3-4 sinflar uchun test
1. 5 ta nonvoy 5 soatda 5 ta non pishiradi. 15 ta nonvoy 10 soatda nechta non pishiradi?
a) 15 b) 10 c) 30 d) 150
2. 7 ta sonning yig’indisi 120 ga teng . Bu sonlarning xar biriga qandaydir sonni
qo’shganda, yig’indi 148 ga teng bo’ldi. Qo’shib hisoblangan sonni toping
a) 7 b) 4 c) 28 d) 48
3. Quyidagilardan qaysi shaklning yuqoridan, yonidan, old tomondan ko’rinishlari
berilgan?
4. Raqamlari yig’indisi 3 ga teng bo’lgan to’rt xonali sonlar nechta?
a) 3 b) 6 c) 9 d) 10
5. 1234567891011121314151617181920 sonning toq o’rinda turgan raqamalri o’chirildi.
Hosil bo’lgan 15 xonali sonning yana toq o’rinda turganlari o’chirildi. Bu jarayon yana
davom etdi. Eng oxirgi urinishda qaysi raqam qoldi?
a) 1 b) 8 c)4 d)5
6. Sariq va Qora masqaraboz koptok va sharik bilan sahna ko’rsatishdi. Sariq va Qora
masqaraboz mos ravishda sahnaga koptok va sharik bilan chiqmadi. Qora masqaraboz
nima bilan chiqishdi?
a) sharik b) koptok c) aniqlab bo’lmaydi
7. Quyidagilardan qaysi birining hajmi katta?
a)
b)
c)
d)
8. Tabiiy gaz – gaz holatidagi yoqilg’i bo’lib, u rangsiz, hidsiz va zaxarli bo’ladi.
Ushbu ma’lumotdan foydalanib quyidagilardan to’g’ri mulohazani toping
a) aholi turmush tarzida tabiiy gaz muhim o’rin tutadi
b) tabiiy gaz foydali qazilmadir
c) tabiiy gazni faqat quvurlar orqali uzatib foydalanish mumkin
d) tabiiy gaz miqdori cheklangan, shuning uchun tejash kerak
9. AA, BC, DF, HI, ____?
a) HI
b) IL
c) LL
d) LR
10. Akmal akvarium sotib olmoqchi. U xar hil akvariumlarni hajmlarini hisoblab ko’rdi.
Eng ko’p sig’imlisini sotib oldi. U necha litrli suv sig’adigan akvarium sotib olgan bo’lishi
mumkin? (Kublarning qirralari dm da berilgan)
a) 8 b) 7,5 c) 7 d) 6
11. Agar mendagi gullarning ikkitasidan boshqa hammasi atirgul, ikkitasidan boshqa
barchasi lola va ikkitasidan boshqa barchasi margarita guli bo`lsa, menda jami nechta gul
bor?
a) 6 b) 3 c) 16
12. Zoodo`kon sotuvchisi shunday dedi: - Aniqki bu to`tiqush o`zi eshitgan har qanday
so`zni takrorlaydi. Xaridor xursand bo`lib bu mo`jizaviy qushni sotib oldi va uyiga
keltirgach to`tiqush baliqday hech nima gapirmasligiga guvoh bo`ldi Lekin sotuvchi rost
so`zlagan edi. Bu qanday bo`lishi mumkin?
a) sotuvchi aniq aldagan b) to’ti gapirishni o’rganmagan
c) to’tining egasi gapira olmagan d) to’ti xaridorni tilini tushunmagan
13. O’quvchilar ikkitadan fandan imtixon topshirdilar.
№
O’quvchining
ismi
1-imtixon
Ball
2-imtixon
Ball
O’rtacha
ball
1
Muhammadali
Matematika
80
Ingliz tili
80
80
2
Gulnoza
Fizika
90
Fransuz tili
80
85
3
Ziroat
Ingliz tili
50
Fizika
90
70
4
Otajon
Matematika
80
Ona tili
50
65
5
Mustafo
Fransuz tili
90
Matematika
70
80
6
Iroda
Ona tili
80
Matematika
80
80
7
Davron
Matematika
60
Fransuz tili
70
65
8
Abdulaziz
Ingliz tili
80
Matematika
50
65
Qaysi fanlardan olingan ballar eng katta tafovutga ega?
a) ingliz tili va matematika
b) ingliz tili va fizika
c) matematika va ona tili
d) fransuz tili va matematika
14. Perimetri 32 ga teng to’g’ri to’rtburchakning tomonlari qanday bo’lganda yuzasi eng
kichik bo’ladi?
a) 1: 31 b) 1; 15 c) 1;32 d) 8;8
15. Rim raqamlari orqali berilgan masalani yeching: agar to’g’ri to’rtburchakning tomoni
XVI ga teng bo’lib, yuzi DCVIII ga teng bo’lsa, uning ikkinchi tomonini toping
a) CXXVIII b) XXXXVIII c) IVVIII d) XLVIII
16. Bobur, Lochin va Iroda shaxmat, musiqa to’garaklarga qatnashadilar. Bobur Iroda
bilan bir hil, Lochin bilan xar hil to’garakka boradi. Agar Lochin musiqa to’garagiga
borishi ma’lum bo’lsa, Iroda qaysi to’garakka boradi?
a) musiqa b) shaxmat c) aniqlab bo’lmaydi
17. Ikki kishi bankni tunamoqchi bo`lishdi. Buning uchun dastlab signalizatsiyani
o`chirish kerak. O`g`rilar bank devori yoniga kelishdi va ko`rishdiki signalizatsiya juda
yuqorida ekan. Ulardan biri ikkinchisining yelkasiga chiqdi ammo baribir signalizatsiyaga
yetmadi. Keyin ular o`rin almashishdi va signalizatsiyani o`chirishga muvaffaq bo`ldi.
Shunday bo’lishi mumkinmi?
a) mumkin emas b) mumkin c) ma’lumot noto’g’ri berilgan
18. Muhammadali katta yo’lda mashina minib ketyapdi. U xarakatlanayotgan mashinani
avval o’nga burdi, bir ozdan keyin yana o’ngga tomon xarakatlandi. Chorraxaga yetganda
esa chapga qayrildi. Yo’l chetida turgan o’rtog’I Behruzning oldiga to’xtadi. Uning
xarakat troyektoriyasi tasviri qaysi chizmaga mos kelishi mumkin?
a)
b)
c)
d)
19. Lochin kub o’yinchoqlarini ustma-ust terib o’ynab o’tiribdi. O’yinchoqlari orasida 5
ta kub bo’lib, ular uchta qizil, ikkitasi yashil rangda. Ikkita yashil rang orasida bitta qizil
kub bor. Agar Lochin eng birinchi bo’lib yashil kubni terishdan boshlagan bo’lsa, uchinchi
kubni ranggi qanday?
a) yashil b) qizil c) aniqlab bo’lmaydi.
20. Berilgan shaklning yuqoridan
ko’rinishini toping.
a)
b)
c)
d)
Dostları ilə paylaş: |