YeS - Yevropa ittifoqida sertifikatlashtirish. YeS Kengashi 1985 yilda asosiy standartlar va talablarini belgilash bo‘yicha ularning texnikaviy uyg‘unligi to‘g‘risida Direktivalar qabul qilgan.
Yevropadagi iqtisodiy uyushma (Yevropeyskoe ekonomicheskoe soobщestvo - YeES) shu hududdagi mamlakatlar hayotining yagona iqtisodiy siyosati asosida o‘zaro bog‘langan holda rivojlanish shaklini tanlab oldi. YeES ning tashkil topilganligi haqidagi bitim 1957 yil 25 martda Rim shahrida imzolandi. Dastavval bu uyushma olti davlat (Belgiya, Niderlandiya, Luksemburg, Italiya, Fransiya va GFR) vakillari bo‘lib, ularning asosiy maqsadi Yevropa umumiy bozorini tashkil qilish edi. Buning natijasida shu uyushmaga kiruvchi davlat lar orasida bojxonalar yo‘q kilinib, bir – birlariga o‘tayotgan mahsulotning miqdorlari chegarali ravishda belgilanib, shu mamlakatlardagi kapitallar ham ishchi kuchlari ham erkin holda o‘tishligi to‘g‘risida kelishib olindi.
1972 yili bu uyushmada Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya, 1981 yilda Gresiya, 1986 yilda Ispaniya va Portugaliya davlatlari qo‘shildi. 1995 yil arafasida esa YeES tarkibi 3 davlat (Avstraliya, Finlandiya va Shvesiya) vakillari bilan tuldi. Uyushma tarkibiga kiruvchi davlatlar soni endilikda 15 taga yetdi. Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy ushmasining doimiy idorasi - Yevropa kengashi (YeS) hisoblanadi.
YeS ning vazirlar kengashi markaziy va qonun chiqaruvchi idorasi hisoblanadi, har bir milliy hukumatdan bu kengash tarkibiga 1 tadan vakil yuborilgan.
Yevropa mamlakatlari uyushmasiga ko‘mir va po‘lat bo‘yicha Yevropa birlashmasi (YeOUS) ham kiradi.
Yevropa mamlakatlarining uyushmasi o‘zlarining EN 29000 raqamli standartlariga ega, bo‘lar esa ISO tomonidan tayyorlangan ISO 9000 raqamli standartlariga mos keladi.
Standartlashtirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi (SEN) va elektrotexnika sohasidagi standartlashtirish Yevropa qo‘mitalari (SENELEK) tomonidan yaratilgan standartlar e’tiborga sazovordir, ular yaratgan 7 ta asos bo‘luvchi 45000 raqamli standartlarni ko‘rsatish kifoyadir (EN 45001 – EN 45003 – EN 45011 – EN 45014 kabilardir), bu standlartlar sinov laboratoriyalarini sertifikatlashtirish.
Sifatga e’tiborni kuchaytiradigan ba’zi omillarni ta’kidlaydigan bo‘lsak, avvalambor bu, Yevropa bozorining narx raqobati kuchli bo‘lgan sifatli mahsulotlarni ko‘payishi yaqqaol ko‘zga tashlanadi. Bu esa o‘z navbatida sifatli mahsulot ishlab chiqarilishiga asos soladi. Umumiy bozorni tashkil qilish – ularning raqobatlashishi keyinchalik rivojlanishi uchun zaruriy, lekin yetarli bo‘lmagan omil, shuning uchun yangi yo‘nalishlarni izlash davom etmoqda. Izlanishlar shuni ko‘rsatayaptiki ba’zi Yaponiya va Amerika davlatlari kompaniyalari bu yo‘nalishlarda Yevropaliklardan o‘zib ketgan.
F.Krosbi assotsiatsiyasining izlanishlariga asoslanadigan bo‘lsak bir nechta, dunyo miqyosida tanilgan firmalar tekshirilganda Amerika va Yevropadagi sifatning raqobatlashishdagi roli har xilligi aniqlandi. Bu talabga Farbiy Yevropaning 34%, AQShning va Tinch Okeani regionlarining 53% kompaniyalari javob beradi. Sifat tizimlarining TQM konsepsiyasidan Yevropa firmalarining 30%i foydalanadi.
