3-Amaliy ish. Hajmni vertikal va gorizontal qirqimlar yordamida hisoblash. Ishdan maqsad



Yüklə 1,15 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#167306
Mark-3


3-Amaliy ish.
Hajmni vertikal va gorizontal qirqimlar yordamida hisoblash.

Ishdan maqsad: Hajmni vertikal parallel qirqimlar usuli yordamida hisoblashni o`rganish.
Ko`p korxonalarda kon ishlari hajmini tez (operariv) hisobga olish aniqliligining yetishmasligi sababli hajmlarni marksheyderlik hisoblash asosiy hisoblanadi.
Portlatilgan tog` jinslari va foydali qazilmalar hajmlarini asosiy plan va kon ishlarining gorizonti bo`yicha hisoblashning quyidagi usullari mavjud: Hajmiy paletka, gorizontal va vertikal qirqimlar usullari.
Vetikal qirqimlar usulida qirqimlar plandagi ruda uyumi ustida bir tekisda qiya yoki to`g`ri qilib o`tiladi. Ruda uyumi hajmiy tanasini vertikal kesuvchi tekisliklar bilan kesilganda, qirqimlarda trapetsiya va ushburchak kabi shakllar hosil bo`ladi. (3.1- rasm). Hosil bo`lgan trapetsiyalar “noto`g`ri” shaklda bo`ladi, shuning uchun ularni diagonal o`tish orqali uchburchaklarga bo`linadi va har bir uchburchak yuzalarini geometrik formulalar yordamida, ruda uyumi hajmini esa quyida, ishni bajarish tartibida keltirilgan formulalardan foydalanib hisoblab topiladi.

3.1.- rasm. Ruda uyumi planidagi vertikal qirqimlar.




Topshiriq: O`qituvchi tomonidan belgilangan variantlarni olish va ishni bajarish.
Ishni bajarish tartibi:
1. Bu usulda ruda uyumi hajmini hisoblash uchun ruda uyumi planida uyumning xarakterli nuqtalaridan parallel ravishda vertikal tekisliklar o`tkazamiz.
2. Parallel ravishdagi vertikal kesim chiziqlari bilan ruda uyumi pastki va yuqori qirralarining kesishish nuqtalarining balandlik qiymatlarini qirralarda berilgan nuqtalar balandliklaridan foydalanib interpolyatsiya usulida aniqlaymiz.
3. Aniqlangan kesishish nuqtalari balandlik qiymatlaridan foydalanib hosil bo`lgan vertikal kesimlar shaklini millimetrli qog`ozda, vertikal bo`yicha 1:500, gorizontal bo`yicha 1:1000 masshtabda yasaymiz.
4. Millimetrli qog`ozda yasalgan shakllar bo`yicha, parallel ravishda o`tkazilgan vertikal tekisliklar bilan kesishdan hosil bo`lgan shakllar balandliklarini, ularni yuzalarini grafik ravishda hisoblaymiz.
5. Plandan, parallel ravishda o`tkazilgan vertikal kesimlar orasidagi masofalarni plan masshtabi bo`yicha aniqlaymiz.
6. Parallel ravishda o`tkazilgan vertikal kesimlar bilan kesishdan hosil bo`lgan bo`laklar hajmini mos ravishda, millimetrli qog`ozda yasalgan shakllarning topilgan yuzalari va parallel ravishda o`tkazilgan kesimlar orasidagi topilgan masofalar qiymatlaridan foydalanib quyidagi formulalardan hisoblaymiz:
agar qo`shni kesimlar shakli yuzasining qiymatlari farqi 40% dan katta bo`lmasa, ushbu formuladan foydalanamiz.

agar qo`shni kesimlar shakli yuzasining qiymatlari farqi 40% dan katta bo`lsa, ushbu formuladan foydalanamiz.

bu yerda, Skesim yuzasi, m2;
d – kesimlar orasidagi masofa, m.
Parallel ravishda o`tkazilgan vertikal kesimlar bilan kesishishdan hosil bo`lgan bo`laklar hajmini qaysi formula bo`yicha hisoblashni aniqlash uchun, qo`shni kesimlar shakli yuzasining qiymatlari farqini (% da) hisoblab ko`ramiz. Buning uchun quyidagi formuladan foydalanamiz.

η ning qiymatini barcha qo`shni kesimlarda hisoblab chiqamiz va qaysi bo`lak hajmni hisoblashning qaysi formulasi bilan hisoblanishini aniqlab, tegishli formula bilan bo`laklar hajmini hisoblaymiz.
7. Hisoblangan bo`laklar hajmlaridan foydalanib, ruda uyumining umumiy hajmini quyidagi formula yordamida hisoblaymiz.

8. Hisoblangan ruda uyumi umumiy hajmini nuqtali paletkalar usulida topilgan ruda uyumi hajmiga solishtirib ko`ramiz. Ular orasidagi farq ruxsat etilgan farqdan oshmasligi kerak. Ular orasidagi farq quyidagicha tekshiriladi.

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin