3-amaliy ish. EHM klassifikatsiyasi. 1946 yilda birinchi kompyuter Amerika qo’shma shtatlarida yaratildi. U o’z navbatida 18 mingta vakumli lampalardan tashkil topgan va og’irligi 30 tonnani tashkil qilgan. Bu kompyuterni egallagan maydoni 200 metr kvadratni tashkil qilgan. Uning energiya ta’minoti juda katta quvvatni talab qilgan. 1964 yilga kelib IBM kompaniyasi System 360 oilasiga mansub kompyuterni yaratganini e’lon qildi. Shundan keyin kompyuterlarni yaratish va ularni tashkil qiluvchilarni o’zgarishi tez suratlar bilan oshib bordi.
Kompyuterlarning xotirasining xajmi bir sekunda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning razryad torida tasvirlanishiga qarab, besh guruxga bo’lish mumkin1:
Xozirgi mavjud kompyuter texnikasini belgilangan vazifasiga ko’ra, quvvati bo’yicha, xajmi bo’yicha va element tarkibi bo’yicha sinflarga bo’linishi mumkin. Bunday bo’lininish shartli xisoblanadi. Buning sababi xozirgi vaqtdagi kompyuter texnikasi va u bilan bog’liq fanlarni tez suratlarda o’zgarib o’sib borayotganidir. Umuman olganda kompyuterlarni quyidagicha bo’lish mumkin:
Tezligi va ishlab chiqarish koefitsenti bo’yicha;
Vazifasi bo’yicha;
Ma’lum mutaxassisliklarda ishlatilishi bo’yicha;
Protsessorini tipi bo’yicha;
Arxitekturasining o’ziga xosligi bo’yicha;
Xajmi bo’yicha;
Ularni bajaradigan vazifasiga ko’ra xosil bo’ladigan sinflanishni quyidagicha bo’lishimiz mumkin.
Personal kompyuterlar. Personal kompyuterlar bitta foydalanuvchini extiyojini qoplash uchun mo’ljallangan bo’lib o’zaro bog’langan kompleks (monitor, klaviatura, protsessor (sichqoncha)) dan iborat. Bu sinf kompyuterlarini uyda va ofisda ishlatish uchun mo’ljallangan va biron-bir mutaxassislikka mo’ljallangan kompyuterlarga bo’lish mumkin.
2.10.rasm. Personal kompyuter.
Personal kompyuterlarga xos bo’lgan xususiyatlar quyidagilardan iborat:
Keng ommaga mo’ljallangan va keyinchalik foydalanuvchini xoxshiga ko’ra tuzilishini o’zgartirish mumkin bo’lgan, standart texnik qurilmalar. Ularning texnik xarakteristikalari o’rtacha qiymatga ega.
Mustaqil ishlatish uchun mo’ljallangan, tarkibiga qo’shimcha qurilmalar sifatida printer, skanner va boshqa qurilmalar qo’shilgan kompyuterlar.
Personal kompyuterlarning o’z imkoniyatlarini ishlatish bilan bir qatorda boshqa kompyuterning imkoniyatlarini tarmoq orqali ishlatishi (masalan InterNet).
Boshqaruv asosida ishlashi, boshqaruvchilar sifatida operatsion sistemalar xizmat qiladi.
Ishchi stantsiyalar. Ishchi stantsiya (ingl. Workstation) biron bir maqsad uchun mo’ljallangan vazifalarni echishga qaratilgan texnik va dasturiy maxsulotlar kompleksi.
Ishchi stantsiya - biron yo’nalishdagi mutaxasisning vazifalarini bajarishga mo’ljallangan kompyuter yoki kompyuter terminali (aloxida kompyuterdan boshqa joylashtirilgan informatsiyani kiritish va chiqarish qurilmasi), kerakli dasturiy ta’minot, kerak bo’ladigan qo’shimcha qurilmalar (printer, turli tashqi xotira qurilmalari, skannerlar va x.o.)
Ba’zan ishchi stantsiya sifatida server bilan birga ishlayotgan lokal tarmoqdagi kompyuter xam tushuniladi. Lokal tarmoqdagi kompyuterlar server va ishchi stantsiyalarga bo’linadi. Ishchi stantsiyada foydalanuvchilar amaliy dasturlar bilan turli vazifalarni jumladan ma’lumotlar bazasi bilan, turli xujjatlar bilan ishlaydi va turli xisob-kitob ishlarini amalga oshiradi. Server kompyuter tarmoqqa xizmat qiladi va o’zidagi resurslarni tarmoq orqali boshqa kompyuterlarga taqdim qiladi shu jumladan ishchi stantsiyalarga xam.
Ishchi stantsiyalarning o’ziga xos xususiyatlari ular ma’lum gurux vazifalarini echishga qaratilgan bo’lganligi uchun ularning ba’zilarida keng xajmli monitorlar (grafik informatsiya bilan ishlash uchun mo’ljallangan), turli multimediya qurilmalari (ovoz va boshqa turdagi informatsiya bilan ishlash uchun), aloxida proektlarni bajarish uchun kerakli dasturiy ta’minot bilan ta’minlangan bo’lishi mumkin.