Amerika Federal institutining statistik ma’lumotlari bo‘yicha dunyoning 2800 ishlab chiqarish firmalari va sexlarining 70%i TQMga moslashgan. Sifatni boshqarish bo‘yicha Yevropa fondi (EFQM) mutaxassislari tadqiqotlariga qaraganda mahsulotning past sifatli bo‘lganligi sababli talabgorlarning mahsulotdan voz kechishi mahsulotning tan narxi bo‘yicha Yaponiyada 12%gacha, Yevropada esa 25% gacha zarar keltirishi aniqlangan.
Sifat bo‘yicha Yevropa siyosati quyidagi asosiy tamoyillarga suyangan holda ish yuritadi.:
kooperatsiya va bir-birini to‘ldirish tamoyili;
asosli yondashish;
ijtimoiylik tamoyili;
strukturalash tamoyili;
yangi sifat konsepsiyalarini qo‘llash.
Kooperatsiya tamoyillari va bir-birini to‘ldirish shunga olib boradiki, agar sifat siyosati milliy, regional va xalqaro saviyadagi talablarga javob bermasa, ishonch qozongan, samarali, qonuniy va texnikaviy bir muhit yaratilmasa ichki bozorning davomiyligi va intensivligini kafolatlay olmaydi.
Asosli yondashuv shunga tayanganki, sifat siyosati ishlab chiqarish siyosatining asosiy strategik elementlaridan biri hisoblanishi ayrim sohada emas, balki keng ko‘lamda raqobatbardoshlikni ta’minlaydi.
Ijtimoiylik tamoyili. Bu yo‘nalishda har xil milliy madaniyatlarning yumshoq integratsiyasi zarur. Shu bilan birga boshqaruvchi va ijro etuvchilar zvenosining bir-birini tushunishini ta’minlaydigan ishlab chiqarish atmosferasini yaxshilash. Umumiy maqsad – birlashgan Yevropadagi insonlar hayotiga aloqador bo‘lgan sifatni yaxshilash.
Strukturalash tamoyili sifat infrastrukturasining barcha elementlari orasidagi hamkorlik va Yevropa iqtisodiyoti talablariga javob berish maqsadida ularning kompaniyalar bilan hamkorligiga qaratilgan.
Yangi sifat konsepsiyasining qo‘llanishi sifatga yondashishning o‘zgarishini ta’kidlaydi. Firmalarni boshqarish strategiyasining yangi falsafasini shakllantirish va iste’molchilarning talablarini yanada to‘laroq qondirish maqsadida kompaniyaning butun faoliyat tarmoqlarining ish qobiliyatini yaxshilash va takomillashtirish lozim bo‘lib, bunda har bir tarmoq ichidagi munosabat va ular orasida “yetkazuvchi – mijoz” prinsipiga asoslangan holda ish yuritiladi.
Yuqoridagi tamoyillar va maqsadlarga ko‘ra Yevropa sifat dasturi tuzilgan (EQP) bo‘lib, bu dasturning asosiy maqsadi: YeS iqtisodiyotining butun kuchini birlashtirish; mahsulotlar va xizmatlarning sifatini oshirish orqali raqobatdoshlikni oshirishga yo‘naltirish, ishlab chiqarish tashkilotlarining ishini mukammallashtirish.
Dastur besh qismdan iborat:
Sifatni oshirish va buni muhim va zururligini asoslab berish.
Sifatni oshirish yo‘llari va usullarini ishlab chiqish, rivojlantirish va namoyish etish.
“Sifat infratuzilmasi” ning rolini oshirish.
Ta’lim va malaka oshirish masalalari.
Strukturaviy muvofiqlashtirish.
Ushbu dasturning birinchi qismiga qo‘yilgan masalalar quyidagilardan iborat:
Ichki bozordagi mahsulotlarning yuqori sifatini ta’minlovchi informatsiyalarni ishlab chiqaruvchi tashkilot rahbarlariga yetkazish;
Jamiyat doiralarida va to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchilar orasida sifatga to‘liq izoh bera oladigan ruhdagi keng reklama kompaniyalarini olib borish;
Bu borada muayyan muvaffaqiyatlarga erishgan firmalarni Yevropa sifat mukofoti bilan taqdirlash uchun zarur choralarni ishlab chiqish va tadbiq etish;
Boshqaruvchi va buyurtmachi orasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
Yevropa mahsulot va xizmatlar raqobatbardoshligiga ta’sir qiluvchi sifat ko‘rsatkichlari va mezonlarini o‘rganish;
Iste’molchiga yetkaziladigan mahsulot haqidagi barcha ma’lumotlarni tegishli va belgilangan tartibda markalash, shtrixli kodlash yoki maxsus simvollar orqali ifodalash.
Ikkinchi qismning vazifasi mahsulot sifatini yaxshilashda kompaniyalarga zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni ishlatishda hamkorlik qilish.
Bu qismda quyidagi vazifalar qo‘yilgan:
YeS ichida ilg‘or tajribani sifat boshqaruvlariga yoyish va o‘zaro usullar almashtirishni ta’minlash;
Yangi texnologiyalarni kiritish jarayonini boshqarish maqsadida mintaqaviy va milliy saviyadagi tajriba almashish amallarini tashkillashtirish.
Uchinchi yo‘nalish YeS yagona bozorini boshqarishga salbiy ta’sir qiladigan sifat infrastrukturasiga ta’sir qilish va uni ijobiy tomonga o‘zgartirishga qaratilgan. Bu quyidagilardan iborat:
Tashkil etuvchi sifat infratuzulmasi va manfaatdor kompaniyalar orasidagi aloqani rivojlantirish, xususan, sinash, sertifikatlashtirish va akkreditlash tizimida Yevropa tashkilotlarining rolini oshirish;
A’zo-mamlakatlar orasidagi ma’lumot almashtirishni kengaytirish;
Sinov laboratoriyalari orasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mahsulotni sertifikatlashtirish idoralari bilan hamjihatligini ta’minlash.
Sifat siyosati kabi uning dasturi ham mahsulot sifatini ta’minlash jarayonida band bo‘lgan xodimlarning mutaxassislik darajasiga katta e’tibor beradi.
To‘rtinchi qismning asosiy vazifasi sifat boshqaruvi jarayonlarida ishtirok etuvchi inson faktorlari boshdan-oyoq, yuqori zvenodagi boshqaruvchilardan past zveno ishchilarigacha o‘qitish bilan mehnat samaradorligini oshirish maqsadida qo‘yidagi masalalar e’tiborga loyiq:
O‘quv programmasini ishlab chiqish, ishchi sifat masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan firma personali, davlat va boshqa tashkilot ishlarini rag‘batlantirish tizimini yaratish;
Sifat boshqaruvi bo‘yicha mutaxassislarni sertifikatlashtirish tizimini yaratish;
Milliy va mintaqaviy saviyadagi tegishli tashkilotlar orasida ekspertlar tayyorlashni rivojlantirish.
Beshinchi qismning asosiy vazifasi “Sifat infratuzulmasi rolini oshirish va mustahkamlash uchun Yevropa Sifat Partiyasi”ni tayyorlashdan iborat. Buning uchun YeS standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tashkilotlari Yevropadagi sifat muammolari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tashkilotlar bilan hamjihatlikni ta’minlash masalalariga alohida ahamiyat beradi.
Shu bilan bir qatorda sinov markazlarining ishini boshqaruvchi milliy idoralarni qo‘llab-quvvatlash ham alohida o‘rin egallaydi. Bundan asosiy maqsad inson atrof muhitga zarari tegmasligi sharti bilan sifatni oshirish uchun qo‘llanadigan usullarini birlashtirishdan iboratdir.
Shu tarzda YeS sifat dasturi Yevropa Ittifoqining mahsulot va xizmatlar bo‘yicha jahon bozorida o‘zining mavqeini kuchaytirishga, sifat bo‘yicha raqobatdoshlik ustivorligini ta’minlashga qaratganligidan dalolat beradi deyishimiz ham mumkin.
Dasturni bajarishda amaliy ishlar sifat tizimini sertifikatlashtirish bilan bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: |