3-amaliy mashg‘ulot (2 soat)
Maqsad: Statistikada jamlashning va guruhlash usullarini, turlarini va uning qo’llanilishini, ahamiyatini talabalarga yetkazish.
Zarur adabiyotlar va jihozlar:
1. O’zbekiston Respublikasi «Davlat statistikasi to’g’risida»gi qonun. Xalq so’zi, 2002 yil 26 dekabr.
2. Shodiev X., Statistika (darslik). T.: «Abu Ali ibn Sino», 2004 – 34-39 betlar., Noutbuk va tarqatma materiallar
3. http://library.ziyonet.uz/ru/book/download/35990
Ishning mazmuni:
Statistikada jamlash: turlari va mohiyati
Guruhlash metodi: mohiyati, ahamiyati va turlari
Guruhlashi turlari
Statistik kuzatish o’tkazilib o’rganilayotgan hodisa to’g’risida ko’pdan-ko’p va turli-tuman tarqoq ma’lumotlar to’planadi. Bu ma’lumotlar asosida hali hech qanday fikr yuritib bo’lmaydi, chunki ular tarqoq va har xildir. Shuning uchun ham navbatdagi vazifa to’plangan ma’lumotlarni bir tizimga keltirish, tartibga solish, umumlashtirishdan iboratdir. Bu muammoni statistikada jamlash (svodkalash) metodini qo’llash bilan hal etiladi. Shundan statistik tekshirishning ikkinchi bosqichi boshlanadi.
Statistik jamlash (svodkalash) deganda har kuni radio va televizorda beriladigan informatsiyani tushunmaslik kerak. Ular ma’lum bir ishning bajarilishi to’g’risidagi operativ ma’lumotdir.
Statistik svodkalash deganda to’plangan ma’lumotlarni ilmiy tekshirishdan ko’zlangan maqsad va vazifalar nuqtai-nazaridan qayta ishlash tushuniladi.
Statistik jamlash hisoblash texnologiyasiga qarab oddiy va murakkab, tashkil qilinishiga qarab esa markazlashgan va markazlashmagan jamlashlarga bo’linadi.
Oddiy jamlash deganda olingan ma’lumotlarni umumiy yakunlarini hisoblash tushuniladi, murakkabda esa to’plam birliklari guruh va guruhchalarga ajratilib, ularning har biri va umumiy bo’yicha jamlab chiqariladi.
Markazlashgan jamlashda barcha ma’lumotlar bir erga to’planib, o’sha erda qayta ishlanadi. Masalan, aholi ro’yxati ma’lumotlarini qayta ishlash.
Markazlashmagan jamlashda ish pog’onama-pog’ona amalga oshiriladi, masalan, dastlab tumanda, keyin viloyatda va h. k.
Statistik jamlash bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi va quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi:
1.To’plangan ma’lumotlarni qayta ishlash rejasi va dasturi tuziladi.
2.To’plam birliklari o’rganilayotgan belgi bo’yicha guruhlarga ajratiladi.
3.Har bir guruh va umumiy to’plam bo’yicha jamlar chiqariladi.
4.Natijalar statistik jadvallarga joylashtiriladi va grafiklarda tasvirlanadi.
Dostları ilə paylaş: |