kafolatlaydi deb ishonish mumkin emas. Kommunikator mustaqil tarzda, o’z
marketing va reklama faoliyati xususiyatlarini hisobga olib, eng samarali usulni
tanlashi lozim.
Reklama faoliyati – reklama agentliklarini amalga oshirishda reklama
beruvchilarning asosiy hamkorlari faoliyati xususiyatlari haqida batafsilroq
to’xtalamiz.
1. Reklama xarajatlari hajmini belgilovchi asosiy omillar quyidagilardir: bozor
hajmi va o’lchamlari; reklama qilinuvchi tovarning o’ziga xosligi va yashovchanlik
davrining qaysi bosqichida ekanligi; reklama beruvchining andozalari va qudrati;
reklama beruvchining marketing strategiyasida reklamaga berilgan o’rin, asosiy
raqobatchi sarflaydigan reklama xarajatlarining hajmi va boshqalar.
2. Reklama byudjetini ishlab chiqish bo’yicha chiqariladigan qarorlarning
barchasini shartli ravishda ikki katta blokka bo’lish mumkin: reklama uchun
ajratiladigan mablag’ning umumiy hajmini belgilashga oid va reklama byudjeti
mablag’larini uning xarajatlari moddalari bo’yicha taqsimlashga oid qarorlar.
3. Reklama uchun ajratilgan mablag’ni taqsimlash quyidagi yo’nalishlarda olib
boriladi: reklama faoliyatining vazifalariga ko’ra; sotilish hududlari bo’yicha;
reklama vositalari bo’yicha; reklama qilinuvchi tovarlar bo’yicha.
4. Yuklatilgan vazifalariga ko’ra reklama byudjetining asosiy moddalari
quyidagilar: ma’muriy xarajatlar; reklama makoniga ega bo’lish uchun
sarflanadigan xarajatlar; reklama tashuvchilarni ishlab chiqarish uchun ketadigan
moddiy sarf-xarajatlar; gonorarlar va xarajatlaning boshqa turlari.
Dostları ilə paylaş: