Kuchaytirgich – g‘ildiraklarni burishga sarflanadigan kuchni kamaytiradi, natijada avtomobilning boshqarilishini osonlashtirib, engil va qulay burilishni ta’minlaydi. Kuchaytirgich avtomobil notekis yo‘ldan yurganda rul chambaragiga ta’sir etadigan turtkini yumshatadi va avtomobilning katta tezlikda harakatlanishi xavfsizligini oshiradi. Masalan, boshqariluvchi g‘ildiraklardan biri shikastlansa, avtomobilning to‘g‘ri chiziqli harakatini va turg‘un holatini saqlab qolishga imkon yaratadi. SHuning uchun hozirgi paytda tezyurar engil avtomobillarning (Nexia) rul boshqarmasi ham kuchaytirgich bilan jihozlangan. Avtomobilning o‘tuvchanligi deganda yo‘lning notekis va o‘tish qiyin bo‘lgan joylardan kuzovning pastki qismini tegdirmasdan harakatlana olish xususiyatiga tushuniladi.
Avtomobilning o‘tuvchanlik qobiliyati ikki guruh ko‘rsatkichlari bilan baholanadi:
Geometrik ko‘rsatkichlar yo‘l notekisliklariga avtomobil qismlarini tegishi, tayanch tishlashish ko‘rsatkichlari esa o‘tishi qiyin yo‘l qismlari va yo‘lsiz joylarda harakatlana olish xususiyati bilan baholanadi.
O‘tuvchanlik bo‘yicha barcha avtomobillarni 3 guruhga bo‘lish mumkin:
umumiy ishlarga mo‘ljallangan avtomobillar (g‘ildirak formulasi 4x2 va 6x4);
yuqori o‘tish qobiliyatli avtomobillar (g‘ildirak formulasi 4x2 va 6x4);
o‘ta yuqori o‘tish qobiliyatli avtomobillar, maxsus komponovka va konstruksiyaga ega bo‘lganlar. Ularning barcha g‘ildiraklari etaklovchi ko‘p o‘qli bo‘ladi;
gusenitsali yoki yarim gusenitsali;
Avtomobil – amfibiya va boshqa turdagi yo‘lsiz sharoit- larda harakatlanishga mo‘ljallangan maxsus avtomobillar.
O‘tuvchanlikning geometrik ko‘rsatkichlarini ko‘rib o‘tamiz.
Eng past nuqta II – bu avtomobilning eng past nuqtasi bilan yo‘lgacha bo‘lgan masofa. Bu ko‘rsatkich avtomobilning harakat yo‘nalishiga joylashgan to‘siqlarga urilmasdan harakatlanishini belgilaydi.
13-rasm. O‘tuvchanlikning geometrik ko‘rsatkichi. O‘tuvchanlikning bo‘ylama va ko‘ndalang radiuslari ko‘rsatkichlari bilan belgilanib, bu avtomobilning bazasi (koleyasi) ichida joylashgan eng pastki nuqta va g‘ildiraklarga tegizib chizilgan aylana radiuslariga tengdir. Yo‘lida joylashgan to‘siqlarning balandligi va qiyofasi avtomobilning o‘tuvchanlik qobiliyatini belgilaydi. Ular qancha past bo‘lsa, avtomobilning ularga tegmasdan o‘ta olish qobiliyati shuncha yuqori bo‘ladi.
Oldingi va orqadagi osilish burchaklari, yo‘l yuzasi va oldingi yoki orqa g‘ildiraklar va avtomobilning oldi yoki orqasidan osilib turgan qismining eng past nuqtasidan o‘tkazilgan urinma orasidagi burchaklar o‘tuvchanlikni belgilab beruvchi ko‘rsatkichlardir.
Avtomobil o‘ta olishi mumkin bo‘lgan ostonaning eng balandligi etaklanuvchi g‘ildiraklar uchun g‘ildirakning 0,35-0,65 radius- ga teng.
Ayrim holatda ostonadan o‘ta olmaslikka avtomobilning tor- tish imkoniyati yoki yo‘l bilan tishlashish sifati sabab bo‘lmasdan, balki osilish burchagining kichikligi yoki eng past nuqtaning yo‘lga tegishi sabab bo‘lishi mumkin. Bu, ayniqsa, osilish (sves) burchagi kichik bo‘lgan shahar va shahar atrofi avtobuslari uchun xarakterlidir. O‘tish uchun kerak bo‘lgan eng kam kenglik avtomobilning kichik radiusda burilishini baholaydi (Masalan, karerlarda yuklash maydonchalarida).
Gorizontal tekislikda mashina harakati yo‘nalishini o‘zgartira olishiga alohida undan foydalanish xususiyati sifatida qaralishi mumkin. Tirkama yoki yarim tirkama bilan ishlaganda avtomobil harakati yo‘nalishining o‘zgartirish ko‘rsatkichi yomonlashadi, chunki avtopoezd harakatlanish bo‘lagining kengligi yakka avtomobilnikidan katta bo‘ladi. Bunda o‘tuvchanlikning tayanch tishlashish ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
past uzatmada avtomobil hosil qilishi mumkin bo‘lgan eng katta tortishish kuchi;
tishlashi og‘irligi avtomobilning etaklovchi g‘ildiraklariga to‘g‘ri keladigan og‘irlik kuchi.
Tayanch yuzaga shinaning nisbiy bosimi, shinaga vertikal yukning kontakt yuzasiga nisbati bilan aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich avtomobil o‘tuvchanligi uchun katta ahamiyatga ega. Nisbiy bosim qancha kam bo‘lsa, tuproq shuncha kam emiriladi, g‘ildirak izining chuqurligi shuncha kam bo‘ladi, dumalash qarshiligi kamayib avtomobilning o‘tuvchanligi yuqori bo‘ladi.
Izning izga tushish koeffitsienti oldingi g‘ildirak izining orqa g‘ildirak iziga nisbati bilan aniqlanadi. Oldingi va orqa g‘ildirak izlari to‘la mos tushganda orqa g‘ildirak oldingi g‘ildirak izidan yurgani uchun dumalash qarshiligi eng kam bo‘ladi. Oldingi va orqa g‘ildirak izlari mos tushmaganda oldingi g‘ildirak qoldirgan iz devorlari orqa g‘ildirak emirishi uchun qo‘shimcha energiya sarflanadi. Shuning uchun yuqori o‘tuvchanlikka ega avtomobillarning orqa o‘qiga shina o‘rnatiladi va shu bilan dumalash qarshiligi kamaytiriladi.
O‘tuvchanlik ko‘p jihatdan avtomobil konstruksiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Avtomobillarga yuqori ishqalanishli differensial yoki g‘ildiraklararo hamda o‘qlararo blokirovka qilinadigan diffe rensiallar o‘rnatilishi, tuproq bilan yaxshi ilashadigan keng profilli shinalardan foydalanish o‘tuvchanlikni yaxshilash uchun qilinganligiga misol bo‘la oladi.