususiyati aholini yerdan qay darajada foydalanishi, joyning
tabiiy-geografik shart-sharoitlari bilan bogʻliq. Shu bois qishloqlar tarixan katta-
kichik boʻlgan, turar joylar ham shunga qarab joylashgan. Tekis, sersuv va tuprogʻi
serunum, umuman, tabiiy sharoiti qulay joylarda yirik qishloqlar joylashib, aholi
ancha gavjum yashagan. Asosan, dehqonchilik, bogʻdorchilik bilan shugʻullangan.
Tekis, lekin suvi kam boʻlgan joylarda (choʻl va dashtlarda) aholi koʻproq
chorvachilik bilan mashgʻul boʻlgan. Bunday joylarda qishloqlar kichik, bir-
biridan ancha uzokda, asosan, quduqlar yonida joylashgan. Togʻli hududlarda
qishloqlar koʻproq soy va buloqlar boʻyida joylashgan.
Qishloqlar umumiy bir markazga - qishloq fuqarolik yigʻinlariga ega
boʻlgan, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan bir-biriga uzviy bogʻlangan kichik aholi
manzilgohlariga ham boʻlinishi mumkin. Ular Oʻzbekistonda mahallalarga ajraladi.
Qishloq kishilarning ijtimoiy va tarixiy tarkib topgan birligidir. Ularning
vujudga kelishi jamiyat taraqqiyoti va hududiy mehnat taqsimotidagi oʻzgarishlar
bilan bogʻliq boʻladi. Sanoatning rivojlanishi va urbani-zatsiya munosabati bilan
dunyoda qishloq aholisining salmogʻi kamaymoqda. Oʻzbekiston qishloqlaridagi
aholi salmogʻi ortmoqda. Buning asosiy sababi qishloqlarda aholining takror barpo
boʻlish jarayonining shaharlardagiga nisbatan bir qadar jadal kechishidadir. 1970-
1990-yillarda Oʻzbekiston aholisining 60% qishloqlarda yashagan. Respublikada
tugʻilishning nisbatan yuqoriligi maʼlum darajada oilalarning koʻpchiligi qishloq
sharoitida, qishloq turmush tarzida yashab kelayotganligi bilan bogʻliq. 1990-yilda
qishloqlarda har 1000 kishiga 39 ta bola tugʻilgan boʻlsa, shaharlarda 26 ta bola
tugʻilganligi qayd etilgan. Mustaqillik yillarida aholi turmush tarzida iqtisodiy-
ijtimoiy oʻzgarishlar sodir boʻldi. 1995-yilda Oʻzbekiston qishloqlarida
tugʻilishning yigʻindi koeffitsiyenti 4,12 % ni tashkil etib, aholi takror barpo
boʻlishining kengaygan turiga mansub boʻlsa, 2001-yilda bu koʻrsatkich 2,75 % ga
tushdi va aholi takror barpo boʻlishining oddiy (normal) turini taʼminlamoqsa. Bu
holat Oʻzbekiston qishloq oilalarida koʻp bolalilikdan oʻrtacha bolalilikka oʻtish
jarayoni roʻy berayotganini koʻrsatadi.
Qadimiy qishloqlar aholining mavsumiy manzilgohlaridan tashkil topgan.
Oʻzbekiston hududidagi qishloqlar dastlab kishilarning qish faslida istiqomat
qiladigan joyi sifatida vujudga kelgan. Odamlar asta sekin dehqonchilik bilan
shugʻullanib, oʻtroqlik davriga oʻtgach, qishloqlar koʻpaydi va kengaydi. Ibtidoiy
jamiyat davrida shakllangan urugʻ birlashmalari oʻtroqlik davrida ham saqlanib, bir
urugʻ bir qishloqqa oʻrnashgan. Hozirgi ayrim qishloqlar oʻsha urugʻ nomi bilan
yuritiladi. Keyinchalik urugʻlarning qabilalarga birlashishi natijasida yirik yoki bir-
biriga yaqin joylashgan qishloqlar paydo boʻldi. Mas, Kenagas, Manaq, Mangʻit,
Mingli, Nayman, Mitan va boshqa Quldorlik davrida koʻp mamlakatlarda
quldorlarning yerlarida ishlaydigan kishilarning bir joyga oʻrnashishi bilan ham
qishloq paydo boʻlgan. Bu qishloqlar shu yer egasining nomi bilan yoki joyning
geografik holatiga qarab atalgan. Hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi
bilan ham yangi qishloqlar vujudga kelib, kengayib bordi. Karvon yoʻllarida,
daryolarning kechuv joylarida ham Qishloqlar yuzaga kelgan: Yettikechuv,
Qizilkechuv, Qorakechuv, Langar va boshqalar. Hunarmandchilik va savdo
rivojlanib, dehqonchilik ajralib chiqa boshlagach, shaharlar yuzaga keldi. Ilk
ijtimoiy formatsiyalarda aholining koʻpchiligi qishloqlarda yashaganligi uchun
jamiyatning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy xususiyatlari qishloq hayoti bilan
belgilangan. Dastlabki davrlarda qishloq jamoa boshligʻi, keyinchalik saylanadigan
jamoa oqsoqoli yoki jamoa yigʻini tomonidan boshqarilgan. Qishloqlarning tashqi
koʻrinishi, qurilishi ham davrdan-davrga oʻzgarib borgan. Mas, Xorazm hududida,
Sugʻdda 6-7-asrlarda yangi tipdagi qishloqlar - katta-katta boy oilalar yashaydigan
qasr-qoʻrgʻonlar boʻlgan, oddiy dehqonlar esa mayda qoʻrgʻonchalarda yashardilar.
Har bir qasr-qoʻrgʻonning atrofi mudofaa devori bilan oʻralgan boʻlib, oʻrtasida
koʻshki boʻlgan. Temuriylar davrida hozirgi Oʻrta Osiyo hududida qishloqlarni
obodonlashtirishga, ariq va kanallar qazib, bogʻrogʻlar barpo qilishga ahamiyat
berilgan. Yevropa mamlakatlarida sanoat, ishlab chiqarishning rivojlanishi qishloq
hayotiga ham kuchli taʼsir koʻrsatdi. Qishloqlar 20-asrning 2-yarmida ancha
rivojlandi. Qishloq aholisining turmush tarzi yaxshilandi. Qishloqlardagi ijtimoiy-
iqtisodiy, madaniy hayot tarzi tubdan oʻzgardi. Soʻnggi davrda qishloqlar kamayib,
shaharlar salmogʻi ortib bordi. Hozirda qishloq aholisi jahon aholisining qariyb
53%ni tashkil etadi.
Yuridik maqomi: "Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy hududiy tuzilish,
toponimik obʼyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini
hal etish tartibi toʻgʻrisidagi" Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-
avgustdagi qonunida qishloqlar, ovullarni tuzish va tugatish, chegarasini
oʻzgartirish, aholi punktlarini birlashtirish, maʼmuriy markazlarini belgilash va
koʻchirish, nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish va boshqa vazifalar
tegishli tuman hokimlarining
iltimosnomasiga asosan, xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan,
Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa - Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan amalga
oshirilishi belgilangan
Davlat
- jamiyatning oliy siyosiy instituti boʻlib, shu jamiyat yashayotgan
mamlakat fuqarolari manfaatini himoya qilish uchun oʻrnatiladi. Davlatlar
mamlakat chegaralarini himoya qiladi, boshqa mamlakatlar bilan aloqada boʻladi,
qonunchilik bilan shugʻullanadi va hokazo. Mamlakat miqyosida jamiyatni
uyushtirish masalalarini hal qilib, uning tashqi munosabatlarini belgilash
vakolatlari boʻlgan hukmron tuzilma hisoblanadi. D. jamiyatni oʻz qonun-
qoidalariga koʻra idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil topadi. D. toʻgʻrisidagi
nazariya huquqshunoslikning muhim sohasi hisoblanadi. D. va uning kelib
chiqishi, rivojlanish bosqichlari, mohiyat va vazifalari haqida turlicha fikrlar
mavjud.
