3-Amaliy mashg’ulot


Mustaqil yechish uchun masalalar



Yüklə 321,14 Kb.
səhifə4/10
tarix26.05.2022
ölçüsü321,14 Kb.
#59600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-amaliyot

Mustaqil yechish uchun masalalar

1. Sferik ko’zguga yorug’lik nuri tushmoqda. Quyidagi ikki hol uchun qaytgan nur yo’li qurish usulida topilsin. (1- rasm) Suratda : P – ko’zguning qutbi, O – optik markaz.

2. Nur d=30 mm qalinlikdagi shisha α=600 burchak ostida tushadi. Plastinkadan chiqqandan keyin nurning yon tomonga siljishi aniqlansin.
3. O’tkir uchli pona shaklidagi prizmaning sindirish burchagi 20. Agar prizma shishasining sindirish ko’rsatkichi n=1,6 bolsa, nurning prizma orqali o’tishdagi eng kam og’ish burchagi aniqlansin.
4. Narsa va uning bosh focus masofasi F=12 sm bo’lgan yig’uvchi linza hosil haqiqiy tasviri orasidagi mumkin bo’lgan eng kichik masofa l qanday bo’ladi.
5. Shishaning optik kuchi D=5dptr bo’lgan yassi qavariq linza tayyorlash talab qilinadi. Linzaning qavariq sirtining egrilik radiusi R aniqlansin.
6. Linza sirtlarining egrilik radiuslarining nisbati k=2. Qavariq sirtining egrilik radiusi R ning qanday qiymatida linzaning optik kuchi D=10 dptr bo’ladi.
7. Havoda yupqa linza D1=5dptr optik kuchga, muayyan suyuqlikka joylashtirilganda esa D2=-0,48 dptr optik kuchga ega. Agar linza yasalgan shishaning sindirish ko’rsatkichi n1=1,52 bo’lsa, suyuqlikning sindirisn ko’rsatkichi n2 aniqlansin.
8. Berilgan rasmlar asosida tasvir yasang. Tasvirlarning qaysisi haqiqiy va qaysisi mavhum ekanligini aniqlang?
9. Odam o’z oldiga a=12,5 sm masofada joylashtirilgan kitopni ko’zoynaksiz o’qimoqda. U optik kuchi qanday bo’lgan ko’zoynak taqishi kerak.
10. Mikroskop obyektivining focus masofasi f1= 1 sm, okulyarniki f2=2 sm. Obyektivdan okulyargacha bo’lgan masofa L=23 sm . Mikroskop qanday kattalashtirish beradi? Narsa obyektivdan qanday masofada turibdi?
11. Egrilik radiusi 40 sm bo’lgan botiq, sferik ko’zguda natural kattaligining yarmicha keladigan haqiqiy tasvir olinmoqchi. Buyumni qaerga qo’yish kerak va tasvir qayerda olinadi?
12. Buyumning botik sferik ko’zgudagi tasviri uning o’z kattaligidan ikki marta katta. Buyum bilan tasvir o’rtasidagi masofa 15 sm. Ko’zguning: 1) fokus masofasi va 2) optik kuchi aniqlansin.
13. Botiq sferik ko’zgu oldiga uning bosh optik o’qiga bu o’qqa tik holda yonib turgan sham o’rnatilgan. Sham bilan ko’zgu cho’qqisi orasidagi masofa 4/3 F ga tepg. Botiq ko’zgudagi shamnig tasviri fokus masofasi F1= 2F bo’lgan qavariq ko’zguga tushadi. Ko’zgular o’rtasidagi masofa 3F ga teng bo’lib, ularning o’qlari bir to’g’ri chiziqda yotadi. Birinchi ko’zgudagi shamning tasviri ikkinchi ko’zguga nisbatan mavhum buyum rolini o’ynab, ikkala ko’zgu o’rtasida joylashgan haqiqiy tasvirni beradi. Shu tasvir chizilsin va sistemaning umumiy chizikli kattalashtirilishi hisoblab chiqarilsin.

Yüklə 321,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin