3-AMALIY ISH Mavzu. Ma’lumotlarni qidirish usullari, algoritmlar va ularning samaradorligi. Qidiruv tushunchasi va uning vazifasi. Chiziqli qidiruv. Binar qidiruv. Qidirish usullari samaradorligi va optimallashtirish.
Kompyuter va kompleks tizimlarida ma’lumotlarni qayta ishlashda qidiruv asosiy va keng foydalanadigan amallardan biri hisoblanadi.
QIDIRUV bu ma’lumotlarning orasidan ma’lum bir belgilarga mos ma’lumotlarni topish yoki yo’qligini aniqlash jarayonidir.
Qidiruvning maqsadi - quyidagi jarayonlarning birini bajarilishidan iborat:
Qidiruvni amalga oshirayotganda 3ta xususiyat(atribut)ni ajratish mumkin:
1) Ma’lumotlar majmuasi - bu fayl yoki jadval ko’rinishidagi berilgan ma’lumotlar jamlanmasi (to’plami).
2) Kalit - ixtiyoriy maʼlumot (yoki tuzilma elementi) boshqa maʼlumotdan farqlashning biror bir belgisi.
3) Qidiruv mezoni – bu qidirilayotgan kalit belgisi ma’lumotlar yozuvlarida moslik sharti. (teng, yaqin, o’xshash va b.)
Chiziqli qidiruv // Chiziqli qidiruv funktsiyasi
int search (int arr[], int N, int key)
{
for (int i = 0; i < N; i++)
if (arr[i] == key)
return i;
return -1;
}
int main ()
{
int A[5] = {10,30,20,40,50};
cout << search (A,5,25);
return 0;
}
Bu yerda: arr[] – ma’lumotlar to’plami
key – qidirilayotgan ma’lumot
#include
using namespace std;
int main()
{
int n;
cin >>n;
int a[n];
for ( int i = 0; i < n;i++){
cout << "a[" << i << "] = "; cin >> a[i];
} // massiv e’lon qilish int k;
cout << "qidirilayotgan elementni kiriting ";cin >>k;
for ( int i = 0; i < n; i++){
if( a[i] == k ) {
cout << i+1 << " - element"<}
} // qidiralayotgan element tartib raqamini chiqarish
return 0;
}
Natija :
4
a[0] = 12
a[1] = 13
a[2] = 23
a[3] = 13
qidirilayotgan elementni kiriting 13
2 - element
4 - element