«Отчёты» (Hisobotlar) ilovasini tanlash.
2.
«Создать» (Yaratish) tugmachasini bosish.
3.
«Новый отчёт» (Yangi hisobot) muloqot oynasida quyidagi bo’limlardan
birini tanlash:
—
«Автоотчёт: в столбец» (Avtohisobot: ustunli) — har bir maydon
sarlavxasi chap yonida bo’lgan aloxida satrni tashkil etadi.
—
«Автоотчёт: ленточный» (Avtohisobot: tasmali) — har bir yozuv
maydoni alohida satrni tashkil etadi. Bunda sarlavxa har bir saxifaning ustida chop
etiladi.
4. Hisobotga kiritiladigan ma’lumotlarni o’z ichiga oluvchi jadval yoki
so’rovni tanlash.
5.
OK tugmachasini bosish.
Hisobot ustasi yordamida hisobot yaratish 1. MB muloqot oynasida
«Отчёты» (Hisobotlar) ilovasini tanlash.
2.
«Создать» (Yaratish) tugmachasini bosish.
3.
«Новый отчёт» (Yangi hisobot) muloqot oynasida kerakli hisobot ustasini
tanlash. Bunda ustaning bajarishi mumkin bo’lgan ishlari ro’yxati muloqot
oynasining chap qismida chiqadi.
4. Hisobotga kiritiladigan ma’lumotlarni o’z ichiga oluvchi jadval yoki
so’rovni tanlash.
5.
OK tugmachasini bosish.
6. Agar 3-qadamda hisobot ustasi, diagramma ustasi yoki yopishtiriluvchi
suratlar ustasi tanlab olingan bo’lsa, ularga tegishli muloqot darchalarida chiqadigan
ko’rsatmalarni bajarish lozim. Agar avtohisobot ustalaridan biri tanlab olingan
bo’lsa, hisobot avtomatik tarzda yaratiladi.
Yaratilgan hisobotga o’zgartirish kiritish kerak bo’lsa, buni
«Конструктор» holatida bajarish mumkin.
Hisobot ustasisiz hisobot yaratish 1. MB muloqot oynasida
«Отчёты» (Hisobotlar) ilovasini tanlash.
2.