D. masalasi haqidagi qarashlar, taʼlimotlar. D. hokimiyati hamda huquqiy
xayot hodisalari hamma zamonlarda alohida dolzarblik kasb etib kelgan. D.
toʻgʻrisidagi ilk tushuncha va qarashlar mil. av. taxminan 4—3-mingyilliklarda
Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda paydo boʻlgan. Ular asosan diniy-
mifologik harakterda edi. Avesto taʼlimotiga koʻra, hokimiyat, haqiqat, adolatlilik
3 axloqiy-huquqiy asosga: ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amalga tayanadi. D.ning
vazifasi yovuzlikka qar-shi yaxshilik, tinchlik va insonlarning baxtlisaodatli
hayotini taʼminlashdir. Islom dini taʼlimoti boʻyicha, Allohnpng oʻzi oliy qonun
sohibi. Uning talablari, koʻrsatmalari pay-gʻambarlar orqali insonlarga yetkaziladi.
D. boshliqlari - podsholar, xonlar xudoning yerdagi soyasi, vakili hisoblanadi.
Diniy-mifologik taʼlimotlar bilan birga, keyinchalik D. toʻgʻrisidagi
dunyoviy qarashlar, gʻoyalar rivojlandi. Bunda Platon, Aristotel, Forobiy, Beruniy,
J.J.Russo, G.Grotsiy, Spinoza, Lokk, Monteskye, Kant, Jefferson va b. katta hissa
qoʻshdilar. Bugungi dunyoviy D.larda ana shu mutafakkirlar taʼlimotlari muayyan
darajada oʻz aksini topgan. Aristotel qam, Forobiy ham insonlar hayotiy zarur
masalalarni yechishda va oʻz ezgu orzulariga erishishlarida tabiat insonga ato etgan
huquqlar (dunyoga kelish, yashash, oila qurish va hokazo) asosida D.ga
birlashadilar, deb hisoblagan. D.ga jamiyatda tinchlikni, tartibni taʼminlovchi,
jamiyatni idora qiluvchi hokimi-yat sifatida qaragan. "Davlat - huquqqa rioya etish,
u umum manfaati yoʻlida tuzilgan erkin kishilarning mukam-mal ittifoqi"
(Grotsiy), "D. huquqiy qonunlar himoyasida boʻlgan koʻpchilik odamlarning
birlashmasidir" (Kant). Gʻarbiy yevropalik olim J. Boden "D. ichki va tashqi
siyosatda mustaqildir", deyish bilan suverenitet, suveren hokimiyat haqidagi fikrni
ilgari surgan. Fransuz mutafakkiri J.J. Russo esa suverenitet xalqniki degan edi. T.
Gobbs bu xususda oʻzicha tavsif berib, suverenitet sohibi bir shaxs, davlat
boshligʻi yoki bir necha kishilar boʻli-shi mumkinligini eʼtirof etgan. U D.
zimmasiga "qoʻl ostidagilarga tinchtotuvlikni baxsh etish, ular xavfsizligini
taʼminlash yuklatiladi", deb yozgan. D. haqidagi nazariyalar qanchalik xilmaxil
boʻlmasin, D.ning hamma yerda tashkil topish va rivojlana borish jarayoni oʻz
yoʻli bilan kechdi.
Poytaxt
- davlatning bosh shahri, mamlakatning maʼmuriy-siyosiy markazi.
P., odatda, markaziy (umummilliy) xukumat, parlament va sud muassasalari
qarorgohi hisoblanadi. Odatda, P. aloxdsa boshqaruv tartibi boʻlgan mustaqil
maʼmuriy birlikka ajratiladi. Koʻpchilik federativ davlatlarda P. federatsiyaning
biron-bir subʼyekti tarkibiga kirmaydigan va federatsiyaning mustaqil subʼyekti
hisoblanmaydigan maxsus federal okrug hududida joylashgan boʻladi. Koʻpchilik
mamla-katlarda P. qayerda boʻlishi konstitutsiya matnida toʻgʻridan-toʻgʻri
koʻrsatiladi. Chunonchi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 6
moddasida "Oʻzbekiston Respublikasining poytaxti - Toshkent shahri" deyilgan.
Poytaxt
- davlat yoki maʼmuriy hududning bosh shahri. Aksar hollarda
poytaxtda hokimiyatning bosh organlari va boshqarmalari, davlat boshligʻining
qarorgohi, Oliy Sud va boshqa muhim muassasalar joylashgan boʻladi.
Dostları ilə paylaş: |