3- mavzu: O‘zbek tilining leksik qatlamlari Reja: Hozirgi o‘zbek tili leksikasi tarixi. O‘zbek tili leksikasining boyish manbalari



Yüklə 38,67 Kb.
səhifə1/3
tarix05.12.2023
ölçüsü38,67 Kb.
#172733
  1   2   3
O\'TSQ 3-amaliy mashg\'ulot-1


3- mavzu: O‘zbek tilining leksik qatlamlari
Reja:
1. Hozirgi o‘zbek tili leksikasi tarixi.
2. O‘zbek tili leksikasining boyish manbalari.
3.O‘z qatlam va o‘zlashgan qatlam.
Mahmud Qoshg‘ariydan keyin katta badiiy va ilmiy asarlar yaratgan buyuk mutafakkir, she’riyat olamining sultoni Alisher Navoiy o‘z ijodida filologiya, ayniqsa, lingvistika masalalariga katta e’tibor bergan. Uning mashhur lingvistik asari bo‘lgan “Muhokamatul lug‘atayin” (Ikki til haqidagi muhokama) asarida turk tilining, yangi o‘zbek adabiy tilining fors va boshqa tillardan tubdan bir emasligini yoritib beradi. U so‘z va uning ma’nosi, til bilan tafakkur o‘rtasidagi munosabat, tillarning kelib chiqishi, ona o‘zbek adabiy tilidagi so‘zlarning ma’no boyligi, omonimiya, so‘z boyligi va sinonimiya, so‘z yasash masalalari va boshqa filologik muammolar haqida fikr yuritadi. Navoiy qadimgi greklar “logos” so‘zini turlicha qo‘llaganlari kabi so‘z bilan uning ma’nosini ko‘pincha birga olgan va ularni ajratmagan. U so‘z atamasini “so‘z” ma’nosida ham, “ma’no”, “tushuncha” ma’nosida ham ishlatgan. Tilning chiqib kelishi to‘g‘risida o‘rta asr sxolastikasi (tajribaga asoslanmagan, quruq, puch ma’no) ta’sirida bo‘lgan. 
Navoiy qadimgi o‘zbek adabiy tilining morfologiyasini atroflicha tahlil qildi. Masalan, u fe’lning o‘zlik, orttirma va birgalik nisbatlarini, ravishdosh shaklini, ko‘makchi fe’l yordamida tuzilgan murakkab fe’llarni, sifatning orttirma darajasini va kuchaytirma shakllarini, ayrim so‘z yasovchi affikslarning (masalan, -chi, -vul, -g‘ul, -l) ma’nolarini misollar bilan izohlab berdi.
Navoiy eski o‘zbek adabiy tilining formalariga (shakllariga) katta e’tibor qaratgan, ayniqsa, unlilarga u 9 ta unlini ajratadi. Undoshlarga kelganda, arabcha so‘zlarni arablar qanday yozgan bo‘lsalar, shunday yozish prinsipi (tamoyili) asosida ish tutgan. Hamda ba’zi bir arab undoshlarini o‘zbek tilining undoshlar sistemasiga (tarkibiga) kiritgan. Alisher Navoiydan so‘ng uning boy adabiy va ilmiy merosini izohlash uning asarlarida qo‘llangan so‘zlarni, so‘z shakllarini fors va boshqa turkiy tillarga tarjima qilish kabi filologik ishlar bajarilgan. Navoiy yaratgan va meros qilib qoldirgan o‘zbek adabiy tili qonun-qoidalariga asoslanib, undan keyingi tilshunos olimlar ko‘p asarlar yaratganlar.
Alisher Navoiy "Muhokamat ul-lugʻatayn" ("Ikki til muhokamasi", 1499) "da oʻzbek tilining boyligini, qudratini, oʻsha zamonning adabiy tillari qatoridan oʻrin olishga qodir va haqli ekanligini ilmiy tomondan isbotladi. Asarda oʻzbek (turkiy) va fors tillari unli tovushlar, leksika va morfologiya doirasida oʻzaro qiyoslanadi. Dastlab har ikki tildagi unlilar qiyoslanganda, shoir fors tilida unlilar soni cheklanganligi, oʻzbek tilida esa unlilar bir qancha maʼno farqlovchi variantlarga ega ekanligi va ular uzaro uzun-qisqaligi bilan ajralib turishini dalillar orqali koʻrsatib bergan.
