3 Asosiy qism I bob: Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi



Yüklə 47,18 Kb.
səhifə1/12
tarix06.07.2023
ölçüsü47,18 Kb.
#135991
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
guli


Angren universetiti
Gumanitar ijtimoiy fanlar kofedrasi
M-M 103 guruh
Iqtisot nazariyasi fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Korxona foydasining taqsimlanishi va ishlatilishi.
Bajardi: Toshmurotov Gulchexra
Tekshirdi:

2023
MUNDARIJA:
Kirish........................................................................................................................3

Asosiy qism

I bob: Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi.......................................................................................................................8

1.1. Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish harajatlarining o‘zgarish tamoyillari................................................................................................................17
1.2. Xarajatlarning o‘zgarish tamoyillari .............................. ......... …………... .......19


II bob: Korxona foydasi va uning taqsimlanishi..........................................................................................................26

2.1. Korxonaning foydasini moliyaviy hisobotlarda aks ettirilishi……….............33

2.2. Mamlakatimiz korxonalarida tannarxni pasaytirish orqal foyda
normasini oshirishning asosiy yo‘nalishlari............................................................36
Xulosa............................................................................................................,…....38
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.....................................................................39

Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Mahsulot tannarxi korxona yoki ishlab chiqarish birlashmasi moliya-xo‘jalik faoliyatining hamma tomonlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichdir.


Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish tizimida birlashma va korxonalar faoliyatini baholashda foyda asosiy iqtisodiy ko‘rsatkich qilib olingan. Ammo bu mahsulot tannarxi ko‘rsatkichining ahamiyatini kamaytiradi, degan gap emas. Korxonalarning ishlab chiqarish-moliya rejasini tuzishda mahsulot tannarxi iqtisodiy ko‘rsatkichiga alohida ahamiyat beriladi.
Korxonalarda mahsulot tannarxini pasaytirishga qaratilgan e’tibor, muhim ustivor vazifani hal qilishda ishlab chiqarish resurslarini to‘g‘ri sarflash, belgilangan sarflash normativlariga rioya qilish, iqtisod qilish tartibini amalda keng qo‘llash lozim. Shuning uchun hozirgi sharoitda ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishni to‘g‘ri tashkil qilishga katta ahamiyat berilmokda.
Bugungi kunda korxonalar foydasini shakllanish jarayoni va uning taqsimlanishi har bir birlashmada ishlab chiqarish hisobi va tannarxni to‘g‘ri tashkil qilishning imkoniyatlarini shakllantirgan holda quyidagilarni o‘z ichiga oladi: avvaldan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan texnologiya rejasining mavjudligi, zamonaviy ishlab chiqarish talablariga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlari me’yorining mavjud bo‘lishi, ombor xo‘jaligining to‘g‘ri tashkil qilinishi va ishlab chiqarish zarur o‘lchov asboblari va moslamalar bilan ta’minlangan bo‘lishi, ishlab chiqarish xarajatlarining analitik schoti, kalkulyatsiya ob’ektlari hamda kalkulyatsiya birligini aniqlash, kalkulyatsiya moddalari, kompleks xarajatlar moddalari nomenklaturasini ishlab chiqish, kompleks xarajat moddalarini kalkulyatsiya ob’ektlari o‘rtasida taqsimlash usulini tanlash muhim hisoblanadi.Ushbu holat mamlakatimiz hududida mahalliylashtirish dasturini jadallashtirishda eng muhim ustuvor vazifalarni belgilaydi. Bu haqida mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida quyidagicha to‘xtalib o‘tdilar:
«Mahalliylashtirish dasturlarini amalga oshirish borasida to‘plagan tajribamiz bizning tashqi omillarga bog‘liqligimizni kamaytirish, ichki talabni shakllantirish va bozorlarimizni zarur iste’mol tovarlari hamda butlovchi mahsulotlar bilan to‘ldirish, tashkil etilgan ishlab chiqarish quvvatlarining to‘liq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, valyuta resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha muhim rol o‘ynashini amalda tasdiqlamoqda»1. Bu borda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishda korxonalarda xarajatlarni hisobga, xarajatlarni to‘liq va ishonchli aks ettirish (https://fayllar.org/umumiy-psixologiya-fanining-predmeti-tayanch-tushunchalar.html)korxona foydasi, uning taqsimlanishi va ishlatilishini aniq maqsadga yo‘naltirish dolzarb vazifalardan biri ekanligidan dalolat beradi.
Kurs ishining maqsadi korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari va foydasi bilan bog’liq tushuncha va ko’rsatkichlarni aniqlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini ochib berish, chuqurroq tahlil qilish orqali korxonalar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqishdan iboratdir.
Kurs ishining predmeti. Korxonalarning foydasi va uning taqsimlanishiga oid masalalar bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy jarayonlar hisoblanadi.
Kurs ishining obyekti. Bozor munosabatlari sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan turli mulkchilik shaklidagi korxonalarning foydasi va uning taqsimlanishiga oid masalalar bilan bog’liq bo’lgan masalalar Kurs ishining obyekti sanaladi.
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslari. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos strategiyasi, tamoyil va ustivorlari, xorijiy va vatanimiz olimlarining olib borgan ilmiy ishlari ilmiy izlanishning nazariy-uslubiy asosi bo’lib xizmat kiladi.
Kurs ishini tayyorlashda O’zbekiston Respublikasi Qonunlaridan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlaridan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining karorlaridan, Ozbekiston Respublikasi Makroiktisodiyot va Statistika Vazirligi, Ozbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi me’yoriy xujjatlari, kursatmalari, buyruklari va xisobotlaridan manba sifatida foydalanildi.

Ishining tarkibiy tuzilishi. Mazkur kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatlaridan tarkib topgan.


Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi
Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) o‘z faoliyati natijalaridan ko‘proq daromad olishga harakat qiladi. Har qanday korxona nafaqat o‘zining tovarini ancha yuqori baholarda sotishga, balki mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi.
Tovarlarni sotish baholari asosan korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish sarf-xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga bog‘liq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun ma’lum sarf xarajatlar talab etiladi.
Korxonalar faoliyat yuritish jarayonida moddiy va pul xarajatlarini sarflaydilar. Korxonalarning umumiy xarajatlari ichida ishlab chiqarish xarajatlari eng katta salmoqga ega. Ishlab chiqarish xarajatlari majmuasi korxonaga mahsulot ishlab chiqarish qanchaga tushushini ko’rsatadi, ya’ni mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi.
Korxonalar, shuningdek , mahsulotning sotish bo’yicha hhxarajatlarni, ya’ni ishlab chiqarishщdan tashqari yoki tijorat (tashish, qadoqlash, saqlash, reklama qilish va hokazo) xarajatlarning ham amalga oshiriladilar.
Mahsulot (ish, xizmat) tannarxni tashkil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmunga ko’ra, quydagi elementlarga asosan guruxlarga taqsimlanadi:
- moddiy xarajatlar ;
- asosiy fondlar amortizasiyasi;
- mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar;
- ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlar;
- boshqa xarajatlar;
Moddiy xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarning eng katta qismi bo’lib, umumiy xarajatlarning 60-80 foizini tashkil qilish mumkin. Moddiy xarajatlar o’z ichiga quydagilarni qamrab oladi:
- xomashyo va materiallar xarajatlari (https://fayllar.org/davr-xarajatlari-auditi.html);
- texnalogik maqsadlar va xo’jalik ehtiyojlari uchun sarflanuvchi yoqilg’i va energiya;
- xarid qiluvchi butlovchi qisimlar va yarim tayyor mahsulotlar;
- sotib olingan qadoqlash va o’rov materiallari xarajatlari;
- mashina va asbob-uskunalarni ta’mirlash uchun ehtiyot qisimlar;
- boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan ishlab chiqarish xizmatlari;
- xizmat davri bir yilgacha bo’lgan kichik qiymatli va tez eskiruvchi predmetning eskirishi yoki har bir instrument, investar, labaratoriya uskunalari va maxsus kiyim – bosh uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravar miqdorigacha qiymati;
- tabiy xomashyodan foydalanish bilan bog’liq soliq, yig’im va boshqa to’lovlar;
- ishlab chiqarishda bekor turib qolish va sifatsizlik (brak) tufayli yuzaga keladigan yo’qotishlar;
- tabiy yo’qotishlar bilan bog’liq bo’lgan yoki aybdor shaxslar mavjud bo’lmagan holda yuzaga keladigan yo’qotishlar.
Amortizasiya ajratmalari miqdoriga teng bo’lgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirishi xarajatlarining yirik elementlaridan biri hisoblanadi. Bular qatoriga asosiy fondlarning tezlashgan amortizasiyasi va uning indeksasiyasini kiritish mumkin.
Mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar – korxonalarning asosiy ishlab chiqarish personali mehnatga haq to’lashga sarflanadigan xarajatlar bo’lib, ishlab chiqarishdagi yuqori natijalar uchun mukofatlar, rag’batlantiruvchi va kompensasiya to’lovlari, jumladan, konunchilikda belgilangan me’yoriylar chegarasida narxlarning o’sishi va indeksasiya uchun to’lovlar, shuningdek, korxona xodimlari shtatida bo’lmagan, lekin asosiy ishlab chiqarishda bind bo’lgan ishchilar uchun to’lanuvchi haqini o’z ichiga oladi.
Mazkur xarajatlar elementlari qatoriga quydagilar kiritilagan:
- amalda bajarilgan ish uchun tarif stavkalari, lavozim maoshlari va shu kabilar asosida to’lanuvchi ish haqi;
- xodimlarga natural to’lov shaklida beriluvchi mahsulotlar qiymati;
- ishlab chiqarishdagi yuqori natijalar uchun beruvchi mukofot va boshqa to’lovlar;
- qonunchilikka asosan ba’zi tarmoqlardagi xodimlarga bepul beriluvchi kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-joy, kommunal xizmat va xokozalar qiymati;
- Har yillik mehnat va o’quv ta’tili uchun amalga oshiriluvchi to’lovlar;
- korxonalarni tashkil qilish, shtatlar qisqarishi tufayli ishdan bo’shatilgan xodimlarga to’lanuvchi mablag’lar.
Ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlar nobyudjet ijtimoiy fondlarga (nafaqa fondi, ijtimoiy sug’urta fonda, bandlik fonda va xokozo) ajratiluvchi mablag’larni anglatadi.
Mahsulot (ish, xizmat) tannarxidagi boshqa xarajatlar – qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus nobyudjet fondlarga o’tkazuvchi to’lovlar va soliqlar, yo’l qo’yish mumkin bo’lgan miqdordagi chiqindilar uchun to’lovlar, korxona mulkini majburiy sug’urtalash; rasionalizatorlik takliflari uchun mukofatlar, qonunchilikda belgilangan stavkalarda kreditlar bo’yicha to’lovlar, mahsulotni sertifikatlash uchun bajarilgan ishlarga haq to’lash; qonunchilikda belgilangan me’yorlar bo’yicha xizmat sarflariga haq to’lash, yog’inga qarshi kurash va qo’riqlash muassasalariga haq to’lash, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, xodimlar tanlashni tashkil qilish, aloqa xizmati, hisoblash markazlari, binklar xizmatiga haq to’lash; asosiy ishlab chiqarish fondlarini ijaraga olganlik uchun haq to’lash; nomoddiy aktivlarning eskirish va hokozalar.



Yüklə 47,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin