|
|
səhifə | 9/9 | tarix | 16.08.2022 | ölçüsü | 20,4 Kb. | | #63143 |
| @Latin kirill bot
statistik axborotlarni almashish, respublikaning rivojlanishi toʻgʻrisida
materiallarni xalqaro statistik toʻplamlarda chop etish uchun axborotlarni tayyorlash;
7. Boʻlim oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi
funksiyalarni amalga oshiradi:
Davlat statistika ishlari dasturi, Davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish
dasturi, statistika boshqarmasining ish rejalarini, boʻlim ish rejasini, Boʻlim
vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini
ishlab chiqishda ishtirok etadi va ijrosini taʼminlaydi;
Davlat statistikasini tashkil etish sohasida qonun hujjatlarini yanada
takomillashtiri va hujjat loyihalarini belgilangan tartibda Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va tegish organlarga kiritish boʻyicha takliflarni
tayyorlashda ishtirok etadi;
Boʻlimning ish usullarini yanada takomillashtirish, fuqarolar murojaatlarini
oʻz vaqtida koʻrib chiqish va munosabat bildirish, xodimlarning yuklatilgan
vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun masʼuliyatlarini oshiradi;
korxonalar va tashkilotlar haqida belgilangan tartibda toʻliq va aniq
maʼlumotlar bilan davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari hamda boshqa
foydalanuvchilarni taʼminlaydi;
mehnat munosabatlari boshqarmasi, soliq organlari va boshqa organlar bilan
oʻzaro hamkorlik qiladi;
statistik demografiya va mehnat sohasiga oid maxfiy statistik maʼlumotlarni
oʻz ichiga olgan axborotlarni saqlash va himoyalashning tegishli tartibini
taʼminlaydi;
hududiy statistika organlariga uslubiy hamda amaliy yordam koʻrsatadi;
Boʻlim tomonidan ishlab chiqiladigan statistik koʻrsatkichlarning ishonchliligi,
xolisligi, tezkorligi, komplekliligi va tizimliligini taʼminlaydi;
Boʻlim oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni toʻliq, oʻz vaqtida va
sifatli bajarilishini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilangan iqtisodiyotning eng muxim ustivor yoʻnalishlarini,
Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasini,
iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, tarkibiy oʻzgartirish va
diversifikatsiya qilish boʻyicha ishlab chiqilgan dasturlarda belgilangan vazifalarni
hamda mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning tendensiyasini
(holatini) hisobga olgan holda taʼminlaydi;
Boʻlim oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga
oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|