Alisher Navoiy oʻzbek va fors tillari leksikasini qiyoslash uchun tabiat manzaralari, uy-roʻzgʻor buyumlari, ov jarayoni, hayvon va qushlarning turlari kabi juda koʻp sohaga oid yuzlab soʻzlarni keltirib, bu soʻzlarning mukrbalasi forschada yoʻkligini, forslar koʻpincha oʻsha oʻzbekcha soʻzlarning oʻzini ishlatishlarini taʼkidlab, oʻzbek tilining boy imkoniyatlarini har tomonlama koʻrsatgan. Mana shunday fikrlaridan ayrimlari: "...xoʻblarning koʻz va qoshlari orasinki, qabogʻ derlar, forsiyda bu uzvning oti yoʻqtur..".
Alisher Navoiy soʻzlarning koʻp maʼnoliligi, sinonimlar jihatidan ham oʻzbek tilining imkoniyati kengligini, ularning sheʼriyatda turli nozik maʼnolarni ifodalashdagi ahamiyatini (ot, it, tush, yon, yoq, bor, sogʻin, tuz, koʻk kabi soʻzlar talqinida) koʻrsatadi. Navoiy grammatik jihatdan ham oʻzbek tili fors tiliga nisbatan baʼzi imkoniyatlarga ega ekanligini tahlil etadi. Maʼlumki, qaysi til maʼ-noni qisqa yoʻl bilan ifodalay olsa, shu til rivojlangan til hisoblanadi. Oʻzbek tilining rivojlangan til ekanligini shoir zaruriy misollar bilan koʻrsatib beradi. Mas, oʻzbek tilida birgalik nisbat qisqagina -sh affiksi orqali yasaladi: "va masdargʻa bir shin harfi ilhaq qilmoq bila ul maqsudni topibdurlar. Andoqki chopishmoq va topishmoq va quchushmoq va oʻpushmoq va bu shoye lafzdur". Forslar bu maʼnoni soʻz birikmasi orqali ifodalaydilar. Navoiy shaxs oti yasovchi qoʻshimchaning xususiyatini 30 ga yaqin soʻz misolida isbotlab (qoʻrchi, suvchi, nayzachi, yurtchi, qushchi, barschi, qoʻychi, turnachi, kiyikchi va h.k.), oʻzbek tilining soʻz yasash va fikr ifodalash jihatidan ham oʻziga xos imkoniyati mavjudligini koʻrsatgan.
Navoiy oʻzbek tilining boyligi va qudratini, ifodaviy imkoniyatini asosli tahlil etib, quyidagi xulosaga keladi: oʻzbek tilida bu xildagi nozik maʼnoli so’z va iboralar koʻp, ammo "bu kunga degincha hech kishi haqiqatigʻa muloxaza qilmogʻon jihatidan bu yashurun qolibdur... hunarsiz turkning sitam zarif yigitlari osonliqqa boʻla forsiy alfoz bila nazm ayturgʻa mashgʻul boʻlubturlar". Shuning uchun Navoiy oʻzbek shoirlarini uz tilida ijod qilishga daʼvat etadi.
Soʻz sanʼati, notiqlik, nutq madaniyatiga qadim-qadimdan alohida eʼtibor qaratilgan. Bu sohada gʻarb allomalari soʻz bilan taʼsir koʻrsatish, kishilarni ishontirish va oʻz ortidan ergashtirish mahorati haqida qarashlarini bayon qilgan boʻlsa, sharq mutafakkirlarida aksincha, ular nutq madaniyatini, asosan, suhbat odobi, tinglash madaniyati sifatida eʼtirof etgan. Soʻz mulkining sultoni Hazrat Navoiy oʻz asarlarida notiqlik va nutq madaniyatiga oid qimmatli maʼlumotlar keltirgan. Navoiyning tilshunoslik va notiqlikka oid qarashlari nafaqat “Muhokamat ul-lugʻotayn” asari, balki “Xamsa”, “Chor devon”, gʻazal, ruboiy, qitʼalarida ham ifodalangan.
Husn jamoli yoʻq odam shirin soʻz boʻlsa,
Goʻzal va shirin soʻzi bilan barchani qoʻlga oladi.
Mazkur bayt Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida keltirilgan boʻlib, mutafakkir kishilarni xushmuomalalikka chaqiradi. Yaxshi bilamizki, uzumdan ham shinni, ham may tayyorlash mumkin. Til ham xuddi shunday. Shuning uchun xalq donoligida “Yomon soʻz bilan pichoq qinidan chiqar, yaxshi soʻz bilan ilon inidan” singari purmaʼno bitiklarni koʻramiz. Darhaqiqat, buyuk alloma bobomiz mana shunday donolik bisotidan oʻz asarlarida foydalangani, shubhasiz, albatta.
Navoiy yana bir oʻrinda “gapirganda sharoitni, suhbatdoshingni hisobga ol. Oʻrinsiz soʻz aytma…”, deydi. Yaʼni, boʻlajak voizlar nutq soʻzlayotganda, albatta, tinglovchilarning yoshi, jinsi, dunyoqarashi, kasbi va oʻsha paytdagi shart-sharoitni inobatga olmogʻi darkor. Masalan, notiq, soʻzlovchi oʻz fikrini mutaxassis va mutaxassis boʻlmagan kishilarga bir xil tarzda yetkazolmaydi. Negaki, insonlarning qiziqishi va kasb-koridagi tafovut nutq mazmunini turlicha qabul qilishiga olib keladi. Shuning uchun notiq someʼlar imkoniyatini ham hisobga olishi kerak.
Yana bir misol: “… bir deganni ikki demak xush emas, soʻzchi takror topdi dilkash emas”. Navoiy aytmoqchi-ki, soʻzni takror qoʻllash nutqiy gʻalizlikka olib keladi. Fikr taʼsirini kamaytirib, soʻz qadrini toʻkadi. Bundan tashqari, Navoiy diling va tiling bir boʻlsin. Doim rost soʻzla, nutqing halol boʻlsin deya, kishilarni rostguylikka, qisqa va aniqlikka eʼtibor berishga oʻrgatadi.
Gapni avval oʻylab, xayolda mukammallashtirib, tartibga keltirib, soʻng soʻzlash lozim. Yoʻqsa, sukut eng maʼquli. “Soʻzni koʻngulda pishqormaguncha, tilga keltirma, harnakim koʻngulda boʻlsa tilga surma…” Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq nomaʼqul boʻlib chiqsa, tilning ofatidir.
Biz ona tili va adabiyot saboqlari kechimida tilni vosita, nutqni jarayon sifatida oʻrganamiz. Xaqiqatdan ham, til qancha boy imkoniyatlarga ega boʻlmasin, undan unumli foydalana olmaslik nutqning qashshoqlashuviga, tilning koʻlamdorlik xususiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Aytish mumkinki, Alisher Navoiy oʻzbek tilining oʻz davrigacha hech kim anglamagan va foydalanmagan imkoniyatlarini ilgʻagan va uni oʻz asarlarida qoʻllay olgan. Tilni amaliy, nazariy, ilmiy jihatdan oʻrganib, yuksak choʻqqiga koʻtargan.
Ma’lumki, o‘zbek xalqi tarixiy davrlar mobaynida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqada bo‘lib kelgan. Bu aloqalar o‘zaro aloqada bo‘lgan xalqning tiliga ma’lum darajada o‘z ta’sirini o‘tkazadi. O‘zaro ta’sir natijasida tilning barcha bo‘limlarida: fonetika, leksika, grammatika kabilarda o‘zgarishlar yuz beradi. Tildagi o‘zgarish va rivojlanish tilning leksikasida kuchli bo‘ladi.

O‘zbek xalqi qardosh bo‘lmagan tojiklar bilan qadimdan aloqada bo‘ldi. SHuning tarixiy sabablar bilan bog‘liq holda arab, ruslar bilan aloqada bo‘ldi. Hozirgi davrga kelib bir qancha xorijiy davlatlar bilan do‘stona aloqalar o‘rnatgan. Bular o‘zbek tili leksikasiga ko‘plab so‘zlarning o‘zlashishiga sabab bo‘lmoqda.



Yüklə 38